"Bunyodkor"ning sobiq hujumchisi Avstraliyada o'ynaydi
25 sen 2015 08:41
Yangiliklar


"Bunyodkor"ning sobiq hujumchisi Avstraliyada o'ynaydi
"Bunyodkor" klubining sobiq futbolchisi Milosh Trifunovich faoliyatini Avstraliyada davom ettiradigan bo'ldi.
2011 yilda "Bunyodkor" safida o'ynagan serbiyalik hujumchi Avstraliyaning "Nyukasl Jets" klubi bilan shartnoma tuzdi. "Qaldirg'ochlar" safini tark etgach Trifunovich Xitoyda "Liaoning Vxovin", Qozog'istonda "Atirau" va Serbiyada "Radnichki Nish" klublari sharafini himoya qildi.
Malumot uchun, Trifunovich 2011 yil oliy ligada 17ta gol bilan to'purar bo'lgandi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar