So’nggi yangiliklar

18:06Деку ва Флик ҳозирда Рэшфорд трансферини кўриб чиқмаяпти. "Барса" Диасга эътибор қаратмоқда  0 17:30"Сен буни ўқийсан". Жотанинг энг яқин дўсти ҳалок бўлган футболчига мактуб ёзди  2 16:40"Интер" ва "Галатасарой" Чалханоглу трансфери бўйича музокараларни бошлади  0 16:10Ўзини тополмаган ўнлик: Биринчи давранинг омадсиз трансферлари   10 15:51Расман: Кайл Уокер янги клубга ўтди  0 15:16Дюмфрис Англия топ клубига ўтиши мумкин  0 14:41Жота ва гуллар  8 13:46"Арсенал" баскетболчи учун 80 миллион евро тайёрламоқда   2 13:08Нико Уильямснинг товон пули миқдори маълум бўлди  10 12:27"Ливерпуль" Жотанинг оиласига футболчи билан шартнома бўйича тўлиқ суммани тўлаб беради  10 12:00Лунин қарор қилди  2 11:28МЮ ва "Арсенал" товон пули 85 млн евро бўлган "Интер" футболчисига қизиқмоқда  1 11:02Жасур Абдураимов Биринчи лига жамоаси бош мураббийига айланди  4 10:20"Истанбул Башакшехир" Шомуродовнинг трансфери учун қанча сарфлаши маълум  10 09:48"Насаф" қизиқаётган Ратиньонинг товон пули маълум  12

“Bunyodkor” – “Zob-Ahan” uchrashuviga oid qiziqarli malumotlar Yangiliklar

“Bunyodkor” – “Zob-Ahan” uchrashuviga oid qiziqarli malumotlar

Teglar :  BunyodkorZob Ahan
“Bunyodkor” va “Zob-Ahan” klublari Osiyo CHempionlar ligasi bahslari doirasida uchinchi bor ro'baro' kelishmoqda.

- “Bunyodkor” Osiyo CHempionlar ligasida ketma-ket to'qqizinchi bor guruh bosqichida ishtirok etmoqda. Eronning “Zob-Ahan” klubi esa umumiy hisobda guruh o'yinlarida to'rtinchi marotaba qatnashmoqda;

- “Bunyodkor” va “Zob-Ahan” jamoalari bungacha 2010 yilgi turnirning guruh bosqichida ro'baro' kelishgan. Har ikkala bahsda ham eronliklar g'alaba qozonishgan – 0:1, 0:3;

- “Bunyodkor” hozircha Eron klublari bilan 16 marotaba ro'baro' kelgan. SHularning 5tasida “qaldirg'ochlar, 6tasida eronliklar zafar quchishgan. Qolgan 4 uchrashuvda esa kuchlar teng kelgan. To'plar farqi, 20:19, “Bunyodkor” foydasiga;

- “Zob-Ahan” esa O'zbekiston klublari bilan to'rt marotaba kuch sinashgan. Isfaxonliklar shularning 3tasida g'alaba, bittasida mag'lubiyat qayd etishgan;

- “Bunyodkor” vakillari Eldor SHomurodov, Otabek SHukurov va Rustamjon Ashurmatov hisobida bittadan ogohlantirish bor. Agar ular yana bittadan sariq kartochka olishsa, keyingi uchrashuvni o'tkazib yuborishadi;

- Isfaxonliklarga dastlabki ikki turda umuman sariq kartochka ko'rsatilmagan;

- “Bunyodkor” ichki musobaqalardagi so'nggi ikki uchrashuvini g'alaba bilan yakunladi. “Neftchi” 2:0 va “So'g'diyona” 1:0 hisoblarida mag'lubiyatga uchratildi.

- “Zob-Ahan” esa Eron chempionatidagi so'nggi ikki uchrashuvida 4 ochko ishladi: mehmonda “Naft” klubi 1:0 hisobida mag'lubiyatga uchratildi, uyda “Saypa” bilan 1:1 hisobidagi durang qayl etildi.

Bugungi uchrashuvni Peter Grin boshchiligidagi avstraliyalik hakamlar guruhi boshqarib boradi.

Eslatib o'tamiz, “Bunyodkor” – “Zob-Ahan” uchrashuvi 16 mart kuni “Bunyodkor” stadionida soat 18:00da boshlanadi.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика