So’nggi yangiliklar

01:15Расман: Азизбек Амонов "Бухоро" футболчисига айланди  4 01:04Равшан Ҳайдаров: "Йигитларда иштиёқ катта эди. Мухлислар қўллови билан ғалабага эришдик"  1 00:57Нодирбек Абдураззоқов: "Японияга қарши ўйинда ғалаба учун майдонга тушамиз. Голимни Ислом Тўхтахўжаевга бағишлайман"  3 00:45"Ювентус" Консейсауни "Порту"дан тўлиқ сотиб олди  0 00:17Рэшфорд "Барса" билан шартнома имзолади (Фабрицио Романо)  2 23:55"Андижон" назорат ўйинида камбэк эвазига ғалаба қозонди  1 23:24Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ЦСКАга қарши баҳс олиб боради  2 22:59"Ливерпуль" тўхтамоқчи эмас. Клуб Франция чемпионатидан вингер сотиб олмоқчи  1 22:35U-23. Ўзбекистон – Саудия Арабистони 3:1  3 22:25Мираброр Усмонов Кубоги-2025. Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Саудия Арабистонига ҳеч қандай имконият қолдирмади  26 21:41Мюллер фаолиятини МЛСда давом эттиради  3 20:59Родриго "Реал"да қолмоқчи. Футболчи Алонсонинг фикрини ўзгартириш ниятида  5 20:21"Кристал Пэлас" Европа Лигасида четлаштирилиши бўйича спорт арбитраж судига апелляция берди  0 19:51Хави Симонс "Челси"га ўтишга рози  3 19:27Де Хеа: "Манчестер Юнайтед"да ўтказган йилларим учун Англиядан тушган таклифларни рад этдим"  2

“Buxoro” klubi ham “Saratondan soyabon bo'l” akciyasiga qo'shildi Yangiliklar

“Buxoro” klubi ham “Saratondan soyabon bo'l” akciyasiga qo'shildi

O'zbekiston Professional futbol ligasi sog'lom hayot tarzi uchun kurashayotgan bolalarni qo'llab-quvvatlash maqsadida “Saratondan soyabon bo'l” nomli xayriya akciyasini boshlaganidan xabaringiz bor.

“Buxoro” futbol klubi ham ushbu akciyaga qo'shildi. Bugun klub rahbariyati, jamoa murabbiy va futbolchilari Buxoro viloyat onkologiya dispanseri va Buxoro viloyati bolalar ko'p tarmoqli tibbiyot markazilarida bo'lib, bemor bolajonlar xolidan xabar olishdi.

Klub matbuot xizmatining malumot taqdim etishicha, yosh bemorlarga xayriya mablag'lari ajratilib ularga sovg'alar ulashishdi. Maqsad – jamiyatning etiborini ushbu muammoga jalb qilib, kichkintoylar, kattalar, shifokorlar va birovning qayg'usiga befarq bo'lmagan insonlarning birgalikdagi hakaratlar bilan saraton kasalligi ustidan g'alaba qozonish mumkinligini namoyish qilishdan iborat.

Takidlash joiz, Superliganing 9 va 10-tur bellashuvlarida jamoalar mazkur akciya doirasida qator tadbirlarda ishtirok etadi. Saratonni engib o'tish kabi mashaqqat bilan kurashayotgan jajji qalblarni futbol muxlislari ham qo'llab-quvvatlashlari mumkin. Yuqoridagi turlar davomida har bir stadionga xayriya qutilari o'rnatiladi. Ularda yig'ilgan mablag'lar esa o'sha hududdagi onkologiya markazlariga o'tkazib beriladi.


Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика