"Bunyodkor"ning “Qirol Fahd”dagi rasmiy mashg'uloti. VIDEO
22 fev 2016 23:48
Yangiliklar


"Bunyodkor"ning “Qirol Fahd”dagi rasmiy mashg'uloti. VIDEO
Toshkentning “Bunyodkor” jamoasi “Al-Nasr”ga qarshi kechadigan bahs oldidan o'zining rasmiy mashg'ulotini o'tkazdi.
“Qaldirg'ochlar”ning
rasmiy mashg'uloti “Al-Nasr” – “Bunyodkor” uchrashuvi o'tkaziladigan “Qirol
Fahd” stadionida mahalliy vaqt bilan soat 19:00da (Toshkentda 21:00
bo'ladi) boshlandi. Unda jamoamiz delegaciyasi bilan Ar-Riyodga olib
kelingan barcha 19 nafar futbolchi to'liq ishtirok etdi.
Sergey
Lushchan olib borgan tayyorgarlik jarayonida futbolchilarga ortiqcha yuklamalar
berilmadi. Engil chigalyozdi mashqlar bajarildi. SHuningdek, jarima
zarbalari tepish borasida shug'ullanildi. Hamma futbolchilar soppa-sog' va
ertangi bahsga shay holatda turishibdi.
Quyidagi havola orqali “Bunyodkor”ning “Qirol Fahd” stadionida o'tkazgan rasmiy mashg'uloti videosharhi bilan tanishishingiz mumkin.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar