So’nggi yangiliklar

14:56Беллингемнинг "Ливерпул"даги дўсти кейинги йил "Реал"га ўтади  1 14:22"Фиорентина" ярим ҳимоячи Андреа Колпанини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 13:58"Бавария" уч нафар футболчиси билан хайрлашишга тайёр  1 13:37Ла Лига энг кўп маош олувчи футболчилар ТОП-10 — рўйхатда "Атлетико"дан битта футболчи бор  0 12:53"Бавария" ва "Ювентус" Англия термаси марказий ҳимоячисини ўз сафига қўшиб олмоқчи   0 12:32Миллатлар Лигаси доирасидаги баҳсда Бельгия Исроилни Венгрияда қабул қилади  3 11:56"Интер" "Зенит" ҳимоячисига қизиқиш билдирмоқда  0 11:27Mirabror Usmanov Cup-2024. Ўзбекистон бугун Қирғиз Республикасига қарши кураш олиб боради  2 10:53МЮдан навбатдаги юриш. Инглизлар 90 миллион евролик трансферни амалга оширишга тайёр  10 10:25«Барселона» Дани Ольмо бўйича музокараларни бошлади. Каталонияликлар қанча таклиф қилгани маълум  11 09:57«Атлетико» икки нафар Европа чемпионлари билан шартнома тузмоқчи  0 09:28Месси ХХI асрнинг энг яхши спортчилар рейтингининг ТОП-3лигидан жой олди. Роналду эса…  28 09:00Слот «Ливерпуль» бошқарувидаги дебют ўйнида Чемпионшип вакилига мағлуб бўлди  2 08:31«Пахтакор»нинг яна бир футболчиси «Металлург»га ижарага берилди  2 08:05АПЛ. Ким энг кўп ойлик олади?  1

"Bunyodkor" qo'l bilan o'yindan so'ng gol urdi, "Andijon" futbolchisini chetlatish mumkin emasdi". Rossiyalik sobiq hakam Superliganing 22-turidagi vaziyatlarni tahlil qildi Yangiliklar

"Bunyodkor" qo'l bilan o'yindan so'ng gol urdi, "Andijon" futbolchisini chetlatish mumkin emasdi". Rossiyalik sobiq hakam Superliganing 22-turidagi vaziyatlarni tahlil qildi

Ekspertimiz hakamlarning barcha bahsli qarorlarini tahlil qildi.

Championat.Asia'ning hakamlik bo'yicha eksperti, rossiyalik sobiq hakam Anatoliy Sinyaev ("Alyo, ref!") Superliganing 22-tur o'yinlaridagi bahsli hakamlik qarorlarini tahlil qildi.


✅ "Metallurg" - "Buxoro"

VIDEO

Hakamning o'yinni davom ettirish qaroriga qo'shilaman: oyoqlardagi sezilmas kontakt "Metallurg" hujumchisining harakatlariga tasir qilmadi, u darvoza tomon zarba berdi. Ikkinchidan, bu kontaktning tashabbuskori hujumchining o'zi edi: aynan u oyoq harakatlarini "Buxoro" himoyachisi tomon yo'naltirdi.


✅ "Metallurg" - "Buxoro"

VIDEO

Hakamning qarorini qo'llab-quvvatlash mumkin: "Metallurg" o'yinchisi katta tezlik bilan yakkakurashga kirishmoqda va bu bilan raqibga jarohat etkazish xavfi bilan oyoqning himoyalanmagan qismiga tishlari bilan tushdi. Bu qizil kartochka uchun asosiy sababdir. Ammo, hakam sariq ko'rsatilsa, bu holatda VAR vaziyatga aralashmasligi mumkin edi. Sariq kartochka uchun esa bu tasodifiy bo'lgani va oyoq og'irlikda bo'lgani aytilardi.


❌ "Metallurg" - "Buxoro"

VIDEO

Hakam tarkiblarni tenglashtirishga qaror qilganga o'xshaydi. Qizil kartochka uchun asos ko'rmayapman: ha, "Buxoro" o'yinchisi tartibsiz o'ynadi, to'pni chalqancha uslubda tepishga urinib ehtiyotsiz harakat qildi. Ammo, u raqib yuziga butsalarning yumshoq qismi bilan tushmoqda. UEFA va FIFA ilmiy materiallarida hattoki yuzga tishlar bilan tushish holatlari bor va bu baribir ko'proq sariq kartochka sifatida baholanadi (faqatgina o'ta kuchli zarba bo'lmagan taqdirda). Menimcha, bu standart sariq kartochka. Hakam "Buxoro" o'yinchisini chetlatib xatoga yo'l qo'ydi.


✅ "Metallurg" - "Buxoro"

VIDEO

Bosh hakamning to'g'ri, tezkor va aniq qarori. To'p "Buxoro" himoyachisining tushirilgan qo'liga tegdi. Kartochkasiz penalti - to'g'ri qaror.


✅ "Olimpik" - "Bunyodkor"

VIDEO

Qoidaning jiddiy buzilishi yuzasidan VAR'ning to'g'ri aralashuvi. "Bunyodkor" o'yinchisi to'p uchun kurashga muvaffaqiyatsiz kirishmoqda, unga o'ynashga ulgurmayapti va to'g'ri oyoq bilan tushmoqda, tishlar bilan to'piqqa va hatto undan ham yuqoriga (bu muhim). SHuningdek, tegish joyi tayanch oyoqqa bo'lgani ham muhim. Qoidani buzgan o'yinchining oyog'i ham tayanch sifatida edi, aniqrog'i ikki futbolchining ham bor og'irligi o'sha kontakt joyida edi, bu esa futbolchining jarohatiga olib kelishi mumkin. Qizil kartochka to'g'ri ko'rsatildi.


✅ "Olimpik" - "Bunyodkor"

VIDEO

"Bunyodkor" darvozaboni to'pga birinchi bo'lib ulgurmoqda va unga qarshi qo'pollik ishlatilmoqda, odatiy fol. Qoida bo'yicha, bunday kontaktlar shunchaki kartochkasiz oddiy fol sifatida baholanadi. "Olimpik" o'yinchisi tomonidan o'zgacha qo'pollikni ko'rmayapman.


❌ "Olimpik" - "Bunyodkor"

VIDEO

Afsuski "Olimpik" o'yinchisi hakamni alday oldi. Ha, shubhasiz teginish bo'ldi, ammo u shunchalik engil-ki, bir soniyadan so'ng o'yinchi "ijro etgandagidek" emas. Ideal qaror - hujumchini simulyaciya uchun sariq kartochka bilan jazolash. Penalti xato belgilandi.


✅❌ "Olimpik" - "Bunyodkor"

VIDEO

Bu erda ham "Olimpik" o'yinchisining hakamni aldashga urinishi o'yinning davom ettirilishi bilan yakunlandi. Hakamning bunday vaziyatlarni o'tkazib yuborgani va o'yinchilarning penalti ishlash uchun yiqilishga undagani juda yomon. Birinchi vaziyatda sariq kartochka bergan bo'lardim, shu sabab ikkinchi yiqilish ham bo'lmasdi.


✅ "Olimpik" - "Bunyodkor"

VIDEO

Qo'l pastda, tabiiy holatda. "Olimpik" o'yinchisi hatto uni beliga olishga ham urinmoqda. Albatta, bu erda o'yinni davom ettirish kerak edi va hakam buni qildi.


❌ "Olimpik" - "Bunyodkor"

VIDEO

VAR'ning o'yinga aralashmagani juda g'alati, sababi "Bunyodkor" futbolchisi gol urishidan oldin to'pni qo'li bilan o'ynadi. Eslatib o'taman, gol urishdan oldin to'p bilan har qanday teginish mudofaa foydasiga jarima zarbasi bilan hisoblanadi. Hatto qo'l tabiiy holatda turganda ham golni bekor qilish talab etilardi. Hakamlar brigadasi tomonidan qo'pol xato va bu birinchi navbatda VAR'da ishlaganlarga tegishli.


? "So'g'diyona" - "Andijon"

VIDEO

Afsuski, aniq baho beradigan takroriy vaziyat yo'q. Ammo, hakam ochiq poziciyada, vaziyat yonida, shu sababi bunday poziciyada unga ishonmaslik uchun sabab ko'rmayapman.


❌ "So'g'diyona" - "Andijon"

VIDEO

CHegaraviy vaziyat. Hakam o'rnida bo'lganimda bunday vaziyatda "So'g'diyona" o'yinchisi uchun ikkinchi sariq kartochkani ko'rsatmagan bo'lardim. Ha, oyoq bilan tashlanish bo'ldi, ammo tegish unchalik qo'pol emas. Ikkinchi sariq kartochka hamma uchun tushunarli va barcha uchun ayon bo'lishi kerak. Balki, hakam poziciyasidan fol jiddiyroq ko'ringandir. Katta ehtimol bilan O'zFHM hakamning qarorini qo'llab-quvvatlaydi, sababi ikkinchi sariq kartochka uchun ayrim asoslar bor. Ammo, oldinroq aytganimdek, ikkinchi sariq kartochkalar jamoatchilikka ko'proq aniqroq qoidabuzarliklar uchun kerak.


❌ "So'g'diyona" - "Andijon"

VIDEO

Men uchun VAR'ning juda g'alati aralashuvi. "Andijon" o'yinchisi ehtiyotsiz fol sodir etmoqda: to'pga tishlari bilan intilmoqda va raqibga jarohat etkazishi mumkin. Ammo, u to'pga o'ynamoqda, oyog'i bilan raqibga to'g'ri tegmayapti. Oyoq bilan tashlanish "sirpanuvchi", "Andijon" o'yinchisi raqib tomonga to'g'ri yo'naltirmagan holda o'z oyoqlarii nazorat qilmoqda. To'g'ri qaror - sariq kartochka. VAR har qanday holatda ham bunday vaziyatlarga aralashmasligi kerak. Qizil kartochka xatolik bilan ko'rsatildi.


? "Sogdiana" - "Andijan"

VIDEO

Boshqa tribunadan olingan lavhasiz hech narsa deb bo'lmaydi: to'p "Andijon"ning bir-birini yopib olgan futbolchisiga tegmoqda. Qo'llardan biri tabiiy holatda. Ikkinchi qo'lning qaerdaligi esa nomalum. Bu haqida birinchi marta yozmayapman: O'zFHM vaziyatlarni yaxshi baholashi uchun VAR'ga stadionning turli qismlaridan ko'proq kameralar kerak. Bunday surat bilan VAR ham hakamlar bo'limi rahbariyati ham to'g'ri qaror chiqara olmaydi.


✅ "Neftchi" - "Surxon"

VIDEO

Odatiy yakkakurashga o'xshaydi: "Surxon" o'yinchisi darvoza tomon zarba bermoqda, "Neftchi" himoyachisi esa zarbani bloklamoqda. Yaxshi o'yin vaziyati, hakam uni davom ettirib to'g'ri qildi.


✅ "Neftchi" - "Surxon"

VIDEO

Vaziyatning birinchi qismida "Surxon" futbolchisi tomonidan to'pga toza o'yinni ko'rish mumkin. Keyin esa havoda to'qnashuv bor, ammo men buni yuqoridagi kurashlarda doim bo'ladigan, jumladan jarima maydonchasida bo'ladigan o'yin vaziyati deb atagan bo'lardim. Hakam ikki holatda ham o'yinni davom ettirib to'g'ri qaror qabul qildi.


✅ "Neftchi" - "Surxon"

VIDEO

VAR ishi nuqtai nazaridan juda qiziqarli vaziyat. Bosh hakam avvaliga "Surxon" o'yinchisi tomonidan qoidabuzarlik bor deya jarima zarbasi belgiladi, VAR buni ko'rdi va fol jarima maydonchasi ichida bo'lganini tushundi va hakam "Neftchi" foydasiga penalti belgilashi kerak edi. Agar VAR folga qo'shilgan bo'lsa, unda shunchaki fol jarima maydonchasi ichida sodir bo'lganini xabar qilishi kerak. Ammo, VAR qo'li bilan raqibga tekkan holda "Neftchi" o'yinchisi birinchi bo'lib fol sodir etganini to'g'ri aniqlamoqda. SHu sabab hakam penalti belgilamaslik uchun monitorga taklif etildi. VAR yordamchilari tomonidan aqlli ish.


❌ "Neftchi" - "Surxon"

VIDEO

Albatta, ikkinchi futbolchi ham sariq kartochkadan olishi kerak edi. Nega "Neftchi" himoyachisining harakatlarini hakam inobatga olmaganini tushunmadim.


SHunday ekan, Superliga hakamlar 18 bahsli vaziyatda 7ta xatoga yo'l qo'yishdi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика