So’nggi yangiliklar

00:05"Динамо" Жаҳонгир Ўрозов ва Муҳаммадали Турсуновни ўз таркибига қўшиб олди  0 23:30Жоау Канселунинг кейинги манзили Саудия Арабистони бўладими?  0 22:55Ханс-Дитер Флик: "Ямалнинг оёғи ердан узилмаслиги керак"  1 22:15ОКМК назорат ўйинида "Олимпик"ни йирик ҳисобда мағлуб қилди  1 21:35Матс Хуммелс Еврокубокларда ўйнайдиган А Серия клубига ўтиши мумкин  0 20:54"Қизилқум" назорат ўйинида "Локомотив U21"га мағлуб бўлди  0 20:31Расман: Стадиондаги муаммо сабаб "Динамо" — "Навбаҳор" учрашуви қолдирилди  47 20:00Де Хеа фаолиятини А Cерияда давом эттирадими?  1 19:39Ана холос! "Рома" ва "Тоттенхэм" собиқ ҳужумчиси 11 йилдан сўнг фаолиятини тиклашга қарор қилди  4 19:13УEФА Суперкубоги ўйинини ким бошқариши маълум  0 18:49Погбанинг акаси Бельгиянинг учинчи лигасида ўйнайди  4 18:25"Бунёдкор" собиқ бош мураббийи Парижда ўғриликка учради  13 18:01"Шўртан" учта трансферни амалга оширди  3 17:39"Ланс" "Челси" собиқ ҳимоячиси билан битим тузди. У Ҳусановга рақобатчи бўлади  5 17:15Тер Штеген – "Барса"да сардорлик учун асосий номзод  2

“Bunyodkor” Saudiya Arabistoni klubi bilan durang o'ynadi Yangiliklar

“Bunyodkor” Saudiya Arabistoni klubi bilan durang o'ynadi

Toshkentning “Bunyodkor” jamoasi BAA yig'ini doirasidagi to'rtinchi nazorat uchrashuvini o'tkazdi.

Jamoamizning bu safargi raqibi Saudiya Arabistoni Pro-ligasi vakili “Al-Faysaliy” klubi bo'ldi. Nazorat uchrashuvi bo'lganligi uchun Sergey Lushchan dastlabki daqiqalardan aralash tarkibni maydonga tushirdi. SHuningdek, zaxirada qoldirilgan barcha futbolchilarga imkon berildi.

Qiziqarli kechgan bahsda kuchlar teng keldi. Birinchi bo'lim o'rtalarida saudiyaliklar hisobda oldinga o'tib olishgan bo'lsa, asosiy vaqtning so'nggi daqiqalarida Eldor SHomurodov uzatmasini Javohir Esonqulov gol bilan yakunlab, yakuniy natija 1:1 bo'lishini taminladi.

O'rtoqlik uchrashuvi. Dubay. 13.01.2017.

“AL-FAYSALIY” (Saudiya Arabistoni) – “BUNYODKOR” (O'zbekiston) 1:1 (1:0)

Gollar: 27 (1:0), Javohir Esonqulov 89 (1:1)

Bunyodkor”: Murodjon Zuhurov, Dilshodbek Ahmadaliev, Akramjon Komilov, Nurillo To'xtasinov, Otabek SHukurov, Dushan Michich, Aleksandr Ignatovich, Dostonbek Hamdamov, Eldor SHomurodov, SHahzodbek Nurmatov, Jovlon Ibrohimov

Zaxiradan maydonga tushganlar: Dilshod Hamroev, Rustamjon Ashurmatov, Javohir Esonqulov, Xurshid G'iyosov, Javohir Qahramonov, Islomjon Qobilov, Mirjahon Mirahmadov, Vadim CHemirtan, Mirjamol Qosimov, SHoxruh Gadoev, Nodirxon Kamolov, Sardorbek Azimov, Javlon Mirabdullaev

"Bunyodkor"ning navbatdagi nazorat uchrashuvi 15 yanvar kuni SHotlandiyaning "Aberdin" klubiga qarshi kechadi.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика