Buskets: "UEFA talqiniga ko'ra 40 futbolchi ro'yxatidan joy olmaganimdan xafa emasman"
30 noy 2015 14:16
Yangiliklar


Buskets: "UEFA talqiniga ko'ra 40 futbolchi ro'yxatidan joy olmaganimdan xafa emasman"
"Barselona" yarim himoyachisi Serxio Buskets UEFAning yil jamoasiga tanlanadigan 40 futbolchi safida emasligidan xafa emas.
"Bu ro'yxatga kirishni istamagandim deya olmayman, ammo kira olmaganimdan xafa emasman, chunki bu mening maqsadim emas. Bunga katta ahamiyat bermayman. Meni ko'proq jamoadoshlarim va murabbiylar maqtovi qiziqtiradi" - deydi Buskets.
40 nafar futbolchi safidan "Barselona"ning quyidagi futbolchilari joy olgan: Xaver Maskerano, Xerard Pike, Dani Alves, Andres Inesta, Ivan Rakitich, Neymar, Luis Suares va Lionel Messi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar