"Bunyodkor"ning besh futbolchisi Turkiyaga uchib ketdi
08 fev 2017 11:39
Yangiliklar
"Bunyodkor"ning besh futbolchisi Turkiyaga uchib ketdi
"Bunyodkor" klubi kecha Qatarda "Al Jayish" klubini penaltilar seriyasida mag'lub etdi.
Bugun Toshkent vaqti bilan soat 17:30da "Bunyodkor" klubi delegaciyasi o'tirgan samolyot Toshkent Xalqaro aeroportiga qo'nadi. Klubning besh nafar azosi Doxa-Istanbul-Antaliya yo'nalishida O'zbekiston milliy terma jamoasi ixtiyoriga jo'nab ketishdi. Bular Rustamjon Ashurmatov, Akromjon Komilov, Dostonbek Hamdamov, Otabek SHukurov va Eldor SHomurodov.
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston milliy terma jamoasi JCH–2018 saralash bosqichi ikkinchi
davrasiga tayyorgarlik ko'rish maqsadida Turkiyaning Antaliya shahrida 8–12
fevral kunlari navbatdagi o'quv-mashg'ulotlar yig'inini o'tkazadi. Bu yig'inga chaqirilgan futbolchilar ro'yxati oldinroq saytimizda elon qilingan edi.
Fikrlar