"Bunyodkor" yangi mavsumga qay darajada tayyorgarlik ko'rdi: ulkan qarz girdobidagi klub xorijlik murabbiylar bilan yaxshi natijaga erishmoqchi (mutolaa uchun)
29 fev 12:30
Yangiliklar
"Bunyodkor" yangi mavsumga qay darajada tayyorgarlik ko'rdi: ulkan qarz girdobidagi klub xorijlik murabbiylar bilan yaxshi natijaga erishmoqchi (mutolaa uchun)
Tarkib va transferlar
O'tgan mavsumni 8-o'rinda yakunlagan "Bunyodkor"ni bir qator etakchi futbolchilar tark etishdi. Jumladan, jamoaning asosiy darvozaboni hisoblangan, ammo mavsum so'ngida zaxirada qolib ketgan Suhrob Sultonov, qolaversa, poytaxtliklarning o'tgan mavsumdagi to'purari Jasur Hakimov "Lokomotiv" tarkibiga qo'shildi. Asosiy o'yinchilaridan yana biri Avazbek O'lmasaliev OKMKga yo'l oldi. Akbar Ismatullaev esa qishki yig'inda "Dinamo" tarkibida mashg'ulotlar olib borayotgandi, biroq yakunda Vadim Abramov rejalariga kirmay qolgan. SHuningdek, jamoani legionerlaryoppasiga tark etishdi, ularning ko'pchiligi boshlang'ich tarkibda maydonga tushishardi: Milan Marchich, Velington Taira, Aleksey Nosko, Igor Ivanovich, Davronjon Ergashev (sardor).
Jamoani tark etganlar o'rniga mahalliy futbolchilardan Temurxo'ja Abduxoliqov ("Navbahor"), Mirjahon Mirahmadov (OKMK), Rustamxon Azimov ("Turon"), Najmiddin Normurodov ("Mashal") jalb qilindi. Qolaversa, bir qator xorijlik o'yinchilar — Frane CHiryak (Xorvatiya), Toni Yovich (Xorvatiya), Momchilo Raso (CHernogoriya), Samir Jelkovich (Bosniya va Gercigovina), Marin Lyubich (Xorvatiya) bilan shartnoma imzolandi.
"Qaldirg'ochlar" 2024 yilgi Superligada ushbu raqamlarda o'ynashadi: 1.Marin Lyubich, 21.Jasurbek Umrzoqov, 71.Sarvar Karimov, 2.Orzubek Turg'unov, 3.Mahmudjon Mahamadjonov, 4.Najmiddin Normurodov, 5.Momichilo Rasho, 6.Samir Jelkovich, 7.Suhrob Izzatov, 8.Frayn CHiryak, 9.Umidbek Sultonov, 10.Rasul Yo'ldoshev, 11.Temurxo'ja Abduxoliqov, 14.Mirjahon Mirahmadov, 17.Ollobergan Karimov, 18.Narimonjon Ahmadjonov, 19.Bilol Tupliev, 22.Usmonali Ismonaliev, 45.Farhod O'tkirov, 47.Rustamxon Azimov, 57.Amir To'raqulov, 66.Azizbek To'lqinbekov, 78.Tohirbek To'xtasinov, 77.Muzaffar Olimjonov, 92.Toni Yovich.
Rahbariyat va murabbiylar shtabidagi o'zgarishlar
Yangi mavsum oldidan "Bunyodkor" murabbiylar shtabida butkul o'zgarish ro'y berdi. Rossiyalik murabbiy Aleksandr Krestinin o'rniga xorvatiyalik Ivan Bubalo bosh murabbiy etib tayinlandi. SHuningdek, murabbiylar shtabidan Dalibor SHilich, Filip Zovko, Tomislav Kovach va Srdan Soldatovich joy oldi. Bubalo klubning yangi futbolchilarini tanishtirish marosimida "Biz murabbiylar shtabi bilan bu erga himoyaviy futbol o'ynagani kelmaganmiz. Biz hujumkor futbol namoyish etamiz", deya fikr bildirdi.
Qishki yig'indagi natijalar
2023 yilning 20 dekabrida "Bunyodkor" yangi mavsumga tayyorgarlikni boshladi. Yanvar oyida esa jamoa Turkiyaning Antaliya shahriga yo'l oldi va fevral oyi o'rtalariga qadar yig'in o'tkazib, ettita o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi.
“XALADASH” (Vengriya) - “BUNYODKOR” - 1:2
BUNYODKOR: Sarvar Karimov, Tohir To'xtasinov, Abdufattoh Foziljonov, Momchilo Raso, Usmonali Ismonaliev, Azizbek To'lqinbekov, Freyn CHiryak, Bilol Tupliev, Toni Yovich, Mirjahon Mirahmadov, Orzu Turg'unov.
Ikkinchi bo'lim: Marin Lyubich, Narimon Ahmadjonov, Najmiddin Normurodov, Samir Jelkovich, Muzaffar Olimjonov, Amir To'raqulov, Suhrob Izzatov, Ollobergan Karimov, Umid Sultonov, Andrey Gulyamov, Rustamxon Azimov.
Gollar: Toni Yovich, 10 - 0:1. Patrik Taryan, 22 - 1:1. Muzaffar Olimjonov, 87 - 1:2.
“DOBRUJA” (Bolgariya) - "BUNYODKOR" - 0:1
BUNYODKOR: Marin Lyubich, Samir Jelkovich, Momchilo Raso, Usmonali Ismonaliev, Narimon Ahmadjonov, Suhrob Izzatov, Freyn CHiryak, Umid Sultonov, Orzu Turg'unov, Temurxo'ja Abduxoliqov, Toni Yovich.
Ikkinchi bo'lim: Sarvar Karimov, Tohir To'xtasinov, Najmiddin Normurodov, Abdufattoh Foziljonov, Muzaffar Olimjonov, Rasul Yo'ldoshev, Amir To'raqulov, Bilol Tupliev, Mirjahon Mirahmadov, Farhod O'tkirov, Rustamxon Azimov.
Gol: Amir To'raqulov, 53 - 0:1.
“BUNYODKOR” – “TYUMEN” (Rossiya) – 0:0
BUNYODKOR: Marin Lyubich, Muzaffar Olimjonov, Narimon Ahmadjonov, Najmiddin Normurodov, Momchilo Raso, Samir Jelkovich, Amir To'raqulov, Bilol Tupliev, Rasul Yo'ldoshev, Toni Yovich, Temurxo'ja Abduxoliqov.
Ikkinchi bo'lim: Jasur Umrzoqov, Abdufattoh Foziljonov, Tohir To'xtasinov, Usmonali Ismonaliev, Samir Jelkovich, Freyn CHiryak, Suhrob Izzatov, Umid Sultonov, Mirjahon Mirahmadov, Farhod O'tkirov, Rustamxon Azimov.
“BUNYODKOR” – “SLOGA” (Bosniya) – 0:1
“Bunyodkor”: Sarvar Karimov, Suhrob Izzatov, Abdufattoh Foziljonov, Tohir To'xtasinov, Usmonali Ismonaliev, Freyn CHiryak, Aziz To'lqinbekov, Rustamxon Azimov, Mirjahon Mirahmadov, Farhod O'tkirov, Umidbek Sultonov.
Zaxiradan tushganlar: Jasur Umrzoqov, Muzaffar Olimjonov, Bilol Tupliev, Amir To'raqulov, Momchilo Raso, Najmiddin Normurodov, Temurxo'ja Abduxoliqov, Toni Yovich.
BUNYODKOR - ARSENAL (Rossiya) - 0:2
BUNYODKOR: Marin Lyubich, Najmiddin Normurodov, Samir Jelkovich, Momchilo Raso, Usmonali Ismonaliev, Narimonjon Ahmadjonov, Suhrob Izzatov, Freyn CHiryak, Toni Yovich, Mirjahon Mirahmadov, Temurxo'ja Abduxoliqov.
Gollar: Baxar, 8 - 0:1. Xabibov, 78 - 0:2.
BUNYODKOR - ROTOR (Rossiya) - 1:2
BUNYODKOR: Sarvar Karimov, Aziz To'lqinbekov, Amir To'raqulov, Ollobergan Karimov, Bilol Tupliev, Umid Sultonov, Rasul Yo'ldoshov, Farhod O'tkirov, Tohir To'xtasinov, Rustamxon Azimov, Abdufattoh Fozilov.
Gollar: Kamlashev, 54 - 0:1. Rustamxon Azimov, 71 - 1:1. Muxin, 80 - 1:2.
BUNYODKOR - AUDA (Latviya) - 2:0
BUNYODKOR: Marin Lyubich, Mahmudjon Mahamadjonov, Najmiddin Normurodov, Momchilo Raso, Usmonali Ismonaliev, Freyn CHiryak, Samir Jelkovich, Toni Yovich, Amir To'raqulov, Bilol Tupliev, Temurxo'ja Abduxoliqov.
Gollar: Mahmud Mahamadjonov, 14 - 1:0. Temurxo'ja Abduxoliqov, 73 - 2:0.
Keyinchalik o'z qarorgohida tayyorgarlikni davom ettirgan poytaxt klubi Pro liga vakili "Mashal" bilan bellashib, 2:1 hisobida zafar quchdi.
BUNYODKOR – MASH'AL 2:1
Gollar: Frane CHiryak, Temurxo'ja Abduxoliqov
"Bunyodkor": Marin Lyubich, Najmiddin Normurodov, Momchilo Raso, Mahmud Mahamadjonov, Muzaffar Olimjonov, Frane CHiryak, Toni Yovich, Samir Jelkovich, Azizbek To'lqinbekov, Mirjahon Mirahmadov, Temurxo'ja Abduxoliqov
Zaxiradan tushganlar: Amir To'raqulov, Ollabergan Karimov, Bilol Tupliev, Farhod O'tkirov, Rustamxon Azimov, Rasul Yo'ldoshev
Jamoa qaysi brend liboslaridan foydalanadi?
"Bunyodkor" klubi 2024 yilgi mavsumda Jako firmasi liboslaridan foydalanadi. Malumot uchun, bu yil Superligada Jako kiyadigan yagona klub aynan "Bunyodkor" bo'ladi.
Qo'shimcha malumot
Yangi mavsum oldidan klub yana bir og'ir sinovga duch keldi: FIFA tartib-intizom qo'mitasi "Bunyodkor" klubi va jamoaning sobiq o'yinchilari Rivaldo hamda Denilson o'rtasida uzoq davom etayotgan moliyaviy tortishuv bo'yicha qaror qabul qildi.
Tribuna.uz manbasi taqdim etgan hujjatlarga ko'ra, FIFA "Bunyodkor" klubining Rivaldo oldidagi qarzdorligi – 8,1 million evro, Denilson oldidagi qarzdorlik – 1,1 million evro mablag'ni to'lash bo'yicha qarorni O'zbekiston futbol associaciyasiga yuborgan.
FIFA tartib-intizom qo'mitasi azolari 22 fevral kuni "Bunyodkor" klubi va braziliyalik o'yinchilar o'rtasidagi mazkur ish bo'yicha qarorni qabul qilgan. FIFA qarorida quyidagilar malum qilingan:
"Bunyodkor" va Rivaldo o'rtasidagi ish bo'yicha:
1. "Bunyodkor" klubi FIFA nizolarni hal qilish palatasining 2017 yil 21 sentyabrda qabul qilgan qarorini to'liq bajarmaganlikda aybdor deb topilgan. Bu Sport arbitraj sudi tomonidan 2023 yil 6 noyabrda chiqarilgan qarorda to'liq tasdiqlangan.
2. "Bunyodkor" klubi FIFA nizolarni hal qilish palatasi va CAS qaroriga ko'ra, Rivaldo Vitor Borba Ferreyrega quyidagilarni to'lashi shart:
2 489 947 evro – klub tomonidan braziliyalik futbolchiga to'lanmagan mukofot puli hamda yillik 5 foiz ustama;
5 664 000 evro – shartnoma bekor qilinishi sababli tovon puli hamda yillik 5 foiz bonus.
10 ming SHveycariya franki – arbitraj sudi jarayonida xarajatlar uchun tovon puli.
"Bunyodkor" va Denilson o'rtasidagi ish bo'yicha:
1. "Bunyodkor" klubi FIFA nizolarni hal qilish palatasining 2017 yil 21 sentyabrda qabul qilgan qarorini to'liq bajarmaganlikda aybdor deb topilgan. Bu Sport arbitraj sudi tomonidan 2023 yil 6 noyabrda chiqarilgan qarorda to'liq tasdiqlangan.
2. "Bunyodkor" klubi Denilson Martinsh Nasimentoga quyidagilarni to'lashi shart:
700 000 AQSH dollari – klub tomonidan braziliyalik futbolchiga to'lanmagan mukofot puli hamda yillik 5 foiz ustama;
400 000 AQSH dollari – kelishuv shartlari buzilganligi uchun tovon puli hamda yillik 5 foiz bonus.
10 ming SHveycariya franki – arbitraj sudi jarayonida xarajatlar uchun tovon puli.
Qayd etilishicha, FIFA tomonidan "Bunyodkor" klubiga 30 kun ichida ushbu mablag'ni to'lash muhlati berilgan. Aks holda tashkilot tomonidan tegishli choralar ko'rilishi malum qilingan.
SHuningdek, har ikki futbolchi bo'yicha "Bunyodkor" klubi 30 000 ming shveycar franki miqdorida jarimaga tortilgan.
"Bunyodkor" yangi o'yinchilar taqdimot marosimida klub bosh direktori Murod Aliev ushbu masalaga oydinlik kiritdi.
"Bunyodkor" bilan bog'liq vaziyat ko'pchillikka malum. O'sha paytda "Zeromax" bilan shartnoma bo'lgandi. Lekin shu davrgacha cho'zilib keldi.
Rivaldoni yuristlari bilan muzokara olib boryapmiz. Kelishuvga erishishga harakat qilamiz. Klubga imkon qadar zarar bo'lmaydigan yo'llarni ko'rib chiqamiz. "Zeromax" rahbariyatiga ham murojat qilindi — o'shanda vaziyat qanday bo'lgandi deb.
— "Bunyodkor" apellyaciya berishga kechikdimi?
— Bu 10 yildan ortiq vaqt davomida cho'zilib kelgan narsa edi. Rossiyalik yurist jalb qilingandi. Faqatgina muzokara qilishimiz mumkin edi.
— "Chilonzor City" loyihasiga "Bunyodkor" akademiyasining malum qismi ham kiritilgan ekan? Bu xavotirli emasmi?
— Hozircha bu masala ochiq turibdi. "Bo'sh avtoturargohdan" deyilgan joyi bor edi. Nima qurilishiga bog'liq. Akademiyaga foydasi bormi yoki yo'q? Bu bo'yicha rahbariyat bilan ishlanadi. U loyiha hozircha to'xtab turibdi.
— Qarzdorlik qaysi mablag'lardan kelib chiqib qoplanadi?
— "O'zbekneftgaz" — bizning rahbarimiz. Bu masalani ular hal qilishadi.
— Rivaldo bilan kelishuvda aynan nima ilgari surilmoqda?
— O'sha paytda "Bunyodkor" bilan emas, "Zeromax" bilan shartnoma tuzilgan. Bu masala yuzasidan ishlar olib borilyapti.
— Qarzni qoplash "O'zbekneftgaz" zimmasidami?
— Buni ham yuristlar bilan har taraflama ko'rib chiqyapmiz.
— Qarzdorlik tahminan 9,5 million evro deyishdi. Bu "Bunyodkor"ning necha yillik byudjetiga teng?
— 2-3 yillik. Eslatib o'taman, bu yakuniy qiymat emas. Muzokaralar davom etyapti.
— "Bunyodkor"ning boshqa legionerlardan ham qarzodrligi bormi?
— Yo'q. Faqat shu. Agar qarzdorlik bo'lsa, PFL va O'FA chempionatga qo'ymasdi. Rivaldo va Denilson ishi cho'zilgani uchun endi chiqib keldi. Bu jarayon hozirgi rahbariyatdan birinchi marotaba bo'lishi.
Superligadagi imkoniyatlar
"Bunyodkor" rahbariyati moliyaviy masalalar bo'yicha ilk navbatda Rivaldo va Denilson ishiga etibor qaratishi tabiiy. Qarzlarni to'lash majburiyati bilan jamoaning davralar oralig'ida kuchayish ehtimoli past. Albatta, mavjud o'yinlarni ham boy berib qo'ymasa. Jamoa tarkibiga yosh va akademiya tarbiyalanuvchilaridan iborat bo'lishiga qaramasdan, yosh qaldirg'ochlarning bir necha yildan beri raqiblarga munosib qarshilik ko'rsatayotganiga guvoh bo'lib kelyapmiz. Jamoaning qanday ruhda shakllana olishi yangi murabbiylar shtabi va legionerlarga ham bog'liq. Xorijlik murabbiylarning tajribasi, uslubi, futbolchilarining esa mahorati qay darajada ekanligi to'g'risida etarlicha tasavvurga ega bo'lmaganimiz sababli ularning jamoaga qay darajada tasir ko'rsata olishi haqida aniq fikr aytishimiz qiyin. "Bunyodkor" transferlarda, asosan, hujumkor o'yinchlar bilan kifoyalandi. O'tgan mavsumdagi himoyaning asosiy ustunlari jamoani tark etishdi va ularning o'rni etarlicha to'ldirilmadi. Bu esa o'yinlarda o'z tasirini o'tkazishi mumkin. Qolaversa, Superligadagi ko'pgina raqiblarning sezilarli kuchaygani toshkentliklarning ishini murakkablashtiradi. Ehtimol, "Bunyodkor" yangi mavsumda kutilganidan yuqoriroq pog'onani egallar, men esa jamoa sovrindor o'rinlar uchun emas, yuqori ligada jon saqlab qolish uchun kurashishini kutyapman. Albatta, bu shaxsiy fikrim.
Jamoani chempionatda qanday start kutmoqda?
"Bunyodkor" uchun turnir starti og'ir kelgan deb bo'lmaydi. Poytaxtliklar dastlab o'z maydonida "Qizilqum"ni qabul qilishadi. So'ngra "Andijon" maydoniga safar uyushtiradi. SHuningdek, jamoani "Navbahor", OKMK va "Dinamo"ga qarshi o'yinlar kutib turibdi.
Oqil Abdubarnoev tayyorladi.
Fikrlar