"Buxoro" yordamchi murabbiyi: “Muhsin Muhammadiev tatilga chiqqan”
07 iyu 2019 20:52
Yangiliklar


"Buxoro" yordamchi murabbiyi: “Muhsin Muhammadiev tatilga chiqqan”
Liga kubogi “V” guruhi 3-tur “Qo'qon-1912” – “Buxoro” uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining birinchi qismida “Buxoro” jamoasi yordamchi murabbiyi Mirislom Hasanov qatnashdi.
- Dastlabki daqiqadagi penalti futbolchilarimiz ruhiyatiga salbiy tasir o'tkazdi. SHunday bo'lsa-da, futbochilarimiz bir qator vaziyatlar yuzaga keltirishdi. Biroq ulardan foydalana olmadik.
Bosh murabbiymiz tatildan foydalanib, uyiga ketgan. Bundan tashqari, etakchi o'yinchilarimizga ham dam berishga qaror qildik.
Andrey Sidorov jarohat olib safdan chiqqandi. Bir necha oy davomida maydonga tushmagandi. SHuning uchun uni zaxirada qoldirib , ikkinchi taymda maydonga tushirishni reja qilgandik.
Oraliq tanaffusda tarkibimizni kuchaytirish borasida keng ko'lamdagi ishlarni amalga oshirishimiz kerak. Turnir jadvalidagi holatimiz shuni taqazo etmoqda.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar