"Bunyodkor"da kim qoldi?
07 jan 2022 18:13
Yangiliklar
Bugun markaziy himoyachi Abdulla Adullaevning AGMKga o'tgani elon qilindi. SHunday qilib "Bunyodkor" safida o'tgan yil Superliganing hamma o'yinida maydonga tushgan futbolchi ham klub bilan xayrlashdi.
Ayni paytda "Bunyodkor"ni deyarli barcha etakchilar tark etib bo'ldi desa bo'ladi. Masalan, Superligada o'tgan yil 20ta va undan ko'p o'yinda ishtirok etgan futbolchilardan SHahboz Erkinov bilan Odil Abdurahmonovni hisobga olmasak, boshqa hech kim qolmadi. (SHahboz Erkinovning ham klubni tark etgani aytilmoqda).
Abdulla Abdullaev bilan Xurshid G'iyosov AGMKga, Lutfulla To'raev "Neftchi"ga, Nurillo To'xtasinov "Navbahor"ga, Mirjahon Mirahmadov "Paxtakor"ga yo'l oldi. SHunday ekan, savol tug'iladi: "Bunyodkor"da kim qoldi? Klub bu yil kimlarga tayanadi?
Legioner futbolchi Ibrohim Tomiva ham klub bilan xayrlashgan bo'lsa kerak. O'tgan yil o'zini ko'rsatgan Farrux Ikromov jarohatini davolash bilan band. Bundan tashqari klub tarbiyalanuvchisi Sunnatilla Abdullajonov ham "Neftchi"ga o'tib ketdi. Albatta, etakchilarning tark etishi "Bunyodkor" uchun bu mavsum juda qiyin kelishini bildiradi.
Fikrlar