So’nggi yangiliklar

12:41"Атлетико" футболчиси Италияга йўл олмоқда  0 12:20"Нидерландияга қарши ЖЧ-1998 ярим финалида 32 кг га озганман"  1 12:00Бугунги ўйинлар: Каталония дербиси, "Селтик" — "Рейнжерс" ва бошқалар  0 11:50Тонали АПЛнинг топ клубига ўтиши мумкин  1 11:22Канселу "Барселона"га қайтмоқчи  2 10:22"Ювентус" "Атлетико" ҳужумчисига қизиқиш билдирмоқда  2 09:53"Фиорентина" "Тоттенхэм" футболчисини ижарага олди  0 09:24АПЛнинг мухлислар талқинига кўра йил рамзий термаси эълон қилинди  2 08:55Sofascore талқинига кўра топ-5 лигалардаги энг яхши футболчилардан тузилган рамзий жамоа эълон қилинди  3 08:26Роберто Карлос касалхонадан чиқди  0 07:59Sofascore. Шукуров ва Мозговой неча баҳога лойиқ кўрилди?  1 07:30Алижонов Эрон клуби билан келишувга эришди  11 02:40А Серия. "Милан" Сардинияда ғалабага эришди  3 01:23Роналду 5 ой деганда чемпионатда гол ура олмади  9 00:55"Интер" футболчиси "Ювентус"га ўтишни истамоқда  0

"Buxoro" Buxoroga qaytadi Yangiliklar

"Buxoro" Buxoroga qaytadi

10 sentyabr kuni Liga mutaxassislari Buxoroga tashrif buyurdi hamda Buxoro viloyati futbol akademiyasi qoshida bunyod etilgan stadionda davom etayotgan tamirlash ishlari bilan tanishdi.

SHu kuni Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripov bevosita stadionga kelib, Liga rahbariyati bilan uchrashdi. Stadion bilan bog'liq muammo sabab Buxoro katta futboldan chetda qolib kelayotgandi. SHundan kelib chiqib, viloyat hokimligi hamda Sport vazirligi hamkorlikda yangi stadiondagi tamirlash ishlariga zo'r berdi. Yana bir necha kundan so'ng mazkur arenada katta futbol uchrashuvini tashkil etish imkoniyati bo'ladi. 

Liga etibor qaratilishi va o'zgartirilishi lozim bo'lgan masalalar yuzasidan o'z xulosasini taqdim etdi. Quruvchilar hamda viloyat futbol associaciyasi rahbariyati bir hafta ichida masala hal etilishi yuzasidan kafolat berdi. Bu esa stadionda Pro liga uchrashuvlarini o'tkazish imkoniyatini taqdim etishi mumkin. 

Arenani Superliga uchrashuvlariga tayyorlash uchun esa biroz vaqt kerak. Stadionlarga qo'yilayotgan talab dekabr oyining birinchi yarmiga qadar amalga oshirilsa, B"uxoro" 2025 yilgi mavsumni ham mazkur arenada o'tkazish imkoniyatini qo'lga kiritadi. Buning uchun projektorlar o'rnatilishi, maysa parvarishi uchun zarur texnika xarid qilinishi, stadionni yil davomida kerakli ozuqa va vitaminlar bilan taminlash, uning parvarishi uchun javobgar bo'lgan personal uchun sarf-harajatlar smetasi kerakli tashkilotlar tomonidan tasdiqlanishi kerak. Mazkur masala yuzasidan Liga hamda viloyat hokimligi rahbariyati kelishib oldi. 

Stadion 10 ming ishqibozni o'z bag'riga sig'dira oladi. Ayni vaqtda uning texnik zonasini qurish va pardozlash ishlari davom etmoqda. Barcha masala kelishuv asosida amalga oshirilsa, bir necha oy ichida Buxoroda Superliga uchrashuvlarini qabul qila oladigan darajadagi stadion tayyor bo'ladi. Havoning salqinlashayotgani va ayni vaqtga qadar amalga oshirilgan ishlar esa "Buxoro" klubiga mazkur arenada Proliga uchrashuvlarini o'tkazish imkoniyatini taqdim etadi. 

Bir necha kundan so'ng Liga mutaxassislari Buxoroga qayta boradi va stadionning mavsumga tayyorligi masalasida qo'shimcha axborot taqdim etadi.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика