Buskets: "Ispaniya Italiyadan barcha jihatlarda ustun keldi. Ammo, bu futbol, raqibni tabriklaymiz"
07 iyu 2021 09:01
Yangiliklar
Buskets: "Ispaniya Italiyadan barcha jihatlarda ustun keldi. Ammo, bu futbol, raqibni tabriklaymiz"
Ispaniya terma jamoasi yarim himoyachisi Serji Buskets Evro-2020 yarim finalidagi Italiya (1:1, 2:4 penaltilardan so'ng) bilan o'yindan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"Afsus, biz ushbu turnirdagi yo'lni oxirigacha davom ettirmoqchi edik, ammo bu futbol. Jamoa zo'r o'ynadi, biz deyarli barcha jihatlarda ustunlik qildik. Men sheriklarim bilan faxrlanaman.
Barcha Italiyani favorit deb hisobladi, ammo biz ustunligimizni ko'rsatdik. Bizda yosh o'yinchilar ko'p, ular o'ziga bo'lgan ishonchni topa olishdi.
Jamoamiz hali qaytadi. O'yin biz xohlagandek o'tdi, biz to'pga egalik qildik, uni imkoni boricha tezroq qaytarib oldik... Ammo, bu futbol, bizga faqat raqibni tabriklash qoldi xolos", - deydi Buskets.
Fikrlar