So’nggi yangiliklar

01:45Миллатлар лигаси. Германия, Туркияда ғалаба ва бошқа натижалар  0 01:24Миллатлар лигаси. Польшадаги стадионда чироқ ўчиб қолди  1 00:44Мудрик 5 ой деганда гол урди  0 00:14Тухель Англияда иш бошлаши мумкин  1 23:54Ўртоқлик ўйини. "Бунёдкор" - ОКМК 5:5  1 23:34“Андижон” ўртоқлик учрашувида ғалаба қозонди   1 22:54Қизиқ хабар! Ўткир Юсупов туфайли "Фулад" ходими ишдан кетди  16 22:35"Ливерпуль"нинг собиқ футболчиси фаолиятини якунлади  2 22:18Бернд Шустер: "Мбаппе нима қилиш кераклигини яхши билади"  1 21:51"Милан" президенти "Сан-Сиро"ни қадимий иншоот деб атади  0 21:37АПЛ клуби ҳакамни танқид қилгани учун жаримага тортилди  0 20:58Испанияда қайси жамоанинг ўйинлари энг кўп томоша қилинмоқда?  1 20:39Араухо: "Кучли бўлиб қайтишга ҳаракат қиламан"  1 19:57"Манчестер Юнайтед" футболчисининг юраги операция қилинди  3 19:30Клопп янги ишида нима қилишини тушунтириб берди  3

Buxoro PFK: Mish-mishga hojat yo'q, rivojlanish strategiyasi aniq Yangiliklar

Buxoro PFK: Mish-mishga hojat yo'q, rivojlanish strategiyasi aniq

Teglar :  Buxoro
So'nggi vaqtlarda “Buxoro” professional futbol klubi haqidagi mish-mishlar aholi o'rtasida turli munozaralarga sabab bo'lmoqda.
Eng achinarlisi, jamiyat hayotining ko'zgusi hisoblanmish ayrim ommaviy axborot vositalari ushbu mish-mishlarni chuqur tahlil qilmasdan, asossiz malumotlarni  o'z sahifalarida elon qilishmoqda va bu orqali aholi o'rtasida turli nifoq va norozilik kayfiyatini qo'zg'amoqda. Xususan, ko'pchilik internet saytlari ushbu malumotlarni yoritishda faqatgina bir yoqlama munosabatda bo'lib, klub “jabrdiydalari” tomonidan taqdim etilgan axborotlargagina tayanishmoqda.
2017 yil 23 yanvar kuni “Buxoro” futbol klubining barcha murabbiylar shtabi singari T. Agamurodovga ham istefoga chiqarildi.

Aksariyat muxlislarda chempionatda 4-o'rinni egallagan jamoa murabbiylar shtabi nega ishdan chetlatildi, degan savol tug'ilishi mumkin. Buning sababi esa quyidagicha:

Birinchidan, har qanday mutaxassis ishga qabul qilinganda uning oldiga malum talablar qo'yiladi. Mutaxassis ham mavjud talablarni amalga oshirish uchun o'z shartlarini o'rtaga tashlaydi.

2015-2016 yilgi mavsum avvalida jamoa murabbiylar shtabi oldiga Osiyo chempionlar ligasi yo'llanmasini qo'lga kiritish vazifasi qo'yildi. Bu borada jamoaga barcha sharoitlar yaratib berildi. Murabbiylar talabiga asosan “yulduz” futbolchilar tarkibga jalb etildi. Ammo natija-chi?! Mavsum yakuniga ko'ra jamoa OFK chempionlar ligasi yo'llanmasini qo'lga kirita olmadi. Mazkur holatning o'zi murabbiylar shtabi rahbariyatning talabini qondira olmaganligi hamda istefoga loyiqligini ko'rsatadi.

Ikkinchidan, 2015-2016 yilgi mavsumdagi klub byudjeti o'sha paytda oliy ligada faoliyat yuritayotgan klublar o'rtasida 2-o'rinni egallagan. Ammo turnir jadvalidagi yakuniy pog'ona 4-o'rin.

Bu holat klub rahbariyati tomonidan pullarni behuda sovurish, kerak bo'lsa talon-taroj qilish sifatida baholandi.
Endilikda faqatgina katta mablag', baland maosh evaziga jamoadan jamoaga ko'chib yuruvchi “yulduz” o'yinchilar bilan natijaga erishib bo'lmasligini anglagan klub rahbariyati o'z rivojlanish strategiyasini o'zgartirib, mahalliy yoshlar evaziga bosqichma-bosqich taraqqiyot yo'lini tanladi.

Etibor bering: jamoada buxorolik futbolchilar orasida kim muntazam o'yin amaliyotiga ega bo'ldi! Faqatgina SHavkat Salomov va qisman Jasur Hasanov. Suxrob Nematov zaxiradan maydonga tushdi. Bobir Amonov, Jamoliddin Ubaydullaev, Nozim Umurov singari mahoratli futbolchilar esa bir-ikki o'yinni aytmasa zaxira o'rindig'ini “isitishdi”. Jamoaga o'rinbosarlar tarkibidan hech kim jalb etilmadi. Negaki, asosiy etibor faqatgina “yollanma” futbolchilar evaziga natijaga erishishga qaratilib, yoshlar bilan ishlash unutildi. Oqibatda esa komanda kelajagi xavf ostida qoldi.

SHu bois ayni paytda viloyatdagi ayrim muxlislar jamoaning keyingi yildagi ishtirokidan xavotir olishmoqda. Agar klub murabbiylar shtabi o'z vaqtida yoshlar bilan ishlashga ham etibor qaratishganda bugun ushbu xavotirlarga o'rin qolmasdi. CHunki, “yollanma” o'yinchilarning bir kun emas bir kun balandroq maosh taklifiga uchib ketishini barcha biladi. Mahalliy yoshlarda esa “pul” tushunchasi emas, balki Vatan hissi, o'zi tug'ilib o'sgan viloyati sharafi birlamchi bo'ladi.

Holbuki, Buxoro azaldan iqtidorli sportchilar zamini. O'z vaqtida U.Baqoev, N.Sergienko, SH. Salomov, J. Hasanov, B.  Amonov, A. Rajabov, A. Murodov,  SH. Sulaymonov, A. To'raev singari iqtidorli futbolchilar milliy va turli yoshdagi terma jamoalarda to'p surishgan. Keyingi yillarda esa biz mamlakat terma jamoalarida buxorolik yoshlarni ko'rmay qoldik.  

SHu bois, ayni paytda viloyatda futbolni mahalliy yoshlar hisobiga kuchaytirishga etibor qaratildi. Mablag' ham ana shu maqsadga yo'naltirildi. Tabiiyki, bunday vaziyatda baland maoshga o'rgangan futbolchilar o'z xohishlariga ko'ra jamoani tark etishadi.

Xulosa qilib aytganda, jamoani T. Agamurodov istefoga chiqarilishi viloyat hokimi shaxsiy munosabati bilan emas, balki bu sohada tartib o'rnatish maqsadida amalga oshirildi. Istefoning asosiy sababi avvalo belgilangan natijaning erishilmaganligi, qolaversa jamoa o'yinini bir martalik tarkib hisobiga tuzib, komanda kelajagiga etibor qaratmaganligidadir.

Bu holatdan esa rahbariyat qoniqmasdan uni istefoga chiqardi.
 
Yuqoridagilarni inobatga olib, ommaviy axborot vositalaridan bundan keyin jamoa haqida material tayyorlashda avvalo jamoa rahbariyati, matbuot xizmati yoki viloyat hokimligi axborot xizmati bilan bog'lanib, malumotlariga oydinlik kiritishlarini so'ragan bo'lardik.

FK “Buxoro” nomidan
Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика