Buskets: "Barselona" CHempionlar Ligasini Messisiz ham yutishi mumkin"
13 sen 2021 17:38
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/657751_original.jpg)
![](/upload/storage/657751_220.jpg)
Buskets: "Barselona" CHempionlar Ligasini Messisiz ham yutishi mumkin"
"Barselona" xavbeki Serxio Buskets klubdan Lionel Messining ketishi haqida gapirdi.
"Messining ketishi barcha uchun shok bo'ldi. Leo "Barselona"ga va shaxsan menga ko'p narsa berdi. Bularni hazm qilish qiyin bo'ldi. Ammo, endilikda Leosiz o'yinga ko'nikish kerak.
"Barselona" Messisiz CHempionlar Ligasini yuta oladimi? Futbolda hamma narsa bo'lishi mumkin. O'tgan mavsum favorit bo'lmagan bo'lsa ham, "CHelsi" CHempionlar Ligasini qo'lga kiritdi. Jamoaviy daraja muhim.
Bizda endilikda Messining individual sifatlari yo'q. Biz qiyinchilikni sezamiz, ammo bizning maqsadlarimiz yuqori va g'alaba qozonishni xohlaymiz", - deydi Buskets.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar