

Shu munosabat bilan klub rahbarlari "Bunyodkor"ga befarq bo'lmagan muxlislarning xursand qilish maqsadida o'ziga xos tadbir o'tkazishni niyat qilganlar.
Bizga ma'lum bo'lishicha, noyabr oyiga mo'ljallanayotgan yubileyda "Bunyodkor"ning raqibi katta ehtimol bilan Shotlandiya grandi "Seltik" klubi bo'ladi. Ayni paytda ikkala klub o'rtasida muzokaralar davom etmoqda. Shotlandiya klubiga maqul tushadigan pul, kun va boshqa detallar hal qilinmoqda.
127 yoshga to'lgan glazgoliklar 46 karra mamlakat chempioni, 36 marotaba kubok sohibi bo'lganlar. 1966/67 yilgi mavsumda esa Yevropa chempionlar kubogini (YCHL) boshlari uzra ko'targanlar.
"Seltik" Yevropa ligasining 2015/16 mavsumida "Molde", "Ayaks" va "Fenerbaxche" klublari bilan "A" guruhidan o'rin olgan.




