So’nggi yangiliklar

09:26«Верона»га қарши учрашувдан сўнг Шомуродов ўз фикрларини билдириб ўтди  1 08:58Улуғбек Бакаев: "Гол ўтказиб юборган вазиятимиз ва пенальти белгиланган вазият бўйича ҳам саволларим бор"  5 08:31Исломбек Исмоилов – истеъдодларга тўла жамоа билан мукаммал ишни бажаришга яқин: ОФК расмий саҳифаси Исломбек Исмоилов ҳақида катта мақола эълон қилди  5 08:03Sofascore. Жамоасига ғалаба тақдим этган Шомуродов неча баҳога лойиқ кўрилди?  2 07:37Суперлига. Бугун Олмалиқ ва Андижонда ўйинлар бор  4 07:05U-17 Осиё кубоги. Бугун ФИНАЛ!  21 02:35Асрор Алиқулов: "Рақибда 65-70 дақиқалардан сўнг бўшлиқлар пайдо бўлишини кутгандик"  1 02:14Анвар Бердиев: "Ўйин битта голгача бўлди, уни эса "Машъал" урди"  3 02:00Ла Лига. "Атлетико" меҳмонда 90+3 дақиқада тўп ўтказиб юборган ҳолда аутсайдерлардан бирига мағлуб бўлди  7 01:38А Серия. Шомуродовнинг голи "Рома"га "Верона" устидан ғалабани тақдим этди  40 01:36"Насаф" "Жар"да "Бухоро"ни мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 01:25Лига 1. ПСЖ яна ғалаба қозонди. Жамоа 29 ўйиндан буён мағлуб бўлмаяпти (+жадвал)   2 00:50Суперлига. "Пахтакор" йирик, "Насаф" ишончли, "Машъал" эса минимал ҳисобда ғалаба қозонди  0 00:10"Бавария" Бундеслиганинг охирги ўринларида бораётган жамоа устидан йирик ғалабани қўлга киритди  1 00:03Виталий Левченко: "Рақиб бизни мағлуб этгани йўқ, биз ўзимиз ўйинни ютқазиб қўйдик..."  16

“Bunyodkor”ga o'tish imkoniyati, Drulovichning o'zgarib qolgani, uzoqdan beriladigan zarbalar – Dilshod Saitov bilan suhbat Yangiliklar

“Bunyodkor”ga o'tish imkoniyati, Drulovichning o'zgarib qolgani, uzoqdan beriladigan zarbalar – Dilshod Saitov bilan suhbat

Qarshining “Nasaf” jamoasi va uning qoshidagi futbol akademiyasi yurtimizga iqtidorli futbolchilarni etkazib berishda etakchi o'rinlarda turadi.

Bosh murabbiy har mavsumda yangidan yangi maxoratli o'yinchilarni kashf qilib kelmoqda. Bugungi suhbatdoshimiz ham mutaxassisning yana bir kashfiyotlaridan biri hisoblanadi. O'zining o'yinlari, qanotlardagi tezkor yurishlari va o'yin davomidagi kutilmagan qarorlari raqib futbolchilarini sarosimaga solib qo'yishi tabiiy. Demak, qahramonimiz kelajagi porloq futbolchi Dilshod Saitov. “Ajdarlar”ning muhim o'yinchilaridan biri bo'lgan Saitov bilan intervyu tashkil qilib o'zimizni qiziqtirgan savollar bilan yuzlandik.

- Bilamiz, siz “Nasaf” jamoasida bir necha yillar davomida muvaffaqiyatli faoliyat olib borgan futbolchi Alisher Yusupovni jiyani hisoblanasiz. Hoynahoy millionlar o'yiniga mehr ushbu inson tufayli yuzaga kelgandir...
- Futbolga qiziqish yoshligimdan bo'lgan. CHunki, oilamizda tog'alarim muntazam ravishda futbol bilan shug'ullanishgan, ichki chempionatda ishtirok etuvchi jamoalarda o'ynashgan. Birinchi murabbiyim tog'am Anvar Yusupov hisoblanadi. CHamasi besh yoshimdan to'p bilan muomala qilishni va mashqlar qilishni boshlaganman. Birinchi marotaba SHahrisabzning “Xisor” jamoasi mashg'ulotlariga borganman. So'ng Muborakda “Mashal” akademiyasida bir yil tahsil olganman. Oilaviy muammolar sabab Qarshiga kelganmiz. Keyinchalik “Nasaf” safiga borib qo'shilganman.



- O'tgan mavsumning birinchi turida Samarqandda “Dinamo” jamoasi darvozasini chiroyli tarzda ishg'ol qilgandingiz. Qaysidir manoda bu gol sizni muxlislarga yanada yaqinroq tanilishingizga sabab bo'ldi. Bu o'sha daqiqalarda qabul qilingan qarormi yoki murabbiyning o'yindan oldingi ko'rsatmasi. Odatda safarda to'p tepayotgan jamoa qarshi hujumlarga tayangan holda uzoq masofalardan darvozalarni nishonga olishga harakat qilishadi...
- Aslida barchasi uchun Ro'ziqul akaga rahmat aytishim kerak. Aslida jamoadagi debyut o'yinim 2018 yil “Navbahor” jamoasiga qarshi kechgandi. Har bir uchrashuvda maydonda borimni berishga harakat qilaman. Lekin, hozirda o'tgan yilgi Dilshod Saitov bilan bu yilgi Dilshod Saitovni o'rtasida katta farq bor. Tan olaman joriy mavsumda hali o'zimni imkoniyatlarimni to'liq ko'rsata olganim yo'q.

- Uzoqdan to'p kiritib raqib posbonlarini ojiz qoldirishingiz o'zingiz tanlab olgan uslubmi yoki...
- Bolalgimda tog'am Alisher Yusupov maydonga tushgan uchrashuvlarda to'p olib berardim. Ular ko'proq olisdan gol urishni yaxshi ko'rardilar. Akademiyaga qabul qilingan paytimdanoq shuni ustida ko'p ishlayman.


- Superligada sizning uslubingizdagi etakchi futbolchilarni ayta olasizmi?
- Bundaylar soni ko'p. Masaalan, Dragan CHeran, Murod Holmuhammedov, Abdullox Olimov, Muzaffar Muzaffarov. Ularning har biri kuchli zarbaga ega.

- Hozirda “Bunyodkor”, “Paxtakor” akademiyalarida bolalarning deyarli 60 foizi selekciya natijasida viloyatlardan, chekka hududlardan olib kelingan. Sizda ham shunday imkoniyat tug'ilganmi? Sir bo'lmasa aynan qaysi jamoaga ?
- Ha, albatta. Bunday imkoniyat menda ham bo'lgandi. Menga o'sha vaqtda tog'alarim va murabbiylarim to'g'ri yo'nalish berishgan deb o'ylayman. Ammo, “Bunyodkor” akademiyasiga o'tish imkoni yuzaga kelgandi.



- Bu yilgi mavsumdagi dastlabki uchta turda “Nasaf” yuz foizlik natija qayd etdi. Demak, yangi kelgan futbolchilar bilan jamoaviy o'yin boshqalarga qaraganda yaxshiroq kechmoqda...
- Men buni hali yuz foizlik natija demagan bo'lardim. Xulosa chiqarishga hali erta. Jamoaviy o'yinni asta sekin yo'lga qo'yib boramiz.

- Tailandda o'tgan Osiyo chempionati haqida ikki og'iz fikr bildirsangiz. Fikringizni ikkita fakt bilan izoxlab bersangiz. Birinchi ayb murabbiy Lyubinko Drulovichda, ikkinchisi futbolchilar kuchli bosimdan chiqa olishmadi...
- Drulovich yaxshi murabbiy. Biroq, chempionat boshlanganda o'zgarib qoldi. Turnirga yo'l olgan tarkibdagi barcha yuqori saviyadagi futbolchilar edi. Lekin, murabbiy ishonmadi. Futbolchilarda nazarimda bosim yo'q edi. Boisi, bollarning ko'pchiligi bundan oldingi Xitoydagi Osiyo chempionatida qatnashgandi. Menimcha futbolchilarda toliqish bo'ldi. Nima uchundir Drulovich buni inobatga olmadi.

- Har kuni yashil maydonga, futbolga o'rganib qolgan inson birdaniga uyga o'tirib qolsa oson bo'lmaydi. Futbolchilarda ham shunday. Oraliqdagi tatilni qanday o'tkazyapsiz?

- Hamma qatori karantin qoidalariga to'liq amal qilmoqdaman. Uy sharoitida to'p bilan to'liq ishlashni imkoni yo'qligi sabab asosan jismoniy holatimni meyyorida ushlab turish uchun mashqlarni bajaryapman. Ijtimoyi tarmoqda jamoadoshlarim bilan guruhimiz bor. O'sha erda murabbiylar bergan topshiriqlarni ko'rib boryapman. Hozirda yurtimizdagi vaziyatni xis qilgan holda hamyurtlarimizga iloji boricha uyda qolishlarini, sinovli kunlar tezroq o'tib ketishini va tezroq yashil maydonga qaytishni xohlardim. SHifokorlar va ichki ishlar xodimlariga alohida rahmat aytaman. Ular hozir haqiqiy qahramonlardir.


Abdulaziz Iskandarov suhbatlashdi.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика