So’nggi yangiliklar

23:00Бельгия. "Антверпен" - "Сент-Жиллуаз". Ҳамюртимиз захирада  1 22:48"Хоразм" "Андижон" ҳимоячисини таркибига қўшиб олди  0 22:31Виктор Гёкереш Лондонга етиб борди  0 22:11"Сўғдиёна" ва "Шўртан" ўртоқлик учрашувида жанговар дуранг қайд этди  0 21:59"Мираброр Усмонов хотира турнири". Саудия Арабистони иккинчи ўйинда ҳам мағлуб бўлди  1 21:26"Хоразм" Аббос Отахоновни таркибига қўшиб олди  1 20:51Диёр Ортиқбоев: "Япониянинг бугунги ўйини бизга қизиқ эмас"  1 20:34Ўртоқлик ўйини. "Динамо" "Витебск"ни мағлубиятга учратди  2 20:12Антонио Конте Стерлингни "Наполи"да кўришни истамоқда  1 19:47"Андижон" тарихда илк бор ОЧЛ 2 да: тайёргарлик, қуръа ва учрашувлар санаси  12 19:23ПФЛ ОФКга мурожаат қилиб, халқаро талаблар ҳимоя қилинишини сўради   5 19:05"Юве" "Челси"нинг 68 млн евролик таклифини рад этди – Йилдиз сотилмайди  2 18:36"Бавария" Гарначога қизиқмоқда, футболчи АПЛда қолишни истамоқда  2 18:07"Барселона" Япония бўйлаб тур тақвимини эълон қилди  3 17:39МЮ ҳимоячиси Саудия Арабистонига йўл олиши мумкин  0

Bunyodkor Turon darvozasini ofsayddan ishg'ol qildimi? Rossiyalik ekspertimizdan Superliganing 17-tur uchrashuvlaridagi hakamlik tahlili Yangiliklar

Bunyodkor Turon darvozasini ofsayddan ishg'ol qildimi? Rossiyalik ekspertimizdan Superliganing 17-tur uchrashuvlaridagi hakamlik tahlili

Hakamlarga xatoga yo'l qo'yishdimi?

Championat.Asia saytining hakamlik faoliyati bo'yicha eksperti, rossiyalik sobiq hakam Anatoliy Sinyaev («Alyo, ref!» Telegram-kanali muallifi) Superliganing 17-tur uchrashuvlaridagi bahsli qarorlarini tahlil qildi.


«Paxtakor» - «Metallurg»

 VIDEO

O'yinni davom ettirish — to'g'ri qaror. Dastlab to'p «Metallurg» himoyachisining tanasiga tegdi. Keyinchalik koptok uning qo'liga sapchib tushgan taqdirda ham ushbu qism tabiiy holatda — tana maydonini oshirmagan ko'rinishda o'rnashgandi. Boshqacha qaror bo'lishi mumkin emas, hakam vaziyatni anglab etgandi.


✅✅ «Nasaf» - «Qizilqum»

VIDEO

20 soniya ichida dastlab «Qizilqum», so'ngra «Nasaf» jarima maydonida deyarli bir xil ikkita vaziyat yuzaga keldi. Hakam o'yinni davom ettirib, to'g'ri qaror qabul qildi. Vaziyatlarning hech birida oshkora qoidabuzarlik sodir etilmagan. Yakkakurashga kirishish normal holatda, hakam o'z qarorlarini izchil ravishda amalga oshirdi.


«Turon» - «Bunyodkor»

VIDEO

Televizion kamerada chindan ham «Bunyodkor» futbolchisining sherigiga golli uzatma amalga oshirayotgani ko'rinmaydi, shu bois VARni ayblash qiyin.

VIDEO

Muhokamalar aks etgan video VAR ko'rsatmalariga muvofiq ishlagani hamda «Bunyodkor» darvozaboni tomonidan amalga oshirilgan uzatmalarning birinchi vaziyatini qayta-qayta aniqlashga uringan, biroq uzatma vaqtida hujumchini birorta kamera tasvirga olmagan.

VIDEO

Biroq FIFA+ takroriy lavhasi ushbu bahsli epizodga asos taqdim eta oladi, unda ofsayd yaqqol ko'rinib turibdi. Yon hakamning yomon ishini qayd etish joiz — bu vaziyatda qaror qabul qilish assistent uchun juda oson edi.


«Buxoro» - «Surxon»

VIDEO

«Buxoro» futbolchisi to'pni tegolmasdan ehtiyotsizlik tufayli fol qayd etdi. «Surxon» hujumchisi uzatmaga "labbay" deya javob qaytardi va raqibdan ilgarilab ketishga harakat qildi. Raqib himoyachisining oyog'iga tegishda uning aybi yo'q. Penlati belgilashda VAR aralashuvini qo'llab-quvvatlash mumkin, hakamlar brigadasi bu vaziyatni to'g'ri baholadi.


«Andijon» - «Olimpik»

VIDEO

Katta ehtimol bilan, to'pning proekciyasi burchak aylanasidan oldinda ekanligini takidlash mumkin. Agar to'pning asosi chiziqqa tegmagan bo'lsa, bu uning proekciyasi aylanadan oldinda emasligini anglatmaydi. VAR bunday vaziyatlarga aralashishga haqli emas. Aytgancha, burchak to'pining joylashuvi uchun javobgarlik maydonning ikkinchi yarmida turgan yon hakamda bo'lishi lozim: u, odatda, raciya orqali to'p sektorda ekanligi yoki aksinchaligi haqida xabar beradi. Demak, «Olimpik»ning goli to'g'ri hisoblangan.


 «Andijon» - «Olimpik»

VIDEO

Hakam o'yin davomida qanday qilib kurashga yo'l qo'yganini tushunish uchun butun uchrashuvni tomosha qilish kerak. Agar bahsni bir chetga surib turadigan bo'lsak, maydon markazidagi holat qo'pollikka o'xshaydi: «Olimpik» o'yinchisi to'pni oldinga yo'naltirdi, «Andijon» futbolchisi esa u bilan qarama-qarshi o'ynalishda to'qnashadi. Odatda, bu fol. Dastlabki hujum fazasida qoidabuzarlik sodir etilgan bo'lsa, VAR vaziyatga aralashishi mumkin edi.


SHu tariqa, tur bellashuvlarida ikkita xatoga yo'l qo'yildi: «Bunyodkor» darvozabonining uzatmasidan keyin kiritilgan dastlabki to'p hamda maydon markazidagi qo'pollikdan so'ng urilgan «Andijon»ning goli. Eslatib o'tamiz, OKMK va «Navbahor» OCHL saralashida ishtirok etayotgani sababli 17-turning ikki o'yini qoldirilgan.  

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика