“Bunyodkor” yanvar oyida BAAda yig'in o'tkazadi
28 dek 2019 16:05
Yangiliklar


“Bunyodkor” yanvar oyida BAAda yig'in o'tkazadi
Yangi mavsumga jiddiy hozirlik ko'rayotgan “Bunyodkor” jamoasi ayni paytda Toshkentda shug'ullanmoqda.
Bugun “qaldirg'ochlar” dastlabki yig'in doirasida “Nasaf”ga (1:1) qarshi nazorat bahsi o'tkazdi. Mazkur yig'in doirasida Abramov jamoasi 30 dekabr kuni “Lokomotiv” bilan ham nazorat bellashuvi o'tkazishni rejalashtirgan. “Loko”ga qarshi o'tkaziladigan nazorat uchrashuvidan keyin Abramov futbolchilarga yangi yil bayrami munosabati bilan qisqa tatil beradi.
Yangi yilda esa jamoa yangi mavsumga tayyorgarlikni davom ettirish uchun xorijga yo'l oladi. Ikkinchi yig'in BAAda tashkil etilishi kutilmoqda. Bu haqda jamoa bosh murabbiyi Vadim Abramov saytimiz muxbiri Abdulaziz Iskandarovga malum qildi. BAAdagi yig'in doirasida “Bunyodkor” qator nazorat o'yinlarini o'tkazishni mo'ljallamoqda.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar