"Bunyodkor"ning sobiq ustozi "Kruzeyro"ni boshqarishi mumkin
12 okt 2020 20:26
Yangiliklar


"Bunyodkor"ning sobiq ustozi "Kruzeyro"ni boshqarishi mumkin
"Bunyodkor", "CHelsi, Braziliya va Portugaliya terma jamoalarining sobiq bosh murabbiyi Luis Felipe Skolari "Kruzeyro"da ish boshlashi mumkin.
Ayni paytda "tulkilar" rahbariyati 71 yoshli mutaxssisning nomzodini ko'rib chiqyapti.
"Kruzeyro"ning amaldagi bosh murabbiyi Ney Franko V Seriya 15-turida "Oeste" klubi bilan o'yinda qayd etilgan nursiz durangdan keyin istefoga chiqarilgan.
Skolari uchun "Kruzeyro" begona emas. U mazkur klubni 2000–2001 yillarda boshqargan. "Ko'klar" Braziliya chempionati joriy mavsumining ortda qolgan 15 turidan keyin 12 ochko bilan turnir jadvalining 19-pog'onasini egallab turibdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar