So’nggi yangiliklar

23:15Доннарумма "Галатасарой"дан таклиф олган. Истанбулликлар дарвозабоннинг ПСЖ билан музокараларидаги қийинчиликдан фойдаланмоқчи  0 22:40"Ал Насср" Феликсдан сўнг ЖЧ ғолибини нишонга олди  5 22:16Диас "Бавария"га 75 млн евро эвазига ўтмоқда, томонлар барчасини келишиб олишди. "Ливерпуль" вингери 4 йиллик шартнома имзолайди  4 21:48"Ювентус" машғулотларни ўтказиб юборгани учун Дуглас Луисни 40-120 минг евро жаримага тортади. Хавбек Англияга йўл олмоқчи  0 21:21"Милан" "Реал"дан Фран Гарсиянинг нархини сўради. "Қироллик клуби" эса...  0 20:56Хави Симонс Лондон клубига ўтишга тайёр  0 20:18Томас Мюллер МЛСнинг "Ванкувер Уайткепс" клуби билан фаол музокаралар олиб бормоқда  2 19:40"Ал Насср" Антони бўйича таклиф билан чиқди. МЮ вингер учун 50 млн фунт олмоқчи  3 19:14Гвардиола мўйловини ўстирди  11 18:45Ўртоқлик ўйини. "Арсенал" ва "Ньюкасл" ўртасида Сингапурдаги ўйинда 5 та гол урилди  2 17:50"Реал" ўйинчисини 13,5 млн евро эвазига қайта харид қилиш ҳуқуқи билан сотди  0 17:21"Барселона" "Виссел Кобе"ни мағлуб этди, Рэшфорд дебют ўйинини ўтказди  2 16:57Феликс 30+20 млн евро эвазига "Челси"дан "Ал Насср"га ўтади - Фабрицио Романо  5 16:30"Бавария" Диас учун "Ливерпул"га тахминан 80 млн евро таклиф қилди. Клублар битимнинг якуний тафсилотларини муҳокама қилмоқда  7 15:55"Ньюкасл" Александр Исак ўрнига 4 нафар номзодни маъқуллади  1

"Buxoro" klubining nomi o'zgardi Yangiliklar

"Buxoro" klubining nomi o'zgardi

Bugun, 13 iyul kuni Buxoro viloyati hokimi qarori bilan "Buxoro" professional futbol klubi nomi o'zgartirildi.

Klubning nomi "Nurafshon" professional futbol klubiga o'zgartirildi.

SHuni alohida takidlash joizki, jamoa bu "Nurafshon" nomi bilan o'z tarixidagi eng yuqori natijalar hamda yorqin va chiroyli futbol namoyish eta olgan klub muxlislarining xursandchiliklariga sabab bo'ldi desak mubolag'a bo'lmaydi. Zero bu o'zgarishni "Nurafshon"ning jonkuyar muxlislari anchadan beri kutishar edi. 

SHuningdek, kun davomida Buxoro markaziy o'yingohida “Nurafshon” professional futbol klubi tashabbusi va Buxoro futbol associaciyasi bilan hamkorlikda kengaytirilgan yig'ilish tashkil etildi. Yig'ilishda “Nurafshon” professional futbol klubi bosh direktori Farruh Jamolovich Xamraev, jamoaning bosh murabbiyi Usmon Qudratovich Toshev hamda viloyatda futbol bo'yicha murabbiylik faoliyatini  yuritayotgan mutaxassislar va OAV vakillari ishtirok etishdi. Uchrashuvdan asosiy maqsad Buxoro futbol maktabini qayta tiklash, zamonaviy metodikalarga asoslangan malaka oshiruvchi mashg'ulotlarni kuchaytirish, “Nurafshon” PFKning futbolchilariga munosib o'rinbosarlarni tarbiyalash, shuning bilan bir qatorda klub qoshida 14-16-18 yoshdagi yoshlar jamoalarini shakllantirish borasida takliflar muhokama qilindi. 

Uchrashuvda yaqindagina “Nurafshon” PFK bosh murabbiyi etib tayinlangan Usmon Qudratovich Toshev so'zga chiqib endilikda murabbiylar birlashib, birgalikda Buxoro futbolining ravnaqini oshirish kerakligini, o'z ishiga fidoyi bo'lgan murabbiylarni qo'llab-quvvatlash va rag'batlantirishga alohida etibor berilishi rejalashtirilayotganini takidlab o'tdi. 

Uchrashuv yakunida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga mutasaddilar tomonidan javoblar berildi.

Yig'ilishdan so'ng ishtirokchilaridan biri, yoshlar  murabbiysi Sulaymon Raxmatovni so'zga tortganimizda u:

"Ushbu uchrashuvni biz ko'pdan beri kutgan edik. Bugun ko'tarilgan masalalar albatta, futbolning rivoji uchun. Biz murabbiylarga bildirilayotgan ishonch va berilayotgan imkoniyatlarning natijasi faqat Buxoroning nomdor, legioner futbolchilarini kashf qilish bo'lishi kerak deb o'ylayman. Viloyatimizdagi millionlar o'yini uchun barchamiz masulmiz. Buyog'iga barchamiz bir bo'lib bamaslahat ish tutsak va harakat qilsak, bilingki Buxoroning afsonaviy futbol uslubini qaytaramiz", – deya takidladi.

Biz esa "Nurafshon"ning fidoyi muxlislari nomidan  jamoaga nafaqat o'tmishdagi shonli natijalarini, balki undanda yuksak marralar va zafarlarni tilab qolamiz.

Maqola Championat.asia Buxoro viloyati muxbiri va "Nurafshon” PFK media markazi hamkorligida G'afur Tursunov va Jamshid Hojiev tomonidan tayyorlandi.

Reyting: -32   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика