So’nggi yangiliklar

00:42Англия кубоги. "Манчестер Сити" тўртинчи лига жамоасига жавобсиз 8та гол урди!  16 23:40АПЛ клуби Асенсиога қизиқмоқда  6 23:00"Манчестер Юнайтед" Араухо учун даъвогарлик қилмоқда  6 22:32Туркия Суперлигаси. "Ризеспор" меҳмонда ғалаба қозонди, Алиқулов тўлиқ ўйнади  1 22:21Англия кубоги. "Ливерпуль" 4та, "Челси" эса 5та, "Лестер" эса 6та гол урди ва бошқа натижалар  3 21:13"Торино" — "Ювентус". Таркиблар маълум  9 20:52Назорат учрашуви. "Нефтчи" Руминия жамоаси билан дуранг ўйнади  14 20:31Рэшфорд Францияга йўл оладими?  1 20:00Абдуқодир Ҳусановга "Манчестер Сити" мухлисидан мактуб  30 19:54Хвича ПСЖда ҳозиргидан 4-5 баравар кўп маош олади  4 19:41Конте: "Хвиче "Наполи"дан уни сотишларини сўради. Мен хафаман"  3 19:26Беллингем Винисиуснинг тегинишидан сўнг йиқилган Маффео сўзлари ҳақида: "10 сония бокс, шундайми? Нозик аҳмоқ"   5 18:28"Севилья" президенти: "Барселона" ва "Реал"га бошқа қоида, қолганларга бошқа қоида. Уят"  11 17:54Пенья кеч қолгани учун "Барселона" дарвозасини Шченсни қўриқлаган экан  4 17:47Фотоархив. "Хоразм"нинг Суперлигада ўтказган охирги мавсуми ёдингиздами?  3

"Bunyodkor": Ustivorlik – terma jamoalarga! Yangiliklar

"Bunyodkor": Ustivorlik – terma jamoalarga!

“Bunyodkor” FKda jamoa oldida turgan dolzarb masalalarga bag'ishlangan yig'ilish bo'lib o'tdi.
11 avgust kuni O'zbekiston futbol federaciyasi binosida O'FF mutasaddilari, oliy liga klublari rahbarlari va bosh murabbiylari ishtirokida yig'ilish bo'lib o'tgani haqida OAV da xabar berilgan edi. Unda O'FF hamda MOQ prezidenti Mirabror Usmonov klublar oldidagi vazifalarga to'xtalib, natijalar va musobaqa jadvali o'z yo'liga, lekin har bir klub terma jamoalarga o'yinchi etkazib berish ularning ustivor yo'nalishi bo'lishi lozimligi borasida alohida to'xtalib o'tgandi. Albatta muxlislar o'z jamoalari haqida qayg'uradilar, lekin terma jamoalarimizning g'alabalari butun xalqimizga shodlik ulashishi ahamiyatlidir.

Biz mamlakatimizning eng buyuk ayyomi – Mustaqillik bayrami arafasida turibmiz. Aynan shu onlarda har birimizda vatanparvarlik, Vatanga bo'lgan muxabbat hislari yanada jo'shqin tus oladi. Yurtimiz dovrug'ini dunyoga taratishda boshqa soha vakillari qatorida sportchilar, shu jumladan futbolchilar ham o'z ulushlarini qo'shib kelmoqdalar. “Bunyodkor” futbol klubi va maktabining 20ga yaqin azosi turli terma jamoalarda o'z mahoratlarini namoyish qilib, xalqaro maydonda yurtimiz sharafini munosib himoya qilmoqdalar.

O'tgan hafta “Bunyodkor” futbol klubida o'tkazilgan yig'ilishda ham terma jamoalarga ko'proq istedodlar etkazib berish – asosiy ustivor yo'nalish bo'lishi lozimligi alohida takidlab o'tildi.

Yig'ilishni “Bunyodkor” FK Birinchi vice-prezidenti, Bosh direktor Baxtiyor Boboev olib bordi.

Rahbar klub oldidagi dolzarb maqsadlarga to'xtalib, barcha yo'nalishlardagi hodimlarga ustivor vazifalar borasida fikr-mulohazalar bildirdi. Jumladan, murabbiylar shtabi o'quv-mashg'ulotlar yig'ini sifatini oshirish orqali turli yoshdagi terma jamoalarda tarbiyalanuvchilarimiz soni yanada oshishiga urg'u berishi lozim. SHuningdek, klub murabbiylari, tibbiyot hodimlari, ruhshunoslar terma jamoalardagi hamkasblari bilan doimiy aloqada bo'lib, o'zaro malumot almashib turishlari ham muhim ahamiyatga ega. Klubimizda tarbiyalanuvchilar bir yoshdan keyingisiga hech qanday muammosiz qadam qo'yishda o'ziga xos tizim yo'lga qo'yilgan. Bolalikdan o'smirlikka, undan yoshlar va kattalar futboliga o'tishda hech qanday to'siq va muammolar bo'lmasligi, bunda tibbiy ko'riklar, ayniqsa ruhshunoslar masuliyati muhimligi qayd etildi.

O'z navbatida yosh futbolchilar mahoratini yanada oshirish uchun turli yoshdagi jamoalarimizning xalqaro turnirlarda ishtiroki ko'paytirilishi ham maqsadga muvofiq, deb belgilandi. Aynan shunday musobaqalar yosh futbolchilarni yanada toblantiradi va terma jamoalarga nomzod tayyorlashda muhim omil bo'lib xizmat qiladi. Terma jamoaga iqtidorli futbolchi etkazib bergan har bir murabbiy klub tomonidan moddiy rag'batlantirib boriladi.

Futbolchilar nafaqat sport mahoratlari, balki ruhiy va manaviy boyliklarini oshirib borishlari ham alohida ahamiyatga ega. Bu borada tarbiyalanuvchilarimizning turli soxada Vatan taraqqiyoti uchun katta hissa qo'shgan arboblar bilan uchrashuvlari, suhbatlar samara berishi shubhasiz. SHuningdek, haqiqiy vatanparvar yoshlarni tarbiyalash ham ustoz va murabbiylarning ustivor vazifalaridan biri bo'lishi lozim.

Terma jamoaga sog'lom futbolchi etkazib berishda tibbiyot xodimlarining hissasi beqiyos. Ular terma jamoaga nomzod futbolchilar holatini doimiy nazoratga olishlari, jismoniy yuklamalar yosh futbolchi organizmiga qay darajada tasir ko'rsatayotganini muntazam ravishda kuzatib borishlari talab etiladi. Bu borada terma jamoalardagi hamkasblar bilan doimiy aloqada bo'lish muhim ahamiyatga ega.

SHuningdek, klub ruhshunoslaridan ham o'z vazifsiga masuliyat bilan yondashish talab etiladi. Aynan ular turli test savollari, o'zaro suhbatlar orqali futbolchilarda o'ziga ishonch, iroda ortishida, omadsizlikdan so'ng tushkunlikka tushmaslikka, “yulduzlik kasali”ga chalinmaslikda o'z bilim va mahoratlari orqali ko'mak berishlari kerak.

Klub matbuot hizmati ham yosh “qaldirg'ochlar” terma jamoaga nomzod bo'lishida o'z ulushini qo'shishi muhim ekanligini aytildi. Har bir iqtidor haqida to'liq malumot, uning ustun tomonlarini ko'rsatib berishda matbuot hizmatining roli ancha katta. Nafaqat alohida futbolchi yoki murabbiy, balki klubdagi barcha jamoalar faoliyati matbuot nazaridan chetda qolmasligi talab etiladi. Aynan shu maqsadda yaqin kunlarda yangi sayt ishga tushirilib, unda asosan futbol maktabi va akademiya tarbiyalanuvchilari hayoti va faoliyati yoritiladi.

Klub qoshidagi oshxona faoliyati ham jiddiy tahlil qilinadi. Mutaxassislar ko'magida futbolchi organizmi uchun foydali bo'lgan taomnoma tuzilib, bunda asosiy urg'u taomlar kaloriyasi va meva-sabzavotlarga beriladi. To'g'ri ovqatlanish futbolchining jismoniy holatida muhim ahamiyatga egaligi allaqachon isbotlab bo'lingan.

Futbol maktabiga qarashli yotoqxonada terma jamoaga nomzod futbolchilarning istiqomat qilishlari ham foydadan xoli bo'lmaydi. Ular o'z jamoalari mashg'ulotlaridan tashqari, bir joyda istiqomat qilishlarining afzalliklari bor. Alohida individual mashqlar, trenajyor va basseyn mavjudligi, manaviyat va chet tili darslaridan saboqlar, sifatli va ishonchli taomlardan istemol qilishlari shular jumlasidandir. Bu erda buning uchun barcha sharoitlar bor va ularning bari terma jamoaga nomzod futbolchilar uchun xizmat qiladi.

Klub rahbariyati ilmiy guruhlar ishi nafaqat bosh jamoa, balki barcha yoshdagi, shu jumladan bolalar-o'smirlar jamoalari uchun ham tashkil etilishi borasida qaror qabul qilgan.

“Bunyodkor” qisqa muddatda o'zbek futboli etakchilari qatoridan joy oldi. Jamoalarimiz xalqaro maydonda yurtimiz sharafini munosib himoya qilib kelmoqda. Mamlakatimiz terma jamoalariga munosib o'yinchilar tayyorlab berish uchun klubimizda barcha sharoitlar mavjud va mutaxassislarimiz bu masuliyatli vazifani amalga oshirishda bor kuch va mahoratlarini ishga soladilar.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика