“Bunyodkor” tanishtiruv marosimiga taklif etadi
09 fev 2015 15:16
Yangiliklar


“Bunyodkor” tanishtiruv marosimiga taklif etadi
Toshkentning “Bunyodkor” jamoasi mavsumlar oralig'ida o'z tarkibiga qo'shib olgan yangi futbolchilarni keng ommaga tanishtiradi.
11 fevral, chorshanba kuni “Bunyodkor” stadionida soat 14:00da boshlanadigan ushbu marosim ikki qismdan iborat bo'ladi. Dastlabki qismda ommaviy axborot vositalari xodimlari “qaldirg'ochlar”ning yangi azolariga aylanishgan futbolchilar bilan muloqot qilish imkoniyatiga ega bo'ladilar. SHuningdek, tadbirning bu qismida klub rahbariyati tomonidan “Bunyodkor”ning yangi futbolchilariga ular uchun atalgan futbolkalar ham tantanali ravishda topshiriladi.
Taqdimot marosimiga OAVning barcha bo'g'inlarida faoliyat yuritayotgan jurnalistlarni taklif etamiz.
Taqdimot marosimiga OAVning barcha bo'g'inlarida faoliyat yuritayotgan jurnalistlarni taklif etamiz.

Fikrlar