So’nggi yangiliklar

21:47Девид Бекхэмнинг 22 ёшли ўғли кутилмаганда футболни тарк этди. Энди у фаолиятини модел сифатида давом эттиради  0 21:18Гейнрихнинг сўнгги голи ва Абрамовни истеъфога чиқарган Ҳалатбори — Ўзбекистон терма жамоаси ЖЧ саралашининг сўнгги босқичларини қандай бошлаган?  5 20:49Ўзбекистон терма жамоасининг КХДР билан ўйиндан олдинги расмий машғулоти  1 20:10Ўзбекистон МТЖнинг КХДРга қарши ўйиндан олдинги аъло кайфиятда ўтган машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  8 19:42ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон МТЖ КХДРга қарши оқ либосда ўйнайди  5 19:04Одилжон Ҳамробеков: "Ушбу учрашувлар қанчалик катта аҳамиятга эга эканлигини барча тушуниб турибди"  3 18:31"Лестер" судда ютиб чиқди ва очколарини сақлаб қолди  0 18:03Моуринью "Челси" юлдузини "Фенербахче"да кўрмоқчи  1 17:39ЖЧ-2014 қаҳрамони Португалия чемпионатига ўтди  0 17:10"Винисиуснинг ёнида Мбаппенинг техник имкониятлари чеклангани сезилиб қолмоқда"  6 16:39Айвен Тоуни "Ал Аҳли"да "Брентфорд"дагидан 10 баробар кўпроқ маош олади  2 16:11Ўзбекистон U-20 терма жамоаси Хитойдаги халқаро турнирда Малайзияни мағлуб этди  6 15:54Тожикистон "Мердека кубоги"да Ливанга ютқазиб қўйди  34 15:12"Челси" собиқ футболчиси Санчо ҳақида: "Пул учун бўлмаса, нима учун?"  3 14:18Винисиус: "Вазият ўзгармаса, ЖЧ-2030ни Испаниядан олиб қўйиш керак"  24

"Bunyodkor" yig'iniga "Paxtakor" futbolchisi va Qirg'iziston terma jamoasi yarim himoyachisi kelib qo'shildi Yangiliklar

"Bunyodkor" yig'iniga "Paxtakor" futbolchisi va Qirg'iziston terma jamoasi yarim himoyachisi kelib qo'shildi

"Bunyodkor"ning yangi mavsumga tayyorgarligi davom etadi.

Bugungi mashg'ulotlarda ham 40 nafarga yaqin futbolchi ishtirok etdi. Rasul Yo'ldoshev engil shamollash sababli mashg'ulotda qatnashmagan bo'lsa, Suhrob Izzatov jarohati tufayli yakka tartibda shug'ullandi. Murabbiylar shtabi futbolchilarni ikki guruhga ajratdi. Ikki guruhga ajratilgan o'yinchilar avvaliga jismoniy tayyorgarlik bo'yicha murabbiy Irina Dergach boshchiligida shug'ullangan bo'lsa, so'ng «trenajer zali»da yuklamalar olishdi. Keyin beshta tarkib darvozabonlarsiz, to'pga ikki marta tegish qoidasi asosida futzal o'ynab, quvnoq kayfiyatda mashg'ulotlarni yakunlashdi.

O'tgan mavsumni O'sh shahrining «Alay» jamoasida o'tkazgan qirg'izistonlik yarim himoyachi Odiljon Abdurahmonov bugundan yig'inga qo'shildi. Malum muddat ko'rikda bo'ladigan Abdurahmonovning harakatlari murabbiylar shtabiga maqul kelsa shunga qarab qaror qabul qilinadi. Malumot o'rnida aytib o'tish joizki, ushbu futbolchi o'tgan mavsum ham jamoaning qishki yig'inida ishtirok etgan edi. 

Mashg'ulotlarda qatnashgan futbolchilar - Sarvar Karimov, Umidjon Hamroev, Ravshan Yagudin, Akobir Qayumov, Lutfulla To'raev, SHahboz Erkinov, Anvar G'ofurov, Xurshid G'iyosov, Nurillo To'xtasinov, Abdulla Abdullaev, Mirjahon Mirahmadov, Farrux Ikromov, Ibrohim Ibragimov, Suhrob Izzatov, Sunnatilla Abdullajonov, Abdulaziz Abdusalomov, Valeriy Akopov, Muhammadodil Qahramonov, Boburbek Farhodov, Xurshid Ubaydullaev, Muzaffar Olimjonov, Saidmahmudxon G'ulomov, Javohir Ro'ziev, G'ayrat Azizxo'jaev, Odiljon Abdurahmonov (Qirg'iziston), Muhammadali G'iyosov.  

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика