"Buxoro": "SHo'rtan"ga qarshi tayyorgarlik boshlandi
02 may 2017 18:40
Yangiliklar
"Buxoro": "SHo'rtan"ga qarshi tayyorgarlik boshlandi
Bekoboddagi g'alabadan so'ng “Buxoro” futbolchilariga qisqa tatil berilgan edi.
Bugundan etiboran jamoa azolari klub qarorgohida yig'ilishdi va mashg'ulotlarga kirishadi. Ertadan boshlab jamoa kuniga ikki mahaldan mashg'ulotlar olib boradi va bevosita “SHo'rtan”ga qarshi bo'ladigan 9-tur uchrashuviga tayyorgarlik olib boradi.
Jamoaning xorvatiyalik legioneri Ivor Veycer “Metallurg”ga qarshi uchrashuvda jarohati tufayli jamoasiga yordam bera olmagan edi. Hozircha “SHo'rtan”ga qarshi ushbu futbolchining maydonga tushishi so'roq ostida bo'lib turibdi.
Fikrlar