So’nggi yangiliklar

00:34Месси Баджодан Италиянинг 1994-йилги ЖЧ либосини совға сифатида олди  2 23:59Мбаппе иситма туфайли "Реал" машғулотида қатнашмаяпти. Эртага "Ал-Ҳилол" билан ўйин  1 23:39Доннарумма FourFourTwo талқинига кўра дунёнинг энг яхши дарвозабони  3 23:04КЖЧ. Танташев бошқарган ўйинда "Боруссия Д" ва "Флуминенсе" дуранг қайд этишди  1 22:48Хвича Кварацхелия: "Менга Роналдунинг ўйини ёқади, лекин Месси бошқа сайёрадан"  8 22:23Тебас "Барселона" янги футболчиларни рўйхатдан ўтказишга ҳали тайёр эмаслигини маълум қилди  4 21:48"Андижон" клубининг янги базаси ишга туширилди  9 21:25Тебас Клублар ўртасидаги жаҳон чемпионати ҳақида: "Бу турнирдан қутулиш керак, яна бир турнир учун жой йўқ"  17 20:52Даҳшатли автофалокатга учраган Антонио етти ой деганда майдонга қайтди  0 20:21Индзаги Б Серия клубига бош мураббий бўлди  6 20:01"Ливерпуль" Малик билан музокараларни бошлади  0 19:39Рамос: "Беш йилдан кейин Мбаппе 4-5 та "Олтин тўп"га эга бўлади"  14 19:15Ди Мария: "Бока Хуниорс" мухлисларининг ҳуштакбозлиги? Бу – футбол, ҳаммасини тушунамиз"  1 18:48Фаластинлик футболчи Исроил ҳужуми оқибатида ҳалок бўлди  15 18:21Роналду Трампга дастхати туширилган либосини ҳадя қилди  13

Bunyodkorning Oliy liga-2016dagi statistikasi Yangiliklar

Bunyodkorning Oliy liga-2016dagi statistikasi

Teglar :  Bunyodkor
Toshkentning “Bunyodkor” jamoasi 2016 yilgi oliy liga bahslarini ikkinchi o'rinda yakunladi.

SHu tariqa, O'zbekistonning besh karra chempionlari (2008, 2009, 2010, 2011, 2013) o'z hisoblariga uchinchi (2007, 2012, 2016) kumush medallarni qo'shib qo'yishdi.

“Bunyodkor” kumush medallarga ega chiqish uchun 30 uchrashuvning 18tasida g'alaba, 9tasida durang va 3tasida mag'lubiyat qayd etdi. Umumiy hisobda 63 ochko jamg'ardi.

CHempionat davomida murabbiylar 22 nafar futbolchi xizmatidan foydalanishdi. Tarkibda to'p tepgan eng yosh futbolchi Dostonbek Hamdamov (24.07.1996) bo'ldi. Yoshi eng kattasi esa Viktor Karpenko (07.09.1977).

“Bunyodkor” safida to'p tepgan futbolchilardan kelib chiqib aytadigan bo'lsak, jamoamizning o'rtacha yoshi roppa-rosa 25ni tashkil etdi.

“Bunyodkor” oliy liga-2016da umumiy hisobda 46ta gol urdi. SHularning 28tasi uyda, 18tasi mehmondagi o'yinlarga to'g'ri keladi. Tarkibda eng ko'p gol urgan futbolchi Eldor SHomurodov bo'ldi. Mavsum kashfiyotlaridan biri sifatida etirof etilayotgan SHomurodov raqiblari darvozasini 10 marotaba aniq ishg'ol qildi.

Ortda qolgan chempionatda “Bunyodkor”ning o'z darvozasining eng kam gol o'tkazgan jamoa bo'ldi. O'tkazilgan 30ta uchrashuvda “qaldirg'ochlar” o'z postlaridan atigi 13ta gol o'tkazib yuborishdi xolos. Uyda 5ta, safarda 8ta.

Oliy liga-2016dagi 30ta uchrashuvning 20tasida raqiblar “Bunyodkor” darvozasiga yo'l topa olmadilar.

Jamoamizning eng yirik g'alabasi oliy liga debyutanti “Obod” ustidan qozonildi. “Obod”ga qarshi “Jar” stadionida kechgan bahsda raqib darvozasi javobsiz to'rt marotaba ishg'ol etildi. Umuman olganda, yana 4ta uchrashuvda “Bunyodkor” 3:0 hisobidagi yirik g'alabalarga erishdi.

Hakamlar jamoamiz futbolchilariga 57 bor sariq kartochka ko'rsatishdi. “Nasaf”ga qarshi safar uchrashuvda Otabek SHukurov bu mavsumdagi jamoamizning yagona qizil kartochkasiga sababchi bo'ldi.

“Bunyodkor” ishtirokidagi uchrashuvlarga umumiy hisobda 104867 nafar muxlis tashrif buyurdi. O'rtacha hisobda bir uchrashuvga 3496 tomoshabindan to'g'ri keladi.

Murodjon Zuhurov, Akramjon Komilov va Dostonbek Hamdamov 29tadan uchrashuvda ishtirok etishdi va bu borada jamoamiz etakchilari bo'lishdi.

Penaltilar haqida gap ketganda jamoamiz ishtirokidagi uchrashuvlarda jami 6ta 11 metrlik jarima zarbalari belgilandi. “Bunyodkor” 5 marotaba penalti tepish huquqiga ega bo'ldi. Raqiblarimiz esa darvozamizga bitta penalti tepishgan.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика