"Buxoro": Toshkentdagi yig'in davom etmoqda

Narzulla Saydullayev
6 yanv 2017, 20:58
4 yanvarda poytaxtdagi “O'zbekiston” mehmonasida yig'ilgan “Buxoro” jamoasi mavsumga tayyorgarlikning ikkinchi bosqichiga kirishdi.

Jamoa rejaga asosan kuniga ikki mahal mashg'ulotlar olib bormoqda. O'tgan mavsum “Buxoro” sharafini himoya qilgan deyarli barcha futbolchilar mashg'ulotlarda ishtirok etishmoqda.

"Buxoro" ikkinchi yig'in doirasida 3-4 ta nazorat uchrashuvlari o'tkazishni rejalashtirgan. Sparring-raqiblar va jamoa tarkibidagi o'zgarishlar haqida to'liq ma'lumot yaqin kunlarda e'lon qilinadi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pfcbuxoro.com