So’nggi yangiliklar

08:20Олимпия ўйинлари. Чорак финал жуфтликлари билан танишинг  0 07:53Ўртоқлик учрашуви. «Ман Сити» ва «Барселона» жанговар дуранг ўйнашди  1 07:25Бугун Абдумалик Халоков, Давлат Бобонов ва яна бир неча спортчимиз Париж Олимпиадасида иштирок этишади  2 01:49Миср олимпия терма жамоаси сардори БАА клубига ўтди  3 00:44"Рома" "Ювентус" футболчиси билан шартнома имзолади  1 00:16Париж-2024. Франция ва АҚШ чорак финал иштирокчиларига айланди  1 23:55"Пахтакор" ёшлар ўртасидаги Осиё чемпионини таркибга қўшиб олди  11 23:38ОКМК хорватиялик футболчи билан шартнома имзолади  7 23:28"Андижон"ни Эркинов тарк этди ва унинг ўрнига "Динамо" футболчиси қўшилди  2 23:10Париж-2024. Доминикан Республикаси - Ўзбекистон 1:1, Олимпиадани ғалабасиз якунладик  14 22:59ЦСКА легионер футболчисини Ўзбекистонга юборди  5 22:32Россия кубоги. "Рубин" "Акрон"ни тор-мор этди, Эсанов дебют қилди  2 22:15Париж-2024. Марокаш ва Аргентина плей-офф йўлланмасини қўлга киритди  3 22:02"Андижон" сербиялик футболчи билан шартнома имзолади  7 21:41"Насаф" "Атлетико Мадрид"да ўйнаган сербиялик футболчини таркибга қўшиб олди  9

“Buxoro” yana yuqori o'rinlarga davogarlik qilmoqchi...mi? Yangiliklar

“Buxoro” yana yuqori o'rinlarga davogarlik qilmoqchi...mi?

Tarkib ham yaxshi saviyadagi futbolchilar bilan shakllantirilganligini unutmaslik kerak.

Har xolda mahalliy muxlislar ham jamoaning ko'rsatgan o'yinidan ranjishgani yo'q. “Buxoro”da murabbiylar shtabi ham ajoyib ko'rinishda tashkil etilgandi. Bosh murabbiy Ulug'bek Baqoev murabbiy sifatida o'zini ko'rsatish uchun astoydil ishlayapti. SHuningdek, uning yordamchisi Baxtiyor Ashurmatovni ham alohida aytish o'rinli bo'lardi. Umuman olganda, ikkala mutaxassis ancha samarali ish faoliyatini davom ettirib kelishmoqda. Bosh murabbiyga yaqindan yordam berib kelayotgan Baxtiyor Ashurmatov bilan bir qator masalalarni qizg'in muhokama qildik.  

-    Hozirda “Buxoro” klubi mavsumga qizg'in tayyorgarlik ko'ryapti. Tarkibda ham jiddiy o'zgarishlar kuzatilyapti. Malumki, buxoroliklar o'tgan yili 6-o'rinni qo'lga kiritishdi. SHunga qaramay, tarkibda yana jiddiy islohotlar amalga oshirilishiga extiyoj kattamidi? Bu savolga Baxtiyor Ashurmatovning javobi quyidagicha bo'ldi:
-    Ha, o'tgan mavsumda jamoamiz 6-o'rinni egalladi. Lekin murabbiylar shtabi ushbu natijadan qoniqishmadi. Sababi biz 2017 yilgi mavsumda ahil va jangovor jamoani shakllantirishga muvaffaq bo'lgandik. Buning ustiga jonkuyar muxlislarimiz jamoamizni ajoyib darajada qo'llab-quvvatlab turishdi. SHu bois “Buxoro” bundan-da, yuqoriroq o'rinni qo'lga kiritishga munosib edi. Endi ushbu chempionatdagi maqsadimiz yanada kuchliroq va raqobatbardosh jamoani tuzish. Tarkib masalasiga kelsak, aytaylik, ayrim o'zgarishlar majburan amalga oshirilayotgan bo'lsa, yana ayrim o'zgarishlarni jamoani kuchaytirish maqsadida bajaryapmiz. Bu yil ishqibozlarimiz “Buxoro”dan yanada yuqoriroq o'rinlar uchun kurashishimizni kutishyapti. Jamoamiz bosh murabbiyi Ulug'bek Baqoevning mehnatini alohida takidlashni istardim. Boisi, u klubning rivoji uchun katta hajmdagi ishlarni bajaryapti. Muxlislar esa bosh murabbiyga to'liq ishonadilar va bu esa o'z navbatida bizga qo'shimcha kuch va masuliyat bag'ishlayapti.

-    Yaqinda viloyat hokimi klub to'g'risida yig'ilish o'tkazdi. Yangi mavsumda jamoa oldiga aniq vazifa qo'yildimi? Bu borada Ashurmatov shunday dedi?
-    Avvalambor jamoamiz nomidan viloyatimiz hokimiga, klub rahbarlariga minnatdorchilik bildirib o'tgan bo'lardim. CHunki viloyatimiz rahbari “Buxoro” uchun barcha sharoitlarni yaratib berishyapti. Aytishim kerakki, viloyatimiz rahbarlari tomonidan o'tkazilgan yig'ilishda ayrim muammoli masalalar ko'rib chiqildi. SHu bois klub rahbariyatida o'zgarishlar bo'ldi. SHuningdek, yangi mavsumda yanada raqobatbardosh jamoa tuzish kerakligi haqida to'xtalib o'tildi. Lekin klub oldiga aniq vazifa chempionat o'yinlari boshlanishi oldidan qo'yilsa kerak.

-    Hozirda Ivan Nagaev masalasi ko'pchilikni qiziqtiryapti. U o'tgan yili “Buxoro”ning etakchilaridan biri bo'ldi va hujumchi sifatida o'zini ko'rsatdi. Unga xorijdan takliflar borligi haqida eshitdik...
-    Ivan Nagaev o'tgan yili chindan ham ajoyb o'yin ko'rsatdi, - deya gapni davom ettirdi, Ashurmatov. - U muxlislarning yoqimtoyiga aylandi. Biz bunday o'yinchini bajonidil jamoada olib qolgan bo'lardik. Lekin Nagaevga xorij klublaridan bir nechta takliflar bor. Aslida ushbu futbolchining “Buxoro”dan ketgisi yo'q. Ammo xorijdan qiziqarli takliflar bo'lib turgan paytda o'zini chetda sinab ko'rish imkoniyati paydo bo'lyapti. SHuning uchun Nagaevning xorij jamoalaridan biriga o'tishining ehtimli yuqori.

-    Akmal Tursunboev bilan Nikita Ribkin bilan bog'liq vaziyatlarda nima bo'ldi? CHunki yig'inlar davomida Akmal “Buxoro”dan ketib “Metallarg”ga qo'shildi, Nikita esa “Metallurg”dan “Buxoro”ga keldi. Ammo tez orada ikkala darvozabon yana o'z jamoalariga qaytishdi. Bu masalada Ashurmatov quyidagicha fikr bildirdi.
-    Akmal Tursunboev o'tgan yilgi mavsumda o'z ustida tinimsiz ravishda ishladi va darvozabon sifatida o'sishga erishdi. Akmal jamoamiz bosh murabbiyi Ulug'bek Baqoevga oilaviy sharoiti tufayli “Metallurg”ga o'tmoqchi ekanligi haqida malum qilgandi. Biz esa uning holatini to'g'ri tushundik va omad tilab boshqa klubga ketishiga ruxsat bergandik. Uning o'rniga esa Nikita Ribkinni taklif etdik. Bu orada esa Tursunboev “Buxoro” klubiga o'rganib qolganligini, jamoa muxlislariga mehri baland ekanligini aytib yana qaytish istagi borligini bildirdi. Murabbiylar shtabi bilan maslahatlashib uni klubga qaytarishga qaror qildik. Jamoamizda uchta yaxshi saviyadagi darvozabon bo'lganidan so'ng Ribkin ko'proq o'yin amaliyotiga ega bo'lishi uchun “Metallurg”dan bo'lgan taklifga rozi bo'ldi.

-    Ayni paytda O'FF katta islohotlarni amalga oshiryapti. Yangi mavsum uchun esa yillik byudjet 25 milliard etib belgilandi. “Buxoro” bu masalani hal qilishda qiynab qolmasmikin? Tabiiyki, ushbu masalada ham mutaxassis o'z munosabatini bildirdi.
-    O'FF rahbariyati tomonidan futbolimizning rivoji uchun oxirgi paytlarda juda ko'p qarorlar va yangiliklarga qo'l urilmoqda. Ishonchim komilki, yaqin vaqtlar ichida ushbu qilinayotgan ishlar o'z samarasini beradi. Tanish-bilishchilik, yoshini kichraytirish kabi illatlarga ham qarshi kurashilmoqda. Ammo bu ishlarning o'z samarasini berishi uchun hamma bir yoqadan bosh chiqarib harakat qilishi kerak. Klubning bir yillik smetasi ko'paydi deb jamoa shtabini o'z ishining ustasi bo'lmagan tanish-bilishlar va ishchi-xodimlar bilan to'ldirmaslik kerak. O'FF qo'yayotgan talablarga har bir klub munosib javob berishi lozim. SHundagina natija bo'ladi. 25 milliardlik smetani topishga jamoa qiynaladimi, degan savolingizga klub rahbarlari aniqroq javob berishadi. Biz murabbiylarning ishi esa jamoani mavsumga yaxshi tayyorlashdir.

-    Malumotlarga qaraganda, “Buxoro” klubida talablarni bajarish bo'yicha muammolar bor deb eshitdik. Ashurmatov esa bunga shunday javob qaytardi.
-    Bilasizmi, “Buxoro” klubida O'FF tomonidan qo'yilayotgan talablarga javob berish uchun mavsum tugashi bilanoq sharoitlarni yaxshilash yo'lida ishga kirishilgan. Jamoa rahbarlari hali tinim bilishgani yo'q. Klub bazasi yaxshilanyapti. Ayollar jamoasi, o'rinbosarlar tarkibi futbolchilariga sharoitlar yaxshilanyapti. Futzal jamoasiga ham etibor kuchaytirilyapti. Menimcha, mavsum boshlanishiga qadar “Buxoro” jamoasi har tomonlama talablarga javob bera oladigan holatga keladi.

-    Ukrainalik himoyachi Vladimir Baenko o'tgan yili “Buxoro” sardori bo'lib, o'zining kuchli jihatlarini ko'rsata olgandi. Uni qaytarish esa muhim vazifalardan biriga aylandi. Baenkoni qaytarish imkonsizmi? Bunga murabbiy shunday javob qaytardi.
-    Himoyachimiz Baenko o'tgan yilgi mavsumda yaxshi o'yin ko'rsatgandi. Bizning maqsadimiz ham jamoa etakchilarini saqlab qolish. Baenkoga ham takliflar bor. Ayni paytda u bilan muzokaralar davom etyapti. Uning “Buxoro”ga qaytish masalasi ushbu oyda o'z echimini topadi. Ushbu futbolchi bu mavsumni ham jamoamizda o'tkazishi mumkin.

-    SHuningdek, klubga belorussiyalik Sergey Ruseckiy taklif etildi. Qiziq, tarkibga yana boshqa legionerlar ham keladimi? CHunki jamoani o'tgan mavsumda o'ynagan xorijlik o'yinchilar tark etishdi. SHu bois ularning o'rni boshqa legionerlar tomonidan to'ldiriladimi? Bunga ham murabbiy javob berib o'tdi.
-    Ruseckiy o'ng qanot himoyasida va o'ng qanot yarim himoyasida o'ynay oladigan futbolchi. Uni nazorat uchrashuvlarida sinab ko'ramiz va keyin bir qarorga kelamiz. SHuningdek, turkmanistonlik yarim himoyachi Omonovning ham jamoamizga kelishining ehtimoli yuqori. Murabbiylar shtabi tomonidan yana boshqa legionerlarning nomzodlari ham ko'rib chiqilmoqda. Agar munosib o'yinchilar topilsa ularni albatta “Buxoro”ga taklif etamiz.

-    “Buxoro” tayyorgarligining navbatdagi bosqichini yana Toshkentda olib bormoqda. SHu o'rinda Baxtiyor Azamovich, jamoasining qishki rejalari haqida ham gapirdi.
-    Tayyorgarligimizning asosiy qismi Toshkentda o'tkaziladi. Yangi yildan keyingi dastlabki yig'inimizni poytaxtda o'tkazdik. 19 yanvardan esa yana Toshkentda to'plandik. Ushbu yig'in mobaynida o'rtoqlik uchrashuvlarini ham o'tkazyapmiz. PFL Kubogida musobaqasida ham qatnashish rejamizda bor.

-    “Buxoro” shu kungacha qaysi futbolchilar bilan shartnomalar tuzilgani xususida ham malumot berdi.
-    Hozircha darvozabon Asilbek Omonov, himoyachilar Rahmatillo Berdimurodov, SHavkat Mullajonov, yarim himoyachilar SHavkat Salomov, Sardor Sulaymonov va hujumchi SHahboz Erkinov bilan shartnomalar tuzdik. O'tgan yilgi mavsumni jamoamizda o'tkazgan futbolchilarning aksariyati bilan ham shartnomalarni uzaytirdik.

-    O'FF murabbiylarni xorijda malaka oshirishi bo'yicha tegishli chora-tadbirlarni amalga oshiryapti. Bunga Ashurmatov qanday qaraydi?
-    Albatta, amalga oshirilayotgan ushbu chora-tadbirlarga ijobiy qarayman. CHunki futbol ichidagi har bir mutaxassis o'z bilimini oshirib borishi, o'z ustida tinimsiz ishlashi kerak. Murabbiylarning xorijda malaka oshirishi uchun jo'natilishi biz uchun ayni muddao.


FIRDAVSXON  

Reyting: +24   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика