So’nggi yangiliklar

13:58Бруну Фернандеш "Манчестер Юнайтед"дан кетиши мумкин  0 13:27"Реал" Родри учун қанча тўлашга тайёрлиги маълум бўлди  2 13:01"Арсенал" "Реал"нинг ёш юлдузини сотиб олмоқчи  0 12:38Футзал. Ўзбекистон чемпионатида 2-тур якунланди. Мусобақа жадвали, рамзий терма жамоа ва тўпурарлар пойгаси  0 12:11Элит ОЧЛ. Ўзбекистонлик ўйинчи 2-тур рамзий терма жамоасида ўрин олди  0 11:05Расман: Асрор Алиқулов "Шўртан" билан уч ойлик шарнома имзолади  6 10:44"Бунёдкор" ва "Насаф" "Олимпия" стадионида жанговар дуранг ўйнашган баҳсдан ГАЛEРEЯ  0 10:12Пролига. Бугун иккита дерби бор  0 09:44Манчестер жамоалари "Бавария" футболчиси учун курашмоқчи  0 09:17Рустам Ашурматов Каннаворонинг терма жамоага мураббий бўлиши ҳақидаги саволга жавоб берди  47 08:51"Ал Ҳилол" Кейнга жуда катта маош таклиф қилмоқчи  6 08:40Туркия Суперлигаси. Гюндоган "Галатасарой" сафидаги илк голини урди ва жамоасини мағлубиятдан қутқариб қолди  0 08:20Суперлига. Бугун тур якунланади  5 07:53МЛС. Месси учта ассист берган баҳсда "Интер Майами" йирик ҳисобда ғалаба қозонди  26 03:39Зейтуллаев: "Медаллар учун имконият? "Насаф", "Нефтчи", "Пахтакор", "Сўғдиёна" ва "Динамо" билан қандай курашиш мумкин?"  1

“Bunyodkor” yulduzlari jamoani tabriklab, eski xotiralarni eslashdi Yangiliklar

“Bunyodkor” yulduzlari jamoani tabriklab, eski xotiralarni eslashdi

Teglar :  Bunyodkor
Xabaringiz bor, kecha 6 iyul sanasida “Bunyodkor” futbol klubiga tashkil etilganiga roppa-rosa 12 yil to'ldi.

SHu munosabat bilan “Bunyodkor” jamoasi tarixidagi yorqin xotiralar bilan muxrlanib qolgan futbolchilar – Xayrulla Karimov, Viktor Karpenko va Sahob Jo'raevning fikrlari bilan qiziqdik.

Xayrulla Karimov (himoyachi):
- “Bunyodkor” o'z nomi bilan “Bunyodkor”! Klub tashkil etilib, tom manoda boshqa jamoalarimizning kuchayishiga turtki bo'ldi. “Bunyodkor” har jabhada boshqa klublarga o'rnak bo'lib kelmoqda. Klubning bugungi kunda olib borayotgan siyosatiga xavas qilsa arziydi. Turli yoshdagi terma jamoalarimizni olib qarasangiz, ularning aksariyati “Bunyodkor” futbol maktabi tarbiyalanuvchilari ekanligini ko'ramiz. Bu fabrika hali o'zbek futboliga yangi-yangi nomlarni etishtirib berishiga shubha qilmayman. Fikrimcha, hech bir jamoa 12 yillik tarixi mobaynida “Bunyodkor”dek ko'rsatkichlar qayd eta olmagan.

Viktor Karpenko (yarim himoyachi):
- “Bunyodkor”ning o'zining 12 yillik tarixi mobaynida asrlarga tatigulik ishlarni qildi. Bir o'ylab ko'ring, jamoamizda Osiyoning va jahonning eng yaxshi futbolchisi to'p tepdi. Dunyoning eng yaxshi murabbiyi faoliyat yuritdi. Qolaversa, jamoa o'zida O'zbekistonning eng kuchli futbolchilarini jamlay oldi. Futboldagi faoliyatim 20-25 yilni tashkil etayotgan bo'lsa, uning 10 yildan ortig'i bevosita “Bunyodkor” bilan bog'lib bo'lib turgani men uchun ahamiyatlidir. Ilgari jamoa yutuqlariga futbolchi sifatida o'z hissamni qo'shgan bo'lsam, endi murabbiy sifatida yordam beryapman. Futbolchilik davrimda klub menga ko'p narsa berdi. Endi bu qarzimni men murabbiy sifatida qaytarishni o'z burchim, deb bilaman.

Sahob Jo'raev (himoyachi):
- “Bunyodkor”ni 12 yillik tavalludi bilan tabriklayman. Bu jamoa bilan bog'liq ajoyib xotiralar bor. Rostini aytsam, “Bunyodkor”da o'tkazgan damlarim tushdek o'tdi-ketdi. Klub safida besh karra chempionlik shoxsupasiga, to'rt bor kubok sohibiga aylandim. Osiyo CHempionlar ligasida ikki bor yarim final bahslarigacha etib bordim. Bunday ajoyib tarixga ega jamoada to'p tepganimdan o'zimni baxtiyor his qilaman. Suratlarni va videoroliklarni tomosha qilib, eski davrlarni eslab turaman.

P.S. Quyidagi havolada "Bunyodkor" FK tarixidagi eng yorqin lahzalar o'rin olgan videolavhani tomosha qilishingiz mumkin.


Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика