So’nggi yangiliklar

00:30"Реал" ёзда Пасни "Комо"дан 9 млн еврога сотиб олишга қарор қилди. Нико қайта сотилмайди  0 23:41"Реал" Карвахалга ўринбосар топди  1 23:04Хаби Алонсо "Реал"дан учта юлдузни сотиб олишни сўради  2 22:15“Барселона” ва “Ювентус” “Борнмут” футболчисига қизиқмоқда  0 21:48"Арсенал" ҳимоячиси Салиба: "Мен АПЛни яхши кўраман, лекин асосий мақсадим — Чемпионлар лигаси"  0 21:21Флик Рэшфорд бўйича қарор қабул қилди  3 20:55“Манчестер Юнайтед” “Атлетико” ярим ҳимоячисини нишонга олди  1 20:24“Манчестер Сити” футболчиси январда клубни тарк этиши мумкин  3 19:54Футбол юлдузлари Рождество байрамини қандай нишонламоқда?  11 19:20Ҳатто Польша Биринчи лигаси вакили ҳам Балотелли билан шартнома имзолашни хоҳламади  4 18:49Ямаль: "Мен тун ярмида уйғониб, печенье ейиш учун эртароқ ухлайман"  9 18:20ПСЖ "Реал" асосий футболчисига фойдали шартнома таклиф қилишга тайёр  1 17:51"Челси"нинг икки футболчиси сафга қайтди ва "Астон Вилла"га қарши ўйинга тайёр  1 17:22"Манчестер Юнайтед" Семеньо бўйича муваффақиятсизликдан кейин "Лейпциг" юлдузига кўз тикди  4 16:54"Атлетико" Сёрлотни 35-40 млн евро эвазига сотишга тайёр  1

"Buxoro"-"Lokomotiv". PREVYU Yangiliklar

"Buxoro"-"Lokomotiv". PREVYU

31- may (yakshanba) kuni Buxoro jamoasi O'zbekiston chempionati, oliy ligasi doirasida navbatdagi turni o'z maydonida o'tkazadi.

11-tur doirasida kechadigan ushbu bahsda Buxoroga O'zbekistonning amaldagi kumush medal sohibi, Toshkentning “Lokomotiv” jamoasi tashrif buyuradi.

Ananaga ko'ra, o'yindan oldin ushbu jamoalarning oliy liga musobaqalaridagi o'zaro uchrashuvlar statistikasini taqdim etamiz.

SHu kunga qadar ushbu raqiblar jami 18 marotaba to'qnash kelishgan.  Kichkina ustunlik toshkentliklar tomonida. Ushbu uchrashuvlarning 5 tasida "Buxoro" zafar quchgan bo'lsa, 8 ta uchrashuvda Toshkent klubi g'alabani tantana qilgan. Bu jamoalar 5 marta durang natijani qayt etishgan. To'plar nisbati ham "Loko" foydasiga 23:31.

O'aro uchrashuvlarada “Buxoro” 20 ochko, “Loko” esa 29 ochko jamg'argan.

Ushbu jamoalar dastlabki bor 2004 yilgi mavsumda to'qnash kelishgan. Toshkentdagi “JAR” stadionida kechgan uchrashuvda “Buxoro” 1:0 hisobida g'alaba qozongan. 6-tur doirasidan kechgan ushbu bahsning 60-daqiqasida Muhammad Inog'omov kiritgan gol buxoroliklarga g'alaba keltirgan edi.

Ushbu jamoalarning so'nggi uchrashuvi 2014 yil 7 noyabrda kechgan edi. “Buxoro”da kechgan bahsda 1:1 hisobi qayt etilgandi. Uchrashuvning 26-daqiqasida Oybek Nurboevning goliga, 89-daqiqada Aleksandr Geynrix javob qaytargan edi.


O'zbekiston chempionati.Oliy liga. 11-tur.

"Buxoro"(Buxoro)-"Lokomotiv"(Toshkent)

31 may (Yakshanba). "Buxoro" sport majmuasi. Soat 18:30


"Buxoro" (Buxoro)

Uchrashuvlar 18

G'alabalar 5

Duranglar 5

Mag'lubiyatlar 8

Kiritilgan to'plar 23

O'tkazib yuborilgan to'plar 31

To'plar farqi -8

Eng yirik g'alaba 3:1

Eng yirik mag'lubiyat 1:5

Eng sermaxsul uchrashuv 4:3

Eng sermaxsul durang 1:1

Ochkolar 20

 

"Lokomotiv" (Toshkent)

Uchrashuvlar 18

G'alabalar 8

Duranglar 5

Mag'lubiyatlar 5

Kiritilgan to'plar 31

O'tkazib yuborilgan to'plar 23

To'plar farqi 8

Eng yirik g'alaba 5:1

Eng yirik mag'lubiyat 1:3

Eng sermaxsul uchrashuv 3:4

Eng sermaxsul durang 1:1

Ochkolar 29

Tayyorladi: Aziz Salixov.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика