So’nggi yangiliklar

09:22“Бавария“га “Ливерпул“нинг икки нафар футболчиси керак  0 08:52Пролига. Бугун Тошкент дербиси бўлиб ўтади  1 08:24Суперлига. Бугун 2 та учрашув бор  7 07:54“Насаф“ етакчисига Қатар ва БААдан таклиф бор  5 07:25Жоэль Кожо фаолиятини Ўзбекистонда давом эттириши мумкин  5 01:47Ансу Фати янги жамоаси учун тиббий кўрикдан ўтди  1 01:18"Атлетико" ёзги трансферлар учун жуда катта маблағ ишлатади  3 00:55Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда ғалабани қўлдан чиқарди, "Динамо" эса сафарда ўн киши бўлиб зафар қучди  2 00:53Ҳусайн Норчаев: "Бугун ҳимояда чалкашликлар бўлди. Кейинги ўйинларда яхшироқ ҳаракат қиламиз"  0 00:29Шароф Муҳиддинов: "Футбол 90-дақиқадан кейин ҳам ўйналади"  3 23:58Брайан Риаскос: "Бу голлар тасодиф эмасди"  10 23:32Рўзиқул Бердиев: "Икки очко йўқотдик деб ўйлайман"  29 23:11Баҳром Ҳайдаров: "Футболчилар мураббийсиз ҳам ғалаба қозонса бўлади"  8 22:59Камолиддин Тожиев: "Фақат Сергеевга боғланиб қолмаганмиз"  10 22:36Вадим Абрамов: "Чемпионлик? Бу ҳақида сентябрь-октябрь ойларида гаплашамиз"  9

“Bunyodkor-W“ hujumchisi: Megan Rapinoga havas qilaman Yangiliklar

“Bunyodkor-W“ hujumchisi: Megan Rapinoga havas qilaman

Toshkentninig "Bunyodkor-W" klubi ertaga OCHL bahslarida ishtirok etish uchun Iordaniyaga uchib ketadi. Turnir oldidan jamoa hujumchisi Aziza Norboeva bilan suhbatlashishga qaror qildik.

"Bunyodkor-W" OCHLda qatnashishini bilasizmi?

- Futbolchi bo'lishingizga qarshiliklar bo'lganmi? 

- 2012-yilda futbolga kirib kelganman. Maktabda o'g'il bolalar bilan futbol o'ynab yurardim. O'sha paytlar Dumaeva Nodira opa “SO'G'DIYONA“ ayollar klubiga taklif qildilar va men darsdan keyin futbolga qatnasha boshladim. Uyga kech kelganim sabab oyim qarshilik qilganlar. Bu 2015 yil professional futbolga kirgunimga qadar davom etgan. SHu yili “Lokomotiv-W“ jamoasiga taklif qilindim va ayollar jamoasida professional futbol bilan faoliyatimni davom ettirdim. 2017 yil “Qizilqum-W“, 2018 yil “Navbahor-W“, 2019 yil “So'g'diyona-W“, 2021 yil “Metallurg-W“ jamoalarida ham o'zimni sinab ko'rdim va hozirda “Bunyodkor-W“ klubi azosiman.

- Futbolni tanlaganingizga hech afsuslanganmisiz?

- Yo'q, sira afsus qilmayman. O'z kasbim bilan faxrlanaman.

- Superligada hakamlar mavzusi trendda bo'lib turibdi. Ayollar futbolidagi referilarning darajasiga qanday baho berasiz?

- Har kim o'z kasbini o'zi yaxshi biladi. O'ylashimcha, har kim o'zi sevgan kasbiga vijdoni bilan yondashsa, natija ham shunga yarasha bo'ladi.

- Kuchli chempionatlarda o'ynay oladigan hamyurtlarimiz safiga kimlarni qo'sha olasiz?

- Lyudmila Karachik, Qudratova Nilufar, Zoirova Umida, Galimova Saida, SHoyimova Maftuna, Tilolova Laylo, Xabibullaeva Diyora.

- Qisqa muddat ichida ikki bor jamoa almashtirdingiz. Buning sababi nima?

- “So'g'diyona-W“ jamoasi bilan shartnomam yakunlanganligi uchun xayrlashdim. “Metallurg-W“ jamoasidan o'zimni kuchlilar bilan sinab ko'rish uchun imkoniyat berishlarini so'radim. Ular menga bu imkoniyatni berishdi. Albatta, buning uchun “Metallurg-W“ klubiga rahmat.

- Agar tanlash imkoniyatingiz bo'lganda qaysi jamoada to'p surardingiz?

- Men ayollar futboliga kirib kelganimdan buyon “Bunyodkor-W“ jamoasida to'p surishni niyat qilar edim va shu erdaman.

- Jahonda ayollar futbolini kuzatasizmi? Kumiringiz kim?

- Albatta, "Real Madrid" "Barselona", "Arsenal" jamoalarini muntazam ravishda kuzatib boraman. Kumirim - Megan Rapino ("OL Reyn").

- Eng katta orzungiz nima?

- Orzularim juda ko'p. Ulardan bittasi Sevara Nazarxon bilan ko'rishish.

- Ertaga Iordaniyaga uchib ketasizlar. Tayyorgarlik qanday ketyapti? 

- 21-turdan so'ng jamoamiz  bilan yana mashg'ultlarga qaytdik. Iordaniyada bo'lib o'tadigan CHempionlar Ligasiga tayyorgarlik alo darajada davom etmoqda. Vatanimiz bayrog'ini ko'klarga ko'tarib, "Bunyodkor" muxlislariga ajoyib g'alaba taqdim qilamiz. 

M. Kushbakova suhbatlashdi

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика