"Buxoro" Alisher Sanoev bilan shartnomani uzaytirdi

Narzulla Saydullayev
28 yanv 2016, 11:29
Uchinchi yig'inni poytaxtda davom ettirayotgan “Buxoro” jamoasi bir nechta nazorat uchrashuvlarini o'tkazgach, yana futbolchilar bilan shartnomalar imzolashda davom etadi.

Kecha jamoa tajribali yarim himoyachi Alisher Sanoevga yangi shartnoma taklif qildi. Sanoev ikkilanmasdan sharnomani qabul qildi va faoliyatini “Buxoro”da davom ettiradigan bo'ldi.

Eslatib o'tamiz, Alisher Sanoev o'tgan mavsumning ikkinchi davrasida Navoiyning “Qizilqum” jamoasidan taklif etilgan edi. Ikkinchi davrada u  11 ta uchrashuvda maydonga tushdi va 989 daqiqa maydonda to'p tepdi. Ushbu uchrashuvlarda futbolchi 3 marta raqiblar darvozasini ishg'ol qilgan va 3 marta hakamlar tomonidan ogohlantirilgan.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pfcbuxoro.com