Bunyodkor: Qaldirg'ochlarimiz yana bir turnirda ishtirok etdi
02 apr 2019 15:09
Yangiliklar


Bunyodkor: Qaldirg'ochlarimiz yana bir turnirda ishtirok etdi
Mart oyining so'nggi besh kunida Spartak-K hamda Toshkent viloyati Toshkent tumani hokimligi bilan hamkorlikda 2007 yilda tug'ilgan bolalar o'rtasida Navro'z Kubogi o'tkazildi.
Nizomga ko'ra, guruh peshqadami final yo'llanmasini qo'lga kiritsa, ikkinchi o'rin sohibi uchinchi o'rin uchun maydonga tushishi kerak edi. Musobaqani «B» guruhida boshlagan «Bunyodkor» ikki o'yinda g'alaba qozondi. Bir bellashuvda mag'lubiyat alamini totib ko'rdi. Uchinchi o'rin bahsda «Paxtakor»ga qarshi saf tortgan yosh «qaldirg'ochlar»imiz kichik hisobda yutqazdi va to'rtinchi o'rin bilan kifoyalandi.
«NAVRO'Z KUBOGI»
1-tur
«Spartak K» - «Bunyodkor» - 3:1
2-tur
«Bunyodkor» - «Eden Sport» - 3:1
3-tur
«Bunyodkor» - «Lokomotiv» - 2:0
3-o'rin uchun
«Paxtakor» - «Bunyodkor» - 2:1
O’xshash yangiliklar

Fikrlar