"Buxoro" Maksimilian Fomin bilan shartnomani uzaytirdi
03 fev 2016 16:37
Yangiliklar


"Buxoro" Maksimilian Fomin bilan shartnomani uzaytirdi
“Buxoro” jamoasi hozir qisqa tanafusda bo'lishiga qaramasdan rahbariyat va murabbiylar shtabi jamoaning yangi mavsumda muvaffaqiyatli ishtirok etishi uchun ishlashdan to'xtashganlari yo'q.
Selekciya ishlarini davom ettirish bilan birga, jamoa etakchilari bilan yangi kelishuvga erishilmoqda.
Bugun “Buxoro”ning himoya chizig'idagi etakchi futbolchisi Maksimilian Fomin bilan yangi shartnoma imzolandi.
Eslatib o'tamiz, o'tgan mavsumning ikkinchi davrasida jamoa safiga kelib qo'shilgan himoyachi jami 13 ta uchrashuvda maydonga tushib, bitta gol urishga muvoffaq bo'lgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar