So’nggi yangiliklar

16:35Расман: Шуҳрат Муҳаммадиев "Локомотив"га қайтди  2 16:21Инсайд тасдиқланди: Озарбайжон клуби Раҳмоналиевни сотиб олди  1 16:01Расман: "Челси"га янги бош мураббий тайинланди  2 15:31Ўзбекистонлик ҳакамлар U-23 Осиё Кубоги 1-тур ўйинига тайинлов олди  0 15:27Аббос Отахонов: “Иложи борича юқори ўринлар учун курашамиз”  1 15:05"Насаф" легионер футболчиси билан хайрлашди  6 14:49"Хоразм" машғулотлари Championat.asia объективида  0 14:30Равшан Ҳайдаров: "Ёш таркиб билан иштирок этишимизга қарамай, мен жамоамизга ишонаман"  6 14:10"Хоразм" Тошкентда тайёрланмоқда  2 13:42"Манчестер Юнайтед" бош мураббий лавозими учун асосий номзодларни белгилаб олди  8 13:16Расман: "Андижон" ярим ҳимоячиси жамоада қолди  3 12:53"Локомотив"га сербиялик ярим ҳимоячи келади  2 12:25"Сурхон" Ҳамиджоновни "Хоразм"га ижарага берди  2 12:07Бугунги ўйинлар: U-23 Осиё Кубоги очилиш ўйинлари, “Ювентус” сафарда ва бошқалар  4 11:55"Насаф" бор-йўғи 4 ўйинда қатнашган легионер дарвозабони билан хайрлашди  4

"Buxoro"da vaziyat jiddiy: Qarzdorliklar haligacha yopilgani yo'q Yangiliklar

"Buxoro"da vaziyat jiddiy: Qarzdorliklar haligacha yopilgani yo'q

"Buxoro" klubi o'tgan yilgi mavsum uchun futbolchilar oldidagi qarzdorliklardan haligacha qutulmagan.

O'tgan mavsumda "Buxoro" sharafini himoya qilgan bir qator futbolchilar qarzdorlik masalasi bo'yicha PFLga murojaat qilishgan. PFL esa o'z o'rnida "Buxoro" klubiga qarzlarni to'liqligicha yopishi uchun 10 fevralga qadar muddat bergan.

Bugun 7 fevral, ammo "Buxoro" 10 nafardan ortiq futbolchilar bilan hali ham hisob-kitobni amalga oshirgani yo'q.

Qayd etish kerakki, klub PFL bergan muddatga qadar qarzdorliklarni yopishni uddasidan chiqmasa, unda "Buxoro"ga nisbatan chora ko'rilishi mumkin.

PFL yaqinda Superliga va PRO-liga A ishtirokchilari oldiga qo'yilayotgan talablarni bajarishlari kerakligi haqida ogohlantirgan. Talabni bajarmagan klublarga keskin sankciyalar qo'llanilishi aytilgandi. Faqatgina ishni to'g'ri yo'lgan qo'ygan klublargina musobaqalarda ishtirok etishi mumkinligi takidlangan.

PFL klublarga yuborgan xatda Superliga ishtirokchilari soni 13 fevralga qadar aniq bo'lishi alohida aytilgan. Ayni vaqtda O'FA hamda PFL Superliga klublari sonini 10taga qadar qisqartirish masalasini ham ko'rib chiqmoqda. Bu haqda klublar rasman ogohlantirgandi.

Agarda "Buxoro" klubi 10 fevralga qadar qarzdorlik masalalarini hal etmasa, unda klubning Superligadagi taqdiri ham so'roq ostida qolish ehtimoli mavjud.

Eslatib o'tamiz, o'tgan yili "Buxoro" jamoasi Ulug'bek Baqoev qo'l ostida Superligada 6-o'rinni egallagandi. Mavsum yakunlariga ko'ra esa Baqoev klubdagi moliyaviy qiyinchiliklar tufayli jamoadan ketgandi. "Buxoro"da bo'shab qolgan bosh murabbiy o'rniga o'tgan mavsumda AGMK bilan mamlakat kubogida zafar quchgan Baxtiyor Ashurmatov kelgandi.

Reyting: -40   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика