So’nggi yangiliklar

10:20"Истанбул Башакшехир" Шомуродовнинг трансфери учун қанча сарфлаши маълум  2 09:48"Насаф" қизиқаётган Ратиньонинг товон пули маълум  2 09:23"Сурхон" етакчиларидан бири иккинчи даврани "Динамо"да ўтказади  1 08:52Эшитдик-да. Ўзбекистон МТЖнинг яна бир аъзоси "Пахтакор"да  6 08:25Ўзбекистон МТЖнинг собиқ аъзоси Эрон клубига ўтишга яқин  3 07:57Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Челси" ва "Палмейрас" ўртасидаги баҳс якунланди  17 07:44Суперлига. Бугун 15-тур давом эттирилади  3 07:15Дориевнинг дубли "Сўғдиёна"га "Қўқон-1912" устидан ғалаба тақдим этди, "Сурхон" - "Бухоро" баҳсида эса мухлислар гол кўришмади  1 02:10Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Флуминенсе" "Ал Ҳилол"ни мағлуб қилиб, ярим финалга йўл олди!  33 01:50Кайл Уокер "Бернли"га ўтишга яқин  2 01:23"Комо" 19 ёшли ҳужумчи учун 14 миллион тўлади  0 00:57Расман: "Ювентус" "Лилль" тарихидаги энг яхши тўпурар билан шартнома имзолади  3 00:40"Манчестер Юнайтед"да 10-рақамнинг эгаси аниқ. У Рэшфорд эмас  2 00:02Иван Бошкович: "Биринчи даврада футболчиларим ўз даражасини намойиш қилди, бироқ бизга омад етишмади"  0 23:43Баҳром Ҳайдаров: "Рақиб жарима майдончаси атрофига борганда футбочлиларимизга совуққонлик ва маҳорат етишмаяпти"  4

"Bunyodkor"ni kim tubga tushirib yubordi? Yangiliklar

"Bunyodkor"ni kim tubga tushirib yubordi?

O'zPFL bosh direktori Diyor Imomxo'jaev "Futbol TV" telekanali orqali efirga uzatiladigan "Ofsayd" ko'rsatuvi mehmoni bo'ldi va Vadim Abramovning "Bunyodkor"dagi faoliyati haqidagi savolga javob qaytardi.

— Ayrimlar Abramov "Bunyodkor"ni jarlikdan olib chiqqani uchun terma jamoaga tayinlandi, deydi. Men futbol ichidaman va bitta savol bermoqchiman: klub qachon tubga tushib ketgan edi? Akademiyasi bor, tayyor kadrlari bor klubni kim tubga tushirib qo'ydi, men tushunmayman. Va Abramov nimasini olib chiqdi? U tayyor gul, lolalarni uzadigan bog'bon bo'lib keldi.

"Bunyodkor" tubdamas edi. To'g'ri, moliyaviy ahvoli yomon bo'lishi mumkin. Lekin, "qaldirg'ochlar" va "Nasaf"ning o'z yo'li bor. O'yinchisiz qolib ketgan taqdirida ham yangi futbolchilar chiqib turadigan akademiyasi bor. O'sha yoshlar bilan Superligadan tushib ketish haqida o'ylamasa ham bo'ladi. Abramov keldi, shu futbolchilarni o'ynatdi. Nimasi tubdan olib chiqish?

Men Karlenovichning "Neftchi"dagi, "Lokomotiv"dagi ishlarini yaxshi eslayman. Nima olamshumul ish qilgandi? "Bunyodkor"ga, balki, boshqa mutaxassis kelsa, bundan yaxshiroq natija qayd etardi. Tubdan olib chiqmoqchi bo'lsa, u "Andijon"ga borsin va 4 yo 5-o'ringa olib chiqsin, "Buxoro"ga borsin. "Paxtakor", "Lokomotiv" va "Bunyodkor" murabbiyga barcha sharoitni yaratib beradigan klublar, men uning oyligini ham bilaman. Kechirasiz, bu tubdan olib chiqish deyilmaydi.

Diyor Imomxo'jaev: "Xavotir Abramov tayinlanganda boshlangandi"

Reyting: +33   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика