"Bunyodkor" yarim himoyachisi "Qizilqum"ga o'tdi
22 iyu 2022 16:13
Yangiliklar
"Bunyodkor" yarim himoyachisi "Qizilqum"ga o'tdi
Navoiyning "Qizilqum" klubi yozgi transferlar vaqtida yarim himoya chizig'iga yangi futbolchini taklif qildi.
Birinchi davrani "Bunyodkor"da o'tkazgan yarim himoyachi Dilshod Jo'raev endilikda "Qizilqum" futbolchisi hisoblanadi. Futbolchi dastlab "Neftchi"ning Toshkentda olib borayotgan yig'inida ko'rinish bergandi.
Dilshod Jo'raev bu mavsum "Bunyodkor" libosida Superligada 11ta, O'zbekiston kubogida 3ta uchrashuvda maydonga tushdi. Raqiblar darvozasini 1 marotaba ishg'ol qildi.
Fikrlar