So’nggi yangiliklar

08:00Бруну Фернандеш: "Менда иккита яхши таклиф бор эди"  2 07:30Невеш АПЛга қайтиши мумкин  1 06:36Мундиал тарихи. Пора эвазига иштирокчи бўлган чемпион, Фаластин номидан қатнашган Исроил ҳамда фашизм тарғиботига айланган турнир ҳақида ҳикоя қиламиз  1 02:59Конференциялар лигаси. "Фиорентина" ютқазди, "Пэлас"дан дуранг ва бошқа натижалар  0 01:58"Наполи" Италия Суперкубоги финалида!  3 01:29Бастони "Барселона"нинг қизиқишлари ҳақида гапирди  0 00:59Зидан "Реал"га қайтмоқчи эмас  1 00:25Туркия кубоги. "Галатасарой" ўз майдонида "Истанбул Башакшеҳир"ни мағлуб этди  19 00:13"Атлетико" ҳимоячиси 2 ойга сафдан чиқди  0 23:58Араб Кубоги. Марокаш Иорданияни иродали тарзда мағлуб этиб, бош совринга эга чиқди  3 23:43Луис Энрике: "ПСЖда уч нафар топ-дарвозабон борлиги ажойиб ҳолат"  0 23:17Самвел Бабаян: “Керакли натижага эришиш учун максимал даражада ҳаракат қиламиз”  7 22:51"Guardian" 2025 йилнинг энг яхши футболчилари рейтингини тузди: Месси қайси ўринда?  8 22:30Тебас: "ЛаЛига ўйинлари Испаниядан ташқарида бўлса нима?"  1 22:12Бруну Фернандеш: "Одамлар Португалия термаси Роналдусиз яхшироқ ўйнайди деб ўйлашади. Агарда бу шундай бўлса, айб бизда"  6

"Bunyodkor"da joningizni berib o'ynashingiz kerak" - Andriya Filipovich yoki parvoz qilayotgan yangi "qaldirg'och" Yangiliklar

"Bunyodkor"da joningizni berib o'ynashingiz kerak" - Andriya Filipovich yoki parvoz qilayotgan yangi "qaldirg'och"

Superligada jon saqlash uchun kurashayotgan "Bunyodkor" ikkinchi davrada ochkolar jamg'arishda davom etmoqda.

Ilyos Zeytullaev shogirdlari Samarqandda "Dinamo"dan ustun keldi. Zaxiradan maydonga tushgan Andriya Filipovich 2 ta gol bilan g'alabada asosiy ishni bajardi. Tur yakunlariga ko'ra eng yaxshi futbolchi bo'lgan Filipovich saytimizga fikrlari bilan o'rtoqlashdi. 

Dinamo

Anvar Hojimirzaev - 30', Anvar Hojimirzaev - 70'

Superliga. 18-tur

14/09/2024, 19:30

3
:
2
Tugadi

Bunyodkor

Andriya Filipovich - 49', Najmiddin Normurodov - 59', Andriya Filipovich - 74'

45'
90'
13'  Humoyunmirzo Iminov
30'  Anvar Hojimirzaev
60'  Humoyunmirzo Iminov (Sanzhar SHoahmedov)
60'  Markos Kayk (Hislat Halilov)
70'  Anvar Hojimirzaev
75'  Maykon Duglas (Dilshod Rahmatullayev)
88'  Francis Narx (Vohidjon Oqbo'taev)
23'  Temurxo’ja Abduxoliqov
46'  Luis Kachorri (Andriya Filipovich)
49'  Andriya Filipovich
59'  Najmiddin Normurodov
68'  Asadbek Rahimzhonov
74'  Andriya Filipovich
75'  Amir To'raqulov (Franye Chiryak)
90'  Asadbek Rahimzhonov (Rasul Yo'ldoshev)

— "Dinamo" bilan oson o'yin bo'lgani yo'q. G'alaba uchun maydonda borimizni berishimiz kerak edi. Boshqachasiga yutib bo'lmasdi. Bularning barchasida murabbiylar va jamoadoshlarimning hissasi katta. Murabbiylar o'yinga yaxshi tayyorlashdi. Ha, 2 ta gol urdim. Bu jamoaviy harakatlar mahsuli. Murabbiy tanaffusda nimalar degani esimda emas. Lekin jamoaga yordam berishim kerakligini tushunib turgan edim. O'yinni yutish imkoni borligini bilgandim. 

— Albatta, "Bunyodkor" faoliyatimdagi yangi jamoa. Jamoada yaxshi futbolchi, murabbiy va xodimlar jamlangan. "Dinamo"ga qarshi o'yinda ham ahil jamoa ekanligimiz sezildi. Mavsum yakunida qilgan ishlarimiz samarasini beradi deb o'ylayman. 

— O'zbekiston chempionati haqida biroz malumotga ega edim, chunki "Bunyodkor"dagi Toni Yovich, Marin Lyubich bilan aloqalarim bor edi. Superliga darajasi Qozog'istondagi kabi. Turkiyada o'zbek klublariga qarshi o'ynaganimda tezkor va texnik jihatdan kuchli ekanligiga guvoh bo'lgandim. Hozir ko'ryapmanki bu erda pastdagi jamoa ham yuqoridagisini yutib qo'yishi mumkin. Asosiy farq shuki, barcha maydonlar tabiiy. SHu bois bu erda xotirjam futbol o'ynay olasiz. Men uchun ustun tomoni maydonlarda bo'ldi. 

— "Bunyodkor"ga moslashish ko'p vaqt talab etmadi. Qozog'istonda o'ynaganim uchun bu erda tez o'rganib ketdim. Bunda murabbiylar, futbolchilar, rahbariyat o'z yordamini berdi. Ularga rahmat aytaman. Mendan faqat maydonda borimni berishim va maksimal harakat qilishim talab etiladi. Umuman murabbiylar bizdan shuni istashadi. Har bir o'yinda futbolchi borini berishi kerak.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика