“Buxoro” yozgi tatilga chiqdi
05 iyu 2017 18:18
Yangiliklar
“Buxoro” yozgi tatilga chiqdi
Xabaringiz bor, kecha “Buxoro” O'zbekiston Kubogi doirasidan o'rin olgan “Lokomotiv”ga qarshi dastlabki uchrashuvini o'tkazdi.
Mazkur bahsdan so'ng jamoa azolari yozgi tatilga chiqdi. Ulug'bek Baqoev boshqaruvidagi buxoroliklar endi 11 iyul kuni Toshkentda yig'iladi. Murabbiylar shtabining rejasiga ko'ra, dastlabki yig'in poytaxtda, tog'li xududda o'tkazilishi ko'zda tutilgan.
Malumki, “Buxoro” birinchi davrani 6-o'rinda yakunladi. Murabbiylar ikkinchi davrada ham jamoa ishqibozlarini g'alabalar bilan yanada xursand qilish maqsadida davralar oralig'ida tarkibni mohir ijrochilar bilan kuchaytirish ustida ish olib bormoqda. SHu bois aytish mumkinki, yozgi transfer chog'ida tarkibda o'ziga yarasha bir qator o'tishlar “Buxoro”da ham amalga oshiriladi. Bu haqda kun-ora malumot berib boramiz.
“Buxoro” matbuot xizmati.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Месси "Америка қироли" мукофотини қўлга кирита олмади. Уни "Фламенго" ярим ҳимоячиси ортда қолдирди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar