So’nggi yangiliklar

23:05Самарқандда хайрия учрашуви: "Динамо" фахрийлари Ўзбекистон МТЖ афсоналари учрашувида 8 та гол урилди  13 22:31Данни Блинд "Аякс"ни тарк этади  0 22:02Расман: "Барселона" собиқ футболчиси Ашурматов ва Машариповнинг жамоадошига айланди  2 21:22U-23 Осиё Кубоги саралаш босқичи. Ўзбекистон Қирғизистон билан дуранг ўйнади  73 21:09Суперлига 21-тур ҳакамлари расмийлари маълум. Марказий тўқнашувни ким бошқаради?  4 20:30Интервью. Жоэль Кожо: "Динамо"га қайтишим мумкин эди, лекин "Истиқлол"ни фақат "Нефтчи" рози қила олди"  4 20:00УEФА 11 сентябрь куни "Вильярреал" – "Барселона" ўйини қаерда ўтиши ҳақида қарор қабул қилади  3 19:38"Барселона" футболчиси жароҳати сабаб терма жамоа ихтиёрини тарк этди  3 19:10МЮ собиқ футболчиси Англия эмас, Конго ДР шарафини ҳимоя қиладиган бўлди  1 18:26"Челси" "Барселона" футболчисидан умидини узмаган  1 17:54Луческу – терма жамоалар тарихидаги энг ёши катта мураббий  1 17:25U-17 халқаро мусобақаси. Ўзбекистон Канадани пенальтилар сериясига кўра мағлубиятга учратди  8 16:59Мбаппе Анрига етиб олди  9 16:35Ўзбекистон МТЖ Panini билан ҳамкорлик қилади   10 16:13ФИФА президенти CAFA Nations Cup финалига келади  10

Burkina-Faso terma jamoasi haqida nimalar bilishimiz kerak? Yangiliklar

Burkina-Faso terma jamoasi haqida nimalar bilishimiz kerak?

Bugun O'zbekiston terma jamoasi Burkina-Faso terma jamoasi bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi.

Xo'sh, Afrikaning ushbu davlati terma jamoasi haqida nimalarni bilishimiz kerak?

Burkina-Faso futbol Federaciyasi 1960 yilda tashkil topgan. 1964 yilda Afrika futbol Konfederaciyasi va FIFAga azo bo'lgan.

Burkina-Faso birinchi rasmiy o'yinni 1960 yilda Gabonga qarshi o'tkazib 5:4 hisobida zafar quchgan. SHu kunga qadar Jahon chempionatlari final bosqichida ishtirok etmagan.


Afrika millatlar kubogida 9 bor qatnashgan. Eng yaxshi natijasini 2013 yilda qayd etgan. JARda bo'lgan musobaqada terma jamoa finalga qadar etib borib Nigeriyaga yutqazib qo'ygandi - 0:1.

Ayni paytda Burkina-Faso terma jamoasi FIFA reytingida 73-pog'onada bormoqda. Eng yuqori o'rni 2010 yil oktbyar oyida qayd etilgan - 37. Eng past o'rin esa 1993 yil dekabirida kuzatilgan - 127.

2015 yildan buyon terma jamoani portugaliyalik Paulo Duarte boshqarib kelmoqda. Ushbu murabbiy 2008-2012 yillarda ham ushbu jamoada ishlagandi. 1969 yilda tug'ilgan ushbu murabbiy futbolchilik faoliyatini asosan Portugaliya klublarida ("Uniao Leyria", "Maritmu") o'tkazgan. Murabbiylik faoliyatida "Uniao Leyria" (Portugaliya), "Le Man" (Franciya) klublari va Gabon terma jamoasini ham boshqargan.



Terma jamoada mashhur futbolchilar juda ko'p. Ularning eng mashhurlari bilan tanishing:

Bakari Kone ("Lion"), Stiv Yago ("Tuluza"), SHarl Kabore ("Krasnodar"), Abdu Razoq Traore ("Konyaspor"), Jonatan Pitroypa ("Al Nasr"), Alain Traore ("Loryan"), Bertrand Traore ("CHelsi"), Jonatan Zongo ("Almeriya").

Ayni paytda Burkina-Faso terma jamoasi 2017 yilgi Afrika Millatlar kubogi saralashida ishtirok etmoqda. Jamoa o'z guruhida 10 ochko Uganda bilan birga peshqadamlik qilmoqda. Burkina-Faso guruhdagi so'nggi o'yinni 3 sentyabr kuni o'z uyida Botsvanaga qarshi o'tkazadi.


Narzulla Saydullaev tayyorladi


 

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика