So’nggi yangiliklar

23:05Расман: Карлуш Кейруш ЖЧ-2026 саралашининг сўнгги босқичида иштирок этувчи Осиё жамоасини бошқаради  1 22:55"Бавария" Диас бўйича "Ливерпул"га янги таклиф жўнатади  0 22:35"Барса" ўз ярим ҳимоячиси билан шартномани бекор қилмоқчи  0 22:10"Бавария" Эзе учун курашга қўшилди. Ҳужумчи "Арсенал" сотиб олмоқчи эди  0 21:45Диас "Ливерпул"дан норози. Клуб берган янги шартнома шартлари футболчига ёқмаган  1 21:20"Айнтрахт" "Нюкасл"нинг Экитике бўйича берган катта суммали таклифини рад этди  0 21:08Туғилган кундаги машғулот: U-23 терма жамоаси йиғинларни бошлади  0 20:35"Навбаҳор"га ФИФА тақиқи қўйилган. Клуб айни дамда янги футболчиларни рўйхатдан ўтказа олмайди  10 20:05"Манчестер Юнайтед" "Лион" ярим ҳимоячисини сотиб олмоқчи  1 19:38"Ливерпуль" Исакни қўлга киритиш йўлидаги ҳаракатини тўхтатмаяпти  9 19:10Туанзебе "Манчестер Юнайтед"ни судга берди  0 18:42"Милан" таркибни швейцариялик ҳужумни билан тўлдирмоқчи   0 18:15Каррерас: "Реал"ни бола сифатида тарк этиб, эркак бўлиб қайтдим"  5 17:49Сардор Рашидов катта футболга қайтди  20 17:40Аббос Файзуллаев Туркияга йўл олишга яқин   16

“Buxoro” klubining hisob raqami “muzlatib qo'yilgan”, jamoaga legionerlar bilan shartnoma imzolash taqiqlanadi Yangiliklar

“Buxoro” klubining hisob raqami “muzlatib qo'yilgan”, jamoaga legionerlar bilan shartnoma imzolash taqiqlanadi

Teglar :  PFLBuxoro
PFL bir necha yillardan buyon davom etib kelayotgan qarzdorliklar masalasiga 2018 yilning o'zida barham berishni maqsad qilgan.

SHu boisdan ham klublar to “eski ishlari”ga barham bermaguniga qadar, ularning yangi operaciyalariga ruxsat etilmayapti.

“Buxoro” futbol klubida ham xuddi shunday muammo bor. PFL mavsumni munosib o'tkazayotgan “Buxoro” klubi oldidagi muammolar bartaraf etilishini istaydi. Biroq vaziyat bir necha yillar davomida izdan chiqib ketganki, har safar klubga yangi kelgan rahbariyat, avvalgi rahbariyat yo'l qo'ygan xato va kamchiliklarni bartaraf etish bilan mashg'ul bo'lib qoladi.

Yig'ilib qolgan qarzdorliklar sabab ayni vaqtda “Buxoro” futbol klubining hisob raqami “muzlatib qo'yilgan”. Milliarddan ortiq summa o'z egalarini topmaguniga qadar, “Buxoro” klubi hech narsa qila olmaydi. Aniqlik kiritilishicha, klub vakillari ikki oydan buyon oylik-maoshsiz ishlab kelmoqda.

Ayni vaqtda PFL “Buxoro” futbol klubiga 2019 yildan boshlab legioner futbolchilar bilan shartnoma imzolash taqiqlanadi. O'z futbol akademiyasiga ega bo'lmagan hamda stadionida kamchiliklari bor bo'lgan klublarning hammasi uchun qoida shunday bo'ladi. Ular avval o'z akademiyasini ishga tushirib, kelajagi uchun poydevor qo'yadi. Keyin esa qolgan masalalar bo'yicha ishlaydi. Undan keyingina klublarga legionerlar bilan ishlash yarashadi. Ayni holatda millionlab pullar shunchaki o'rtamiyona legionerlar uchun sarf bo'lib yotibdi va bundan O'zbekiston futboli hech narsa yutayotgani yo'q.

Agar “Buxoro” futbol klubiga Tachmurod Agamurodov kelsa, uning jamoasi Oliy Liga klublari orasida eng ko'p chiqim qilsa-yu, natija faqat 4-o'rin bo'lib qolaversa, etmaganiga klub yilni kattagina qarzdorlik bilan tugatsa, “Buxoro” futbol klubi hech qachon oldinga qadam bosa olmaydi. 2019 yil klublar ikki qadam oldinga qadam tashlay olishi uchun, bu mavsum bir qadam orqaga qadam bosishi shart. Yani, klublar qarzdorliklardan xalos bo'lib olishlari lozim. Bu yilgi ish, kelasi yilga umuman qoldirilmaydi (yillar davomida bunga etiborsiz bo'lingan).

 “Buxoro” futbol klubiga viloyat hokimiyati, shuningdek, jamoa homiysi yordam qo'lini cho'zmasa, vaziyat yaxshilanishi qiyin. Ishchilarning oylab maosh olmasligi, klub doimo muammolar girdobida yurishi normal holat emas.

O'z navbatida futbol muxlislari ham bir jihatni to'g'ri tushunishi lozim. Toki klublarning shu kabi ishlari davom etar ekan, futbol bir joyda depsinib turaveradi. PFL ham, O'FA ham bundan manfaatdor emas.

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика