So’nggi yangiliklar

17:37К-Лига 2. Алиқулов жамоаси сафарда Алибоев клубини мағлуб этди   1 17:35Люпче Дориев: "Сўғдиёна" мусобақа жадвалида янада баландроқда бўлиши керак. Ўзбекистон кубогида ғалаба қозона олишимизга кўзим етмоқда"  4 17:04Равшан Ҳайдаров бошчилигидаги Ўзбекистон U-21 терма жамоаси йиғинга киришди  4 16:57Футзал. 9 та гол урилган, Ўзбекистон финалга чиққан Гватемалага қарши учрашувдан галерея  0 16:51"Сурхон" 43 нафар собиқ футболчи, мураббий ва ходим билан ҳисоб-китоб қилди  0 16:33Гвардиола Де Брюйне "Манчестер Сити"да қолишини тасдиқлади  0 16:00"Нефтчи" - "Сўғдиёна" ўйини нега қолдирилган? "Динамо" - "Навбаҳор" учрашуви нега қолдирилмаяпти?  27 15:01ОАВ вакиллари диққатига! ФИФА Футзал ЖЧ-2024 учун аккредитация жараёни бошланди  2 14:09Петрович "Челси"нинг АҚШдаги йиғинига жамоа билан йўл олмади  1 13:42Месси МЛСнинг барча юлдузлари шоу учрашувида иштирок этмайди   1 12:46Константин Базелюк — "Локомотив" футболчиси!  5 12:27Расмий хабар: Ўзбекистонлик ҳимоячи легионерга айланди  2 12:17ОКМК легионер футболчи билан шартнома тузди  6 12:08"Металлург" таркибга легионер ҳужумчини қўшиб олди  2 11:48Евро-2024да порлаган Нико Уильямс ҳақида ҳикоя (Бекзод Толибов блоги)  2

"Buxoro" ayollar jamoasi bosh murabbiyi Obid Rajabov bilan suhbat Yangiliklar

"Buxoro" ayollar jamoasi bosh murabbiyi Obid Rajabov bilan suhbat

Rajabov Obid Qodirovich 1995 yildan beri "Buxoro" ayollar jamoasi bosh murabbiyi hisoblanadi. Ushbu murabbiy O'zbekiston ayollar chempionatida 7 marta bronza va 1 marta kumush medallariga ega chiqqan.


“Buxoro” viloyatida ayollar futbol jamoasi ilk bor 1995 yilda tashkil topdi. Jamoa 2012 yilda Buxoro futbol klubi tasarruviga o'tkazildi. O'sha paytlarda jamoada atigi birta guruh bor edi. Xatto o'rinbosarlar tarkibi ham yo'q edi. Hozirgi paytda jamoamizning o'rinbosarlar tarkibi tashkil etilgan bo'lib, jamoaning 90 foizi yoshlardan iborat. Avvalgi rahbarlar “Buxoro” futboli uchun hech narsa qilishmagan. Jamoa qarorgohida hech qanday shart-sharoitlar yo'q edi. O'sha damlarda men futbolchilar kiyim almashtirish xonasiga dush o'rnatish kerakligini so'rab borganimda meni xatto haydab solishgan. Ayollar jamoasiga katta xarajatlar yozilib vaholanki bu pullar bizgacha etib kelmagan. Oxirgi ikki yilda jamoa qarorgohida katta o'zgarishlar ro'y berdi. Bir necha suniy qoplamali maydonlar, plyaj futboli maydoni, “Umid” stadioni qayta tamirlandi, maydon ahvoli yaxshilandi va jamoamiz uchun shart-sharoitlar yaratib berildi. Buning hammasi “Buxoro” futboli kelajagi uchun qilinmoqda.

Rahbariyat tomonidan jamoani yoshartirish talabi qo'yilgan paytlarda, jamoani tubdan o'zgartirish uchun, menda ozgina xadik bor edi. Jamoaning natijalarini yaxshilash uchun boshqa viloyatlardan tajribali futbolchi qizlarni tarkibga chaqirmoqchiligimni bildirganimda, raxbarlar iloji boricha Buxorolik qizlardan tarkibni shakllantirishimni so'rashdi. Hozirgi vaqtda jamoa tarkibi asosan buxorolik yosh iqtidorli qizlardan iborat.

Poydevor shakllangan jamoadan nasib qilsa kelasi mavsumlardan yaxshi natijalarga erishish uchun harakat qilamiz.



"Buxoro" erkaklar jamoasi haqida

"Buxoro" jamoasini, o'sha jamoa tashkil qilingan yillardan beri yaxshi bilaman, oldin jamoa "Nurafshon" deb atalardi.

Dastlabki yillarda jamoa O'zbekiston chempionatida juda yuqori natijalarni qo'lga kiritdi, jamoa chempionatimizda kuchli 3 jamoaning biri edi.

Keyin jamoa malum sabablarga ko'ra tarqalib ketib, tarkibda katta o'zgarishlar bo'ldi, jamoada moliyaviy qiyinchiliklar ham ko'pgina mavsumlarda kuzatildi.

Qanchadan qancha murabbiylar kelib ketishdi, har bir murabbiyning futbolga o'zgacha qarashi, falsafasi va o'z imzosi bor. Kelgan murabbiylar, o'zlari bilan "yoqtirgan" futbolchilarini olib kelishardi.

Bir mavsum o'ynab keyingi mavsumda qaytib ketishardi. Jamoaning yillar davomida yuzaga kelgan katta qarzdorligi mavjud edi. Bu moliyaviy inqiroz jamoaga anchagina muammolar keltirdi albatta. Lekin 2017-yildan beri bu qarzdorlikning katta qismi yopildi. Buning hammasi klub kelajagi o'ylab qilinmoqda albatta.

Hech kim o'sha paytlar tarkibga asosan mahalliy futbolchilarni jalb etishga harakat qilishmadi. Yosh futbolchilarni kamol toptirish, o'z holiga tashlab qo'yildi. Lekin keyingi 2 yilda jamoamiz o'rinbosarlar tarkibi asosan to'liq mahalliy yigitlardan iborat, oldinlari hatto o'rinbosarlar tarkibida ham horijdan legionerlar to'p surgan vaqtlar bo'lgan, bu jamoa mablag'ini ko'kka sovurish bilan barobar edi. SHukurki hozirgi o'rinbosarlarning o'yinlarini ko'rib, o'sha oldingi "Nurafshon"ning o'yinlari ko'z o'ngimdan o'tadi.

Yana bir og'riqli savol bor, "nega hozirgi paytda Buxoroning natijalari yaxshi emas" bu o'rinli savol, chunki o'sha biz maqtaydigan "Nasaf", "Bunyodkor", "Paxtakor" va xatto "Mashal" jamoalarida infratuzilma to'gri tashkil qilingan, yoshlarga bo'lgan munosabat yuqori.

Bizda esa 2, 3 yillar oldin yoshlarga bo'lgan etibor juda yomon, ularda hatto oddiy sharoitlar ham yo'q edi. Atigi bir dona shug'ullanish uchun maydon bor edi, yoshlarni nazorat qilish ishlari sust, o'z holiga tashlab qo'yilgan edi. Tumanlarda qanchadan qancha sport maktablari bor, lekin o'sha maktablardan haligacha tayinli o'yinchilar etishib chiqib bosh jamoamizga qo'shilgani yo'q!

Bundan 15 yillar oldin tuman sport maktablaridan yaxshi mahoratli o'yinchilar ko'zga tashlanib chiqib kelishardi, murabbiylarning ishga bo'lgan munosabatlari o'zgardimi yoki boshqa sababmi hozirgi paytlarda bu ishlar ancha susayib qolgan. Men murabbiy sifatida hamkasblarimdan shuni iltimos qilardimki, iqtidorli yigitlar bo'lsa ularni yuksak marralarga chiqishi uchun ozgina masuliyat bilan yondashib harakat qilsalar nur ustiga alo nur bo'lardi.

Axir kelajagimiz mana shu yoshlar qo'lida, unutmaylik!

Keyingi ikki yilda yoshlarga bo'lgan munosabat o'zgarib ularga hamma sharoitlar yaratib berilyapti. Bu albatta o'z mevasini yaqin kelajakda beradi. Buning uchun ozgina vaqt kerak.


"Buxoro" futbol muxlislari haqida ikki og'iz...


Futbol kunlari Buxoro stadioniga kirgan odam, bu ajoyib muhitni ko'rib rohatlanadi, buxorolik muxlislar hatto respublikada ancha yillardan beri peshqadam, stadionga tashrif borasida.

Lekin afsuslar bo'lsinki, muxlislar ikki toifada bo'larkan, bir toifa jamoa g'alaba qozonadimi mag'lub bo'ladimi, har qanday holatda ham jamoani yolg'izlatib qo'yishmaydi, guruch kurmaksiz bo'lmaganidek ikkinchi toifa muxlislar bor, ular jamoani mag'lubiyatini istashadi shekilli ko'rib, eshitib yuribman o'yindan oldin bugun yutqizamiz deb, pessimistik ruhda yurishadi.

Safarlarda bo'lganimda boshqa viloyat jamoalari muhlislarining jonkuyarligini ko'rib lol qolganman, o'yindan oldin hatto stadionga kelib bizdan nima yordam deb so'rashganlarini eshitganman.

Afsuski bizda hali muxlislarimizning maqtanarli jihatlarini ko'rmadim, jamoaga nafi tegmaydiyu, lekin tirnoq ostidan kir qidirishganlari ham bo'lgan. Maydonda futbolchi va murabbiylarni so'kadigan muxlislar ham yo'q emas, avvalo futbolchi ham inson, u ham birovni aka ukasi, farzandi. Bu yaxshilikka olib kelmaydi.

Avvalo muxlislik madaniyatini oshirishimiz zarur, jamoani har qanday holatda ham qo'llab quvatlaylik, stadionda tartibli muxlislik qilib hammaga o'rnak bo'laylik.

Istardimki, "Buxoro" jamoamiz medallar uchun kurashadigan, barqaror jamoa bo'lib, Buxoro xalqiga bayramlar ulashib yursin!


Oybek Jumanazarov suhbatlashdi

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика