“Bunyodkor” vakillari Kuala Lumpurda!
06 dek 2013 12:25
Yangiliklar

“Bunyodkor” vakillari Kuala Lumpurda!
SHu kunlarda Malayziya poytaxti Kuala Lumpur Osiyo futbolining etakchi klublari vakillarini o'z bag'riga chorlamoqda.
Kelayotgan seshanba va chorshanba kunlari 2014 yilgi Osiyo CHempionlar ligasida ishtirok etadigan klublar vakillari musobaqa oldidan o'tkaziladigan maxsus seminarda ishtirok etadilar. SHuningdek, 10 dekabr kuni qitamizning klublar o'rtasidagi eng nufuzli musobaqasining guruh bosqichiga qura tashlash marosimi bo'lib o'tadi.
OFKning ushbu seminarida ishtirok etish uchun “Bunyodkor” FK vakillari Islomjon Xodjaev (jamoa menejeri) va Bahodir Mirzaev (matbuot kotibi) Toshkent-Kuala Lumpur yo'nalishi bo'yicha parvoz qilishib, seminar o'tkaziladigan ulkan otel – “BERJAYA TIMES SQUARE” mehmonxonasiga etib kelishdi. SHuningdek, turnirni pley-off bosqichidan boshlaydigan mamlakatimizning ikki klubi – “Lokomotiv” va “Nasaf” klubi vakillari ham hozirda Kuala-Lumpurda bo'lib turishibdi.

Fikrlar