"Buxoro": Oniya o'rniga Kvesieshvili
06 jan 2014 22:13
Yangiliklar

"Buxoro": Oniya o'rniga Kvesieshvili
"Buxoro" klubida o'ynagan gruziyalik futbolchi yana shu jamoaga qaytdi.
Devid Oniya jamoani tark etganidan so'ng himoya chizig'i zaiflashib qolgan "Buxoro" jamoasi uning o'rniga mahorat bobida Oniyadan hech ham qolishmaydigan himoyachi, gruziyalik legioner Georgi Kvesieshvilini jamoaga qaytardi.
Kvesieshvili bir necha mavsum "Buxoro" sharafini himoya qildi. O'tgan mavsumning ikkinchi yarmida "Buxoro"ni tark etib "Olmaliq" jamoasiga o'tib ketgandi. Mana yarim yillik tanaffusdan so'ng Kvesieshvili "Buxoro"ga qaytdi.
Muxlislarning yoqimtoyiga aylanib ulgurgan ushbu futbolchining qaytishini mahalliy ishqibozlar birdek, mamnuniyat bilan qabul qildi.

Fikrlar