"Bunyodkor" stadioniga mahalliy iqlimga mos keluvchi chim yotqizildi
09 noy 2022 11:55
Yangiliklar
"Bunyodkor" stadioniga mahalliy iqlimga mos keluvchi chim yotqizildi
Joriy yilning iyul oyida "O'zbekneftegaz" akciyadorlik jamiyati rahbariyati tashabbusiga ko'ra, 2023 yil mart oyida bo'lib o'tadigan U-20 Osiyo Kubogi o'yinlari, "Bunyodkor" futbol klubi va O'zbekiston milliy terma jamoasining uy o'yinlarini o'tkazish maqsadida "Bunyodkor" stadioni markaziy maydonida tamirlash ishlari boshlab yuborildi.
Qisqa vaqt ichida stadion maydoni to'laligicha qaytadan barpo etildi. Maydon injener kommunikaciyalari yangilandi va maydon sathi 1 metrga ko'tarildi. Yangi mahalliy iqlimga mos keluvchi chim yotqizildi.
Hozirgi kunda maydon atrofi va zaxira futbolchilari uchun joylar yangicha zamonaviy uslubda tayyorlanmoqda.
Tinimsiz olib borilgan ishlar tashabbuskori hamda homiymiz bo'lgan "Uzbekneftegaz" AJ boshqaruv raisi, "Bunyodkor" FK prezidenti Mehriddin Razzoqovich Abdullaevga yurtimiz futboli rivojiga qo'shayotgan ulkan hissalari uchun o'z minnatdorchiligimizni bildirib qolamiz," - deb yozadi stadion matbuot xizmati.
Fikrlar