"Bunyodkor": Rahmatullaev va Simonenkoning fikrlariga javob berdi
19 dek 2014 12:53
Yangiliklar

"Bunyodkor": Rahmatullaev va Simonenkoning fikrlariga javob berdi
Oxirgi paytlarda OAVda Bunyodkor FK asossiz tanqidlarga uchradi. Sport telekanaliga futbolchilar taklif etildi va unda boshlovchi tomonidan jamoaning ichki muhitiga oid provakacion savollar berildi.
Jumladan, Alibobo Rahmatullaev jamoadagi holati yaxshi emasligidan nolidi. Internet saytlarida esa ukrainalik Sergey Simonenko va Oleksandr Pishur tanqidiy chiqishlar qilishdi.
Kuni kecha jurnalist Xayrulla Xoliqov klubga murojaat etib, futbolchilar tomonidan bildirilayotgan tanqidiy fikrlarni o'rganib chiqqanini va bu borada klub poziciyasi bilan ham qiziqayotganini aytib o'tdi. Ana shunda futbol jamoatchiligining bir qanchasi har ikkala tomonning fiklari bilan tanishib, aslida kim haqu, kim nohaqligi borasida yakuniy xulosaga kelishi mumkinligi haqidagi taklifni bildirdi.
Boshidan etiboringizni bir masalaga qaratishni so'rardim, futbolchi va murabbiylar bilan shartnomalar imzolanayotganida, har ikkala tomon bir moddaga kelishib oladi. Yani, OAVda bo'ladigan chiqishlarda klub shaniga nomaqbul gaplar aytish yoki jamoaga moddiy va manaviy zarar keltiruvchi fikrlar bildirish, shuningdek asossiz malumotlar tarqatish qatiyan man etiladi. Bu jihat butun jahonda, jumladan futbol klublarida ham qabul qilingan etikadir. SHuning uchun ham biz ancha vaqtdan buyon sukut saqlab, barcha asossiz chiqishlarga javob bermay keldik. Vaholanki, bu voqealar “qaerdan bo'y cho'zayotganini” tahminan bilamiz. Mayda-chuydalarga berilib o'tirmayman. Endilikdagi sobiq ikki futbolchimiz Alibobo Rahmatullaev va Sergey Simonenkoning matbuotdagi chiqishlari kattagina bahs-munozara keltirib chiqardi. “Bunyodkor”ning bu boradagi rasmiy poziciyasini tushuntirib berishga harakat qilaman. Kim haq-u, kim nohaqligi borasidagi xulosani har kim o'zi chiqarib oladi.
Alibobo Rahmatullaev futbolchi sifatida bizning futbol maktabimizda shakllandi. Aynan “Bunyodkor” unga katta futbolda o'zini ko'rsatishga imkon berdi. Ko'pchilik Rahmatullaevning Osiyo CHempionlar ligasi musobaqasi doirasidagi Avstraliyaning “Adelaida Yunayted” darvozasini ishg'ol qilib, bizni yarim finalga olib chiqqan golga mualliflik qilganini yaxshi eslasa kerak. Biroq u o'zini “yulduz” deb hisoblab, har tomonlama o'ziga bo'lgan talabchanlikni pasaytirib yubordi. Buning natijasida esa u asosiy tarkibdan kamdan-kam hollarda joy oladigan bo'ldi. Murabbiylar biron bir futbolchini yoqtirishi yoki yoqtirmasligi haqida ham gapirish mumkin. Lekin raqamlar hech qachon aldamaydi.
Statistikaga murojaat qilamiz. Masalan, Alibobo 2012 yilgi chempionatda jami etti uchrashuvda harakat qildi. SHularning bittasini u asosiy tarkibda boshladi, qolgan oltitasida esa zaxiradan o'yinga qo'shildi. Umumiy hisobda esa 230 daqiqa to'p tepdi. Bu o'yinlar mavsum yakunida asosiy omillar bo'lib xizmat qildi va yangi yilga unga katta umid bog'landi. Futbolchining shartnomasida ko'zda tutilgan moliyaviy shartlari oylik maoshi va mukofot pullari ko'tarildi. 2013 yilgi chempionatda bosh murabbiy uning xizmatlariga 14ta bahsda murojaat qildi. Etiborlisi, bu mavsumda ham u atigi bitta uchrashuvni asosiy tarkibda boshladi. Uning o'sha mavsumdagi maydonda o'tkazgan vaqti umumiy hisobda 380 daqiqani tashkil etdi. Darvoqe, Alibobo bitta gol urish bilan birga bitta ogohlantirish ishlab oldi.
Ana endi uning 2014 yilgi milliy chempionatda o'tkazgan o'yinlarini tahlil qilib ko'ramiz.
Alibobo 11 marta tarkibga kirdi va ularning atigi uchtasini asosiy tarkibda boshladi. Bu o'yinlarda bitta ham gol urolmadi. Odatda hujumkor futbolchilardan nafaqat qanot bo'ylab oldinga o'tish yoki raqib jarima maydonchasi yaqiniga qanotdan to'p oshirishlar, balki tashkil etilayotgan hujumlarni samarali yakunlash ham talab etiladi.
Aytgancha, Alibobo Rahmatullaev 2013 yilgi mamlakat kubogi doirasidagi uchta uchrashuvning oxirlarida zaxiradan maydonga tushib, jami 44 daqiqa harakat qildi. Biron marotaba ham raqib darvozasini ishg'ol qilmadi. O'sha yili u qo'lga kiritilgan kubok finalining 18talik qaydnomasiga ham kira olmagandi.
2014 yilda ham futbolchi uchun murabbiylar tomonidan ko'plab imkoniyatlar berildi. Alibobo tabiri bilan aytganda uni “yoqtirmaydigan” Sergey Lushan yarim himoyachini “Olmaliq”qa qarshi kechgan kubok bahsining asosiy tarkibida maydonga tushirdi. Biroq o'yin davomida murabbiy Aliboboni almashtirishga majbur bo'ldi. Muxlislar yaxshi eslasalar kerak, aynan uning tushunarsiz harakatlari evaziga “Olmaliq” bilan o'z uyimizda 2:2 hisobidagi durang natija qayd etgandik. Malum vaqt o'tib esa mehmonda o'tgan javob o'yinida Rahmatullaevsiz o'ynagan “Bunyodkor” raqibni 4:0 hisobida tor-mor etdi.
Fikr yuritish uchun yana bir malumot. 2014 yilgi mavsumni “Bunyodkor” uch xil bosh murabbiy bilan o'tkazdi: Mirjalol Qosimov, Aleksandr Volkov va Sergey Lushan. Ularning dastlabkisida Rahmatullaev maydonda jami 145 daqiqa to'p tepdi, ikkinchisida – 264 va uchinchisida – 288! Boshqa izoh ortiqcha.
Nahotki, bunday tahliliy faktlar bo'la turib, futbolchi aytganidek, uni Sergey Lushan qanday qilib yoqtirmaganiga ishonish mumkin?! Rahmatullaevga maydonda ko'p vaqt o'ynash imkonini bergan aynan Sergey Lushan-ku! Bu holatga “Yuzing qiyshiq bo'lsa, ko'zguda ayb yo'q” deb aytilgan mashhur maqolni eslash kifoya.
Rahmatullaev o'zining shovqinli intervyusini O'zbekiston kubogi finalidan bir kun oldin berdi. Muhim bahslar arafasida aytiladigan har qanday ehtiyotkorsiz fikrlar jamoaning ichki ruhiyatiga salbiy tasir o'tkazmay qolmaydi. Eng asosiysi, u odob-ahloq meyorlarini qo'pol tarzda buzib, murabbiylar va jamoadoshlariga pand berib qo'ydi.
Ommaviy axborot vositalari vakillari bilan hamkorlik qilayotganimiz uchun ularga minnatdorchilik bildiraman. Ularning futbol rivojiga qo'shayotgan hissasini qadrlayman. Jurnalistlarga “Bunyodkor” FK murabbiylari va futbolchilari bilan intervyularni klub matbuot xizmati yoki bosh murabbiyga murojaat qilgan holda tashkil etish haqida aytganmiz. Deyarli barcha OAV vakillari u qoidaga rioya qilgan holda biz bilan hamkorlik qilib kelishmoqda. Biroq “Futbol sharhi” ko'rsatuvi futbolchilarimizni o'z shartnomalarida ko'zda tutilgan shartlarini buzishga undayapti va klubimizning bu haqidagi iltimosini inobatga olmayapti. Ushbu intervyu O'zbekiston kubogi finali arasida qanday tashkil etilgani-yu, va aynan ishonchni oqlay olmayotgan futbolchi suhbatdosh sifatida ko'rsatuv mehmoni etib chaqirilganligi haqida yaxshi bilamiz. Biroq bizga “ko'ngil ochayotganlar”ga aytar gapimiz bitta: Xudo Sizu-bizga hakam!
“Bunyodkor” FK raxbariyati Alibobo Rahmatullaevni “qaldirg'ochlar”ning to'liq asosiy tarkib futbolchisi sifatida o'ynab keta olmagani uchun afsus qiladi.
Endi Sergey Simonenko bo'yicha. “Bunyodkor” har doim o'z oldiga yuksak marralarni vazifa etib qo'yadi. SHuning uchun ham 2014 yilgi mavsum oldidan mahorati yuqori bo'lgan tajribali markaziy himoyachiga ehtiyoj sezib, Ukraina chempionatida 300ga yaqin o'yin o'tkazgan va o'z yurti terma jamoasida ham o'ynashga ulgurgan Sergey Simonenkoni taklif etdik. U jamoamizni Osiyo CHempionlar ligasida muvaffaqiyatli ishtirok etishida yordam berishiga umid qildik.
Sergeyni bizga anchadan buyon tanish bo'lgan futbol agenti Sefer Aliboev taklif qildi. SHundan so'ng himoyachini dastlabki xorijiy yig'inimizga ko'rikka chaqirdik. Biroq ikki haftalik ushbu yig'in davomida bu futbolchi borasida yakuniy to'xtamga kela olmadik. U ikkinchi xorijiy yig'inimizda ham ishtirok etdi va bir necha nazorat-sinov uchrashuvlarda qatnashdi. SHundan so'ng murabbiylar shtabi uning nomzodini maqul ko'rishdi. Ushbu vaqt oralig'ida Sergey ancha sodda va tartibli futbolchi sifatida taassurot qoldirgandi.
Ming afsuski, shartnoma imzolangach, bu yigitning fel-atvori va boshqa jihatlari o'zgara boshladi. Hammaga yaxshi malumki, futbol jamoaviy o'yin. Unda kollektivning bir-birini yaxshi tushunishi juda muhim omil bo'lib xizmat qiladi. Ayniqsa, ko'p jihat himoyachilarga bog'liq. Simonenko jamoadagi sheriklari bilan umumiy til topisha olmadi. Mashg'ulotlar jarayonida u bir necha marotaba jamoadoshlari bilan ziddiyatli holatlarni keltirib chiqardi. Uning bu qiliqlari borasida kerakli hujjatlar rasmiylashtirib qo'yilgan. Uchrashuvlarda juda ko'pol xatolarga yo'l qo'ydi. Buning natijasida esa muhim bahslarda gol o'tkazib yuborib, ochko yo'qotishimizga sababchi bo'ldi. CHempionlar ligasi doirasida “Al-Hilol” (0:3) va chempionatda Qarshining “Nasaf” (0:2) jamoalaridan qabul qilib olingan mag'lubiyat va jamoamizning natijalariga salbiy tasir o'tkazgan ushbu ikki muhim bahsdan so'ng murabbiylar shtabining Sergey Simonenko borasidagi sabri butkul tugadi va unga nisbatan ishonch yo'qoldi.
Unga o'rinbosarlar tarkibida o'ynash taklifi berildi. Bu esa tajribali legionerning asablari taranglashishiga sabab bo'ldi. Asosiy tarkib mashg'ulotlarining birida Sergey o'zini ancha intizomsiz tutdi va jamoadosh sheriklariga va boshqa xodimlarga nisbatan ziddatli vaziyatlarni yuzaga keltirdi. U klubimiz lagerini tark etgunga qadar “Bunyodkor” jami 31ta uchrashuv o'tkazdi. Ukrainalik himoyachi shu o'yinlarning atigi 14tasidagina harakat qildi xolos. Sergey to'p tepgan o'yinlarda “Bunyodkor” 6ta g'alaba, 4ta durang va yana shuncha o'yinlarda raqiblariga imkoniyatni boy berdi. Bu esa har qanday holatda ham mamlakatning etakchi jamoasi qayd etadigan ko'rsatkich emas. Ishoning, hech bir murabbiy foydali futbolchini zaxirada ushlab o'tirmaydi. Qisqa qilib aytganda, murabbiylar o'ziga-o'ziga dushman emas.
Rossiya va Ukraina chempionatlarida 300ga yaqin o'yinda ishtirok etgan, shuningdek o'z yurti terma jamoasi sharafini himoya qilgan Sergey Simonenko o'zining yuksak mahorati va boy tajribasini “Bunyodkor”da namoyish eta olmadi. U legionerdan talab qilingan sifatlarni o'zbekistonlik mahalliy futbolchilarga ko'rsata olmadi. SHu kunlarda Sergey Simonenko Ukraina telekanallarining biriga bergan intervyu xatto oyda ham o'ynashga tayyor ekanligini aytib o'tdi. Uning bu holatini tushunsa bo'ladi. Avvalo u o'zini baxtli his etishi uchun er sharidan jamoa topa olishi kerak. “Bunyodkor” shaniga u qanchalar nomaqbul so'zlar aytgan bo'lsa-da, biz Sergey Simonenkoning keyingi ishlariga omad va zafarlar tilaymiz.
Yuzaga kelgan holat bo'yicha klub futbolchiga ikkala tomon kelishuviga ko'ra shartnomani bekor qilish taklifini berdi. Simonenkoda yangi jamoa topish uchun etarlicha vaqt bor edi. Biz Sergeyni tushungan holda va uni yurtida yuzaga kelgan vaziyatni inobatga olib, futbolchini oilasi davrasiga yubordik. Simonenko “Bunyodkor” lagerini 28 avgust sanasida o'zboshimchalik bilan tark etdi.
Klub futbolchi oldidagi barcha majburiyatlarini, jumladan yashash, ovqatlanish sharoitlari, mashg'ulot, transport masalalari va boshqa extiyojlarini to'liq bajargan. Ha, klub mamuriyatiga bog'liq bo'lmagan sabablarga ko'ra to'lovlarning malum qismi cho'zilgan paytlar bo'ldi. Biroq bu kabi hol birgina bizning klubda yuz bergani yo'q. Ayniqsa, “Bunyodkor” FK moliyaviy shartlarni bajarmaslik majburiyatlari yuzasidan hech qachon rad javobi bergani yo'q. Biz Sergeyga murojaat etib, shartnomada ko'rsatilgan va O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga asosan o'zbek so'mida belgilangan Simonenkoga tegishli pullarni klubga kelib olib ketishini aytdik. Bu borada futbolchi manziliga yuborilgan xatlarning nushasi bor. Biroq Sergey Toshkentga kelishni istamadi. SHuning uchun ham pullar Simonenkoning bankdagi hisob raqamiga o'tkazildi.
Bu borada Sergey Simonenko ish joyiga kelmay va ish vaqtida boshqa erda bo'lib, shartnoma shartlarini keskin ravishda buzdi. Dunyoning hech bir klubi har qanday mashhur yulduzga ham shartnoma tuzilayotganida asosiy tarkibga kirish kafolatini bermaydi. Murabbiylarning “yoqimtoylari” qatoridan qachondir mashhur futbolchilar ham chiqib qolishi mumkin. Lekin odatda bunday hollarda avval klub bazasini tark etib, keyinchalik masofadan turib olib, ishga chiqmagan kunlari uchun ham maosh talab qilishni o'zini hurmat qilgan futbolchilar ep ko'rmaydilar. Simonenko endi chapga ham, o'ngga ham intervyu berib, uning klubda haqqi qolib ketgani haqida gapiryapti. Men uning bu erda o'tkazgan va mehnat shartnomasi bo'yicha ishga chiqqan kunlari uchun to'lovlar amalga oshirilganini tasdiqlayman.
Fursatdan foydalanib jurnalistlarga, ayniqsa www.championat.asia sayti xodimi Xayrulla Xoliqovga minnatdorchilik bildiraman. Odob-ahloq qoidalariga rioya qilishni o'z burchimiz deb bilamiz. Boshqalar ham shunday qilishadi, deb umid qilamiz.
Baxtiyor Boboev,
“Bunyodkor” FK Birinchi vice-prezidenti – Bosh direktor

Fikrlar