Butrageno: “Real” g'alaba uchun qattiq kurashishiga to'g'ri keladi”
25 avg 2017 00:40
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/273681_original.jpg)
![](/upload/storage/273681_220.jpg)
Butrageno: “Real” g'alaba uchun qattiq kurashishiga to'g'ri keladi”
“Qirollik klubi” H guruhida “Tottenhem”, “Borussiya” (D), va APOEL klublari bilan kuch sinashadi.
“CHempionlar ligasi bu oson turnir emas. Ammo biz amaldagi chempionlar bu turnirda yuqori motivaciya bilan kurashamiz. Guruhimizda oson o'yinlar bo'lmaydi, shu bois yuksak saviyadagi futbol namoyish etib, har bir o'yinda maydonda borimizni berib harakat qilishmiz kerak. Arzimagan 10 daqiqa ichida yomon o'yin ko'rsatsak, bu bizga qimmatga tushishini bilamiz
“Real” bir necha bor “Borussiya” bilan bu musobaqada to'qnash kelgan va doim bu klub bizga noqulayliklar tug'dira olgan. “Tottenxem” so'nggi bir necha mavsumda APLning eng yaxshi jamoalaridan biri ekanligini isbotlab kelmoqda. APOEL bilan ham oson bahs bo'lmaydi, ayniqsa ularning maydonida”, deya Butragenoning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda UEFA matbuot xizmati.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar