“Bunyodkor” tarbiyalanuvchilari Malayziyada!
09 dek 2016 12:49
Yangiliklar
“Bunyodkor” tarbiyalanuvchilari Malayziyada!
Musobaqa 2002 va 2004 yillarda tavallud topgan futbolchilar o'rtasida o'tkazilinadi. Har ikkala yosh toifasida ham “Bunyodkor” tarbiyalanuvchilari bosh sovrin uchun kurash olib borishadi.
9 dekabr kuni kunduzi “Bunyodkor” futbol maktabi delegaciyasi Malayziya poytaxti Kuala-Lumpur shahriga etib keldi. “Qaldirg'ochlar”ni aeroportda “Supermokh Cup 2016” turniri tashkilotchilari iliq kutib olishdi va jamoamizni “Pudu Plaza” mehmonxonasiga joylashtirishdi.
Uchinchi marotaba uyushtirilayotgan “Supermokh Cup 2016” turnirining nufuzi yildan-yilga oshib, ishtirokchi jamoalar geografiyasi kengayib bormoqda. Joriy yilgi musobaqada “Manchester Siti” (Angliya), “San Paulu” (Braziliya), PSJ (Franciya), “Sepahon” (Eron), “Buriram Yunayted” (Tailand), “Kavasaki Frontale” (Yaponiya), “Seongnam Ilva CHunma” (Janubiy Koreya), “Guanchjou Evergrand” (Xitoy) kabi mashhur jamoalarning futbol maktabi tarbiyalanuvchilari ishtirok etishadi.
championat.asia
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Месси "Америка қироли" мукофотини қўлга кирита олмади. Уни "Фламенго" ярим ҳимоячиси ортда қолдирди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar