“Buxoro” - “Olimpik” o'yini Toshkentga ko'chirildi
31 mar 2021 12:11
Yangiliklar
“Buxoro” - “Olimpik” o'yini Toshkentga ko'chirildi
SHunga qaramay, “Buxoro” futbol klubi belgilangan muddatga qadar stadion masalasini hal qila olmadi. Buning oqibatida “Buxoro” futbol klubi “2021 yilgi mavsumda O'zbekiston Professional futbol ligasi tomonidan o'tkaziladigan musobaqalar reglamenti”ning 4.2. hamda 4.3. bandlarini o'z vaqtida bajarmadi.
SHundan kelib chiqib, Pro liga 3-turidan o'rin olgan “Buxoro” — “Olimpik” uchrashuvi avvaldan belgilangani kabi Buxoro shahrida emas, Toshkentdagi “Jar” stadionida o'tkaziladi. Jamoalarning II davradagi o'yiniga Buxoro mezbonlik qiladi.
“Buxoro” futbol klubi “Olimpik” bilan uchrashuv o'tadigan 6 aprel sanasiga qadar Reglamentning yuqorida ko'rsatilgan bandlari bo'yicha talabni bajarmasa, klubning Pro liga 5-turidan o'rin olgan “Istiqlol” klubiga qarshi uy uchrashuvi ham Farg'ona shahriga ko'chiriladi. Klub bunday holatda II davra o'yini uchun ham Farg'onaga safar etishi bo'yicha ogohlantirildi.
Fikrlar