"Buxoro" "Andijon" bilan o'yinga tayyorgarlikni boshladi. Bosh murabbiy va legionerlar yo'q
03 iyu 2020 11:08
Yangiliklar


"Buxoro" "Andijon" bilan o'yinga tayyorgarlikni boshladi. Bosh murabbiy va legionerlar yo'q
"Buxoro" klubi o'z qarorgohida "Andijon" bilan o'yinga tayyorgarlikni boshladi.
Jamoa bosh murabbiyi Muhsin Muhammadiev ayni paytda Moskvada, legionerlar Jaba Lipartiya, Edin Yunuzovich, Milovan Kapor va Artyom Baranovskiy ham o'z mamlakatlarida bo'lib turishibdi. SHu bois restartni "Buxoro" ularsiz boshlashga majbur bo'ladi. Quyida kechagi mashg'ulotlardan olingan rasmlarni tomosha qiling.
Eslatib o'tamiz, "Buxoro" Superliganing 4-turini 15 iyun kuni "Andijon"ga qarshi o'tkazadi. Uchrashuv Muborak shahridagi Bahrom Vafoev nomidagi stadionda soat 18:30da boshlanadi.
foto: "Buxoro" matbuot xizmati
O’xshash yangiliklar

Fikrlar